18-sonli maktabda “Harflarni örgandik” deya nomlangan tadbir ötkazildi
Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining tegişli buyruğiga asosan respublikamizning barça umumiy örta taʼlim maktablarida öquv yilining har oyi maʼlum fanlar oyligi sifatida belgilangan. Fan oyliklarini ötkazişda umumiy öra taʼlim maktablarining barçasini töla qamrab oliş, bunda öqituvçilarning ijodiy faolligini oşiriş, isteʼdodli, ijodkor öqituvçilarni aniqlaş, ularning tajribalarini ommalaştiriş va tarğib etiş, taʼlim sifatini oşiriş hamda dars jarayonida qöllanilayotgan uslublarni takomillaştiriş nazarda tutilgan.
Şu yilning 27-noyabrida tumanimizdagi 18-sonli umumiy örta taʼlim maktabida noyabr – xorijiy tillar fan oyligi deya belgilanganligi munosabati bilan ötkazilgan “Harflarni örgandik” deya nomlangan tadbir ham şu maqsadga qaratildi.
Maktabning 2-sinflari öquvçilari iştirokida bölib ötgan tadbirda bolalar ingliz tili alifbosidagi harflarni öqişni, yozişni özlaştirib olganliklarini namoyiş qilib, sahnaga har biri bir harf yozilgan qalpoqçalarni kiyib, şod-xurram çiqdilar. Ular şirin tilda ingliz tilida özlari taqib çiqqan harflar bilan boşlanuvçi şeʼrlar ijro qildilar.
Bola misli oq qoğoz, könglida gard, ğubor yöq. Ularga boşlanğiç sinflarda odob-ikrom, boşlanğiç bilimlar çuqur singdirilsa, öqişga-örganişga iştiyoq, rağbat uyğotilsa, bola bilimdon, dunyoqaraşi keng bölib ulğayadi. Agar u xorijiy tillarni ham puxta özlaştirib borsa, nur ustiga aʼlo nurdir. Çunki ingliz tilini biliş köpgina dunyo ilmlarini örganişga yöl oçadi.
Şu boisdan ham mazkur maktabning ingliz tili fani öqituvçilari Dilafröz Törayeva, Yöldoşevalar özlari dars berayotgan 2-sinflar öquvçilariga harflarni tanitiş bilan bir qatorda oğzaki nutqlarini rivojlantiriş maqsadida şeʼrlar ham yod oldirib, inglizça qisqa suhbatlaşuv könikmasini ham şakllantirişga harakat qilişmoqda. Bu harakatlar samarasi “Harflarni örgandik” deb nomlangan tadbirda 2-sinflar öquvçilari namoyiş etgan dialoglarda yaqqol namoyon böldi. Ayniqsa, bolajonlarning sahnadagi mavjud predmetlarni ingliz tilida taniştirişi barçaning zavqini keltirdi.
Yoş avlod kamoloti yölida muhim vosita bölib xizmat qiluvçi ingliz tilini bolalarga puxta örgatişga intilişlarining samarasini köriş ustozlarga ham quvonarli böldi. Ayniqsa, ingliz tilida yangragan qöşiqlar bolalarni uşbu fanni yanada çuqur egallaşga ruhlantirdi.
Fan oyligi doirasida maktab xorijiy tillar uslubbirlaşmasi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq ötkazilgan suhbatlar, adabiy keçalar, viktorinalar va oçiq darslarning barçasida ham öquvçilar faol qatnaşib, ingliz tilini örganişga qiziqişlari yuqori ekanligini körsatdilar.
Oylik yakunida ötkazilgan 2-sinflar öquvçilari iştirokidagi “Harflarni örgandik” deb nomlangan tadbir ingliz tilini örganişga bolajonlar qanday qadam qöyganlarini yaqqol namoyiş etdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶