24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 21:50
Jamiyat 👁 237

TUMAN DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI TAShKIL ETILGANINING 4 YILLIGIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

TUMAN DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI TAShKIL ETILGANINING 4 YILLIGIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda bundan 4-yil avval Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoni qabul qilingan edi. Mazkur Farmon bilan tuman  va shaharlarda davlat xizmatlari markazlari tashkil etilib, aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish borasida juda katta qulaylik yaratildi. Barcha hududlarda davlat xizmatlari markazlarining yangi binolari qad rostladi. Shuningdek, davlat xizmatlari markazlarining olis hududlarning aholisiga xizmat koʻrsatuvchi filiallari tashkil etildi. Davlat xizmatlari markazlari 2017-yilda 37 davlat xizmatlari bilan oʻz faoliyatini boshlagan boʻlsa hozirgi kunga kelib, xizmatlar soni 150 tadan oshdi.

10 dekbar kuni tumanimizdagi Davlat xizmatlari markazida Markaz tashkil qilinganining 4 yilligiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Markaz xodimlari, tuman fuqarolari ishtirok etdilar.

Tadbirda mamlakatimizda davlat xizmatlarini koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish boʻyicha keng miqyosda boshlangan ishlar doirasida boshqarma tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Soʻzga chiqqanlar, mustaqilligimizning dastlabki yillarida korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish 10 kungacha muddatda amalga oshirilib, 7 xil hujjat talab qilingani, 2017-yil 1-apreldan tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilgani, roʻyxatdan oʻtkazish real vaqt rejimida, 30 daqiqadan oshmaydigan fursatda amalga oshirilishi belgilangani xususida gapirdilar. Shuningdek, yurtdoshlarimizga yanada koʻproq qulaylik yaratish maqsadida 2019-yilning 1-aprelidan boshlab, barcha xizmatlar eksterritorial tamoyil boʻyicha yoʻlga qoʻyilgani, yaʼni fuqarolar istalgan hududdagi davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgani haqida alohida toʻxtalib oʻtdilar.

Taʼkidlanganidek, tuman Davlat xizmatlari markazida har yili fuqarolarga 60-70 minglab davlat xizmatlarini koʻrsatiladi. Oʻtgan davr mobaynida davlat xizmatlari roʻyxati kengaydi, ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatish bekor qilindi, shuningdek, ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar va ularning berilishi tartibi, talab qilinadigan hujjatlari soni qisqartirildi.

Ayni paytda Davlat xizmatlari markazida ijtimoiy taʼminot, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, soliq, arxitektura va qurilish sohasi, taʼlim, litsenziyalash, ichki ishlar sohasidagi maʼlumotnomalar va boshqa sohalardagi koʻplab xizmatlar amalga oshirilmoqda. Markaz tomonidan tumanning olis joylariga chiqqan holda sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, oʻz navbatida bu orqali fuqarolarga qulaylik yaratilmoqda.

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 4000 ga yaqin davlat xizmatlari sayyor tartibda koʻrsatildi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida davlat xizmatlaridan onlayn  foydalanish imkoniyati ham yaratildi. Bunda jismoniy va yuridik shaxslar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalangan holda murojaat qilishlari mumkin. Xizmatlardan onlayn foydalanishda toʻlovlar 90 foiz toʻlanadi. Yaʼni, markazga borib xizmatdan foydalanganga qaragandan 10 foiz arzonroq toʻlov toʻlab, foydalanish mumkin.

Davlat xizmatlari markazida fuqarolar elektron uskuna yordamida navbat raqamlarini olishadi. Buning natijasida tartibsizliklarning, fuqarolarning sarsongarchiliklarining oldi olinmoqda.

Umida Saparboyeva, tuman Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026