24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 21:49
Jamiyat 👁 189

EZGU MAQSADLAR YOʻLIDA

EZGU MAQSADLAR YOʻLIDA

Soʻnggi yillarda tumanimiz ovul va mahallalari obod va farovon goʻshalarga aylanib bormoqda. Tumandagi Bobur nomli ovul hududida yashovchi aholi doimiy turgʻun xalq boʻlib, mazkur qishloqning oʻziga xos tarixi, taraqqiyot tamoyillari mavjud.

Ovuldagi 1223 ta oilaga birlashgan 4521 nafar aholining asosiy qismi oʻzbek millatiga mansub boʻlsa-da, ushbu tabiati oʻziga xos, betakror zaminni jonday aziz Vatan bilib, shu el obodonligi yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan qoraqalpoq, qozoq, turkman, boshqird millatlarining xuddi bir oila farzandlariday ahil-inoqligi tahsinga munosib.

Ayni paytda hududda istiqomat qiluvchi aholining 1811 nafari tumandagi turli korxona va tashkilotlarda mehnat qilishadi. 113 nafar kishi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi. Xususan, 27 nafar kishi savdo-sotiq yoʻnalishida, aholining 23 nafari chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik yoʻnalishlarida, 34 nafari tadbirkorlikning boshqa sohalarida oʻz faoliyatlarini yoʻlga qoʻyishgan.

Aholining asosiy qismi hududdagi 9 ta fermer xoʻjaliklarida ijara-shartnomalari asosida mehnat qilishadi. Aholi farzandlarining munosib taʼlim-tarbiya olishlari uchun 3 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti va 3 ta umumtaʼlim maktabida barcha sharoitlar yaratilgan. Zamon talablari darajasida jihozlangan madaniyat markazi, sport maydonchalari, maktablar huzuridagi va mahallalardagi kutubxonalarda zarur shart-sharoitlar mavjud.

Shuningdek, Seytovul, Nukusovul, Qoʻngʻirotovul mahallalarida 9 ta savdo shoxobchalari, 2 ta dorixona, oilaviy poliklinika xizmatidan aholi mamnun.

Qishloqdagi 823 ta xonadonning oʻz tomorqa yeri bor. Tomorqa yer egalari umumiy 110 gektar maydonda dehqonchilik qilishadi. Shundan 216 ta  xonadonning dala tomorqa xoʻjaligi mavjud. Deyarli har bir tomorqa xoʻjaligiga ega xonadonning oʻz chorvasi, parrandasi bor. Hudud aholisining 175 nafari esa asalarichilikni yoʻlga qoʻyishgan. 22 ta xonadonda esa yengil sigʻimli issiqxona tashkil etilgan.

Soʻnggi yillarda qishloqda bir necha infratuzilma obʼektlari qurilib, keng koʻlamli obodonlashtirish-koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xususan, qishloqning markaziy koʻchasiga  tungi chiroqlar oʻrnatilib, tuman markaziga  avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, aholiga 2 ta tozalangan suv yetkazib berish, 1 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalari qurilib, foydalanishga  topshirildi. Qoʻngʻirotovul mahallasi hududida yangi imorat qurib, koʻchib oʻtgan 27 ta xonadon tomorqalarini suv bilan taʼminlash uchun yangidan ariq qazib berilib, hududni yashil makonga aylantirish maqsadida 211 tup igna bargli daraxt koʻchatlari oʻtqazildi, 1 ta xususiy MTT ishga tushirilib, Seytovul mahallasiga yangidan imorat qurib, koʻchib kelgan aholiga qulaylik yaratilib, yoʻllar tartibga keltirildi. Qoʻngʻirotovul mahallasidagi 2 ta yangi koʻcha tartibga keltirildi va salkam bir chaqirim uzunlikdagi yoʻl koʻtarilib, shagʻal-tosh yotqizildi.

Ijodiy guruhimiz bilan alyuminiydan deraza va eshik romlarini ishlab chiqarish, issiq non yopish, mebel mahsulotlari ishlab chiqarish, issiqxona faoliyatini yoʻlga qoʻyib, eldoshlari uchun zarur qulayliklar yaratib, munosib xizmatlari orqali xalq olqishiga sazovor boʻlayotgan tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishdik.

Xususan, alyuminiydan deraza va eshik romlarini ishlab chiqarish orqali eldoshlari uchun qulaylik, oilasi uchun zarur daromad manbaini yaratgan tadbirkor O.Yerjanov oila aʼzolari va shogirdlari bilan birgalikda ishlab chiqarayotgan zamonaviy eshik va deraza romlari sifatliligi hamda koʻrkamligi bilan xaridorgir.

“Bahrom-Lolagul” koʻptarmoqli MChJ rahbari B.Yoʻldoshev ham oʻz tadbirkorlik faoliyati bilan hamqishloqlarining hurmatiga sazovor boʻlgan.

Tadbirkor T.Qulimbetov  esa qoʻli gul usta. U yasagan mebel jihozlarining xaridorlari ham talaygina. T.Qulimbetov va uning shogirdlari tayyorlagan turli bichimdagi uy jihozlari, avvalo hamqishloqlarining, qolaversa, tumanimizdagi koʻplab mijozlarining xonadonlari koʻrkiga-koʻrk qoʻshib turganidan xursand.

Qishloqda keksa avlod vakillariga alohida ehtirom koʻrsatilib, ularning ahvolidan tez-tez xabar olib turiladi. Hayotining eng navqiron davrini el-yurt farovonligi yoʻlida xizmat qilishdek sharafli ishga bagʻishlagan, Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida katta yoshlilar bilan birga mehnat qilgan 90 yoshli Karimboy ota Quliboyev hamda Omongul momo Seyitmamutovalar bugungi kunda hamqishloqlarining faxr-u iftixoriga aylanishgan. 

Yana bir tadbirkor N.Qulimbetov xonadonida boʻlsangiz, albatta, sizni qishin-yozin xushboʻy  limonli choy bilan siylashadi. Oʻz tomorqa yerida 3,5 sotix yengil sigʻimli issiqxona xoʻjaligini tashkil qilgan Nizomaddin ogʻa 50 tup noyob limon ham oʻstirgan. 

Qishloqdagi 86-sonli maktabning matematika fani oʻqituvchisi Q.Soburov esa ovul yoshlarining yetuk va bilimdon insonlar boʻlib yetishishlarini taʼminlash orzusida maktabda matematika toʻgaragini tashkil qilgan.

Yana bir fidoyi tadbirkor M.Samandarova oʻzining chevarlik hunari bilan hamqishloqlarining talab va ehtiyojlariga munosib xizmat koʻrsatayotganidan mamnun.

Bugungi kunda Bobur nomli goʻzal bu qishloq ahli ana shunday fidoyi, biri-biridan mehnatkash, elim, yurtim, oilam baxti, farovonligi deb yashab, mehnat qilayotgan farzandlari borligidan mamnun va minnatdor yashashga haqli. Chunki bu qishloqning har bir xonadoni, har qarich yeri ular uchun aziz, muqaddas. Ana shu tuygʻu qishloq ahlini yanada ezgu maqsadlar sari undayveradi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026