QOZOQ ADABIYoTINING YIRIK NAMOYoNDASI – IBIRAY ALTINSARIN IJODI ÖQUVÇI-YoŞLAR TALQINIDA
Qozoq adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Ibiray Altinsarin 1841-yilda Qozoğiston Respublikasining Qostanay viloyatida tavallud topgan. Otasidan juda erta yetim qolgan Ibiray Altinsarin bobosi Balxöja Jangbirçinning oilasida tarbiyalandi. Hayot qiyinçiliklarini köp bora boşidan keçirib, mehnatda toblangan Ibiray Altinsarin qozoq folklor adabiyotini mehr bilan örganadi. Xalq oğzaki ijodining sönmas durdonalarini izlab topişdan, örganişdan aslo çarçamagan bulğusi şoir va yozuvçi Ibiray Altinsarin vaqt ötib, yirik yozuvçi, pedagog, etnograf olim, jamoat arbobi, xalq oğzaki ijodi böyiça betimsol mutafakkir bölib yetişadi. Uning bolalar hayotiga oid hikoyalari va şeʼrlari har bir qozoq oilasining maʼnaviy mulkiga aylangan va hamon bu nodir asarlarni yozuvçining vatandoşlari, şu bilan birga qardoş xalqlar sevib mutolla qilişadi.
Tumanimizdagi 14-sonli umumtaʼlim maktabida Ibiray Altinsarin tavalludining 180 yilligi munosabati bilan namunali oçiq dars taşkillaştirildi. Avvalo, oçiq dars ötkaziladigan xona Ibiray Altinsarin hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvçi körgazmali vositalar, yozuvçi qalamiga mansub asarlar, qozoq xalq oğzaki ijodi namunalari, yozuvçining köp qirrali jamoatçilik faoliyatini aks ettiruvçi rasm-albomlar bilan bezatildi.
Oçiq dars davomida öquvçi-yoşlar yozuvçining ijodidan namunalar öqidilar. Ibiray Oltinsarin asarlarining tarbiyaviy ahamiyati xususida sermazmun maʼruzalar qildilar.
Ayniqsa, yozuvçining odamiylik va rostgöylikka çorlovçi hikoyalari, “Kel, bolalar, öqiylik” şeʼrining badiiy-tahliliy ifodasi öquvçilar qalbida çuqur taassurot qoldirdi.
Şundan söng, oçiq darsning uzviy davomi sifatida Ibiray Altinsarin tavalludining 180 yilligiga bağişlangan yubiley keçasi ham taşkillaştirildi. Yubiley keçasini maktabning aʼloçi öquvçilari Nursuluv Nuraddinova hamda Gulbanu Pirjanovalar mazmunli olib borişdi.
Maktabning 10-sinf öquvçilari tomonidan yozuvçining “Jömard qassob” hikoyasi asosidagi sahna körinişi namoyiş etildi. Hikoyada ilgari surilgan mardlik va rostgöylik, halollik ğoyasini taʼsirli obrazlar orqali gavdalantirgan öquvçi-yoşlar ijrosi barçaga manzur böldi.
Yubiley keçasi davomida 9-11-sinflarning öquvçi-qizlari qozoq xalq raqslarini ijro etdilar “Boğça daraxtlari” hikoyasi asosida 9-sinf öquvçi-yoşlari tomonidan tayyorlangan sahna körinişi barçaning qalbida ona tabiatga çeksiz mehr-muhabbat tuyğusini uyğotgani bilan katta ahamiyatga ega böldi. Şuningdek, tadbirda 8-10-sinflarning isteʼdodli öquvçilari ota-ona haqidagi qöşiqlarni ijro etişib, aziz ustozlariga samimiy tabriklar yölladilar.
Maktabning qozoq tili va adabiyoti fani öqituvçilari Mayra Umirbayeva hamda Murat Töramuratovlar tomonidan taşkillaştirilgan Ibiray Altinsarin tavalludining 180 yilligiga bağişlangan oçiq dars va yubiley keçasi öquvçi-yoşlar qalbida qardoş xalqlar tili va adabiyotiga samimiy hurmat va mehr tuyğularini yanada mustahkamladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶