42-SONLI MAKTABDA “MAKTAB KUTUBXONALARI HAFTALIGI” DOIRASIDA PSIXOLOGIK SUHBATLAR ÖTKAZILDI
Öquvçining darslarni puxta özlaştirişi, öz qiziqişlari böyiça orzularini amalga oşirişida oila muhiti muhim örin tutadi. Bola, u öğilmi yoki qizmi, qaysi toifada bölişidan qatʼiy nazar, eng avvalo, juda köp xislatlarini ota-onasidan oladi. Ota-onaning birgalikdagi hayoti davomida oilada yaratgan öziga xos tarbiyaviy muhit bola şaxsining şakllanişida muhim ahamiyat kasb etadi. Şu bois, maktab va oila hamkorligi öquvçi-yoşlarning har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bölib voyaga yetişlarini taʼminlovçi ham taʼlim, ham tarbiya maktabi vazifasini ötaydi.
Joriy yilning 26-noyabr sanasida 42-sonli maktabda “Maktab kutubxonalari haftaligi” doirasida “Kitobxonlik – ruhiy kötirinkilik bağişlovçi kuçdir” mavzusida maktabning 11-sinf öquvçilari bilan maktab psixologi Aziza Qodirberganova iştirokida psixologik suhbat taşkil etildi. Bölib ötgan suhbat jarayonida, avvalo öquvçi-yoşlarning darsdan böş vaqtlarini qanday rejalaştiriş böyiça dildan, samimiy suhbat muhiti yaratilib, ularning oila davrasidagi mavqei, qiziqişlari, ota-onalari bilan özaro munosabatlari, hayotdan olgan şaxsiy xulosalariga eʼtibor qaratildi. Öquvçilar öz orzulari, hayotga qaraşlari atrofimizdagi oalm xususida öz fikrlarini erkin ifoda etdilar. Özlari öqigan kitoblar va ulardagi qahramonlarning dunyoqaraşlari, yozuvçi ilgari surgan asosiy ğoyalar xususida şaxsiy munosabatlarini bildirişdi.
Şuningdek, psixologik suhbat davomida öquvçi-yoşlar badiiy asarlarning öz hayotlarida tutgan örni xususida ham fikr yuritişdi. Şeʼriyatga, adabiyotga qiziqişlari yanada ortganini izhor etişdi. “Kitobxonlik – ruhiy kötarinkilik bağişlovçi kuçdir” mavzusidagi psixologik suhbatlar maktabning barça sinflarida, maktab psixologi Aziza Qodirberganovaning şaxsiy rejasi va taşabbusi bilan amalga oşirilmoqda hamda har haftada “Kiyiniş madaniyati”, “Öquvçining şaxsiy hayoti va maktab taʼlimi”, “Odobli bola el körki”, “Men öz Vatanimga munosib farzand bölaman” mavzularidagi tadbirlarni doimiy ravişda ötkaziş va bu tadbirlarda ota-onalarning ham iştirokini taʼminlaş rejalaştirilgan.
Robiya YÖLDOŞEVA, 42-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶