24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 21:49
Jamiyat 👁 250

Elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlarining oldi olinmoqda

Elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlarining oldi olinmoqda

Prezidentimizning 2018-yildagi “Elektr energetikasi tarmogʻini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga koʻra yurtimizda aholi xonadonlariga ASKUE, yaʼni elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos keluvchi yangi elektr hisoblagichlar oʻrnatish ishlari yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, mazkur jarayonlar hozirgi kunda ham jadal surʼatlarda davom etmoqda. Ayni paytda ushbu yangi tizim isteʼmolchi va taʼminotchi oʻrtasidagi shaffoflikni taʼminlash, yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarga aniqlik kiritish va isteʼmolchilar foydalangan elektr energiyasi uchun toʻlov intizomini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Hududlardagi kabi Amudaryo tumanida ham aholi xonadonlariga ASKUE tizimiga mos keluvchi “aqlli” elektr hisoblagichlarni oʻrnatish ishlari amalga oshirildi. Tuman Elektr taʼminoti korxonasi tomonidan yuqori kuchlanishdagi 8 dona  podstantsiya hamda past kuchlanishdagi 577 dona transformator punktlari orqali jami 39012 nafar isteʼmolchilar, shundan  1750 nafar ulgurji isteʼmolchilar hamda 37262 nafar maishiy isteʼmolchilar elektr energiyasi bilan taʼminlanib kelinmoqda.

Hozirgi kunda “aqlli” elektr hisoblagichlar oʻrnatilgan xonadonlardagi elektr taʼminoti hisob-kitoblariga aniqlik kiritish, nazorat qilish maqsadida tuman Elektr tarmoqlari korxonasida “Kichik data markaz” tashkil qilingan boʻlib, isteʼmolchilarning xonadoniga bormasdan kunlik hamda oylik isteʼmolni aniqlash imkoniyati yaratildi. Ushbu “Kichik data markaz” ASKUE tizimining barqaror ishlashiga xizmat qilmoqda. Tizimga ulangan isteʼmolchilar bilan hisob-kitoblar avtomatik ravishda amalga oshirilmoqda va hisoblagichlar boʻyicha maʼlumot olinib, nazorat qilinmoqda. Foydalangan elektr energiyasidan qarzdorligi mavjud isteʼmolchilar avtomatik tarzda elektr tarmogʻidan ajratilib, qarzdorligini toʻlagandan keyin qayta ulanib borilmoqda.

Ushbu tizim amaliyotga joriy etilgandan soʻng, isteʼmolchi va taʼminotchi oʻrtasida shaffoflik taʼminlandi. Qarzdor isteʼmolchilarning avtomatik tarzda tarmoqdan uzilishi, elektr haqi toʻlangandan keyin qayta ulanishi jarayonlarida inson omili kamayishi har tomonlama qulayliklar yaratmoqda. Buning natijasida tarmoqqa noqonuniy ulanishlar, shuningdek, korruptsiya holatlarining oldi olinishi taʼminlanmoqda.

Lekin hududlarda ayrim isteʼmolchilar qarzdorlik sababli tarmoqdan ajratilgandan keyin noqonuniy ravishda elektr tarmogʻiga qayta ulanib olishmoqda. Shunisi eʼtiborliki, noqonuniy ulanish holatlari “Kichik data markaz”da “CAS” dasturi orqali aniqlanmoqda va joyiga chiqib oʻrganilmoqda. Shunday holatlarga yoʻl qoʻyilgan aholi xonadonlarida qoidabuzarlik holatlari boʻyicha dalolatnomalar tuzilib, tegishli choralar koʻrilmoqda va bunday holatlarga barham berilmoqda.

Aytish joizki, koʻp hollarda isteʼmolchilarda toʻlov madaniyati yetishmasligi turli qingʻir ishlarga sabab boʻladi. Ana shunday illatlar tufayli taʼminotchi korxona tomonidan isteʼmolchiga yetkazib berilayotgan energiya miqdorida tafovutlar yuzaga keladi.

Toʻlov madaniyatiga amal qilish har bir isteʼmolchining vazifasi hisoblanadi. Zero, kundalik hayotimiz energetika tizimi bilan chambarchas bogʻliq. Shu bois bu resurslardan oqilona foydalanish, qadriga yetish va taʼminotchi tomonidan yetkazib berilayotgan mahsulot uchun toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirish har bir fuqaroning burchi sanaladi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026