TARĞIBOT TADBIRI ÖTKAZILDI
Davlatimiz rahbarining “Içki işlar organlari xodimlarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga muvofiq mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan Içki işlar vazirligi akademik litseylarida öquv-tarbiya işlarini yuksak poğonaga kötariş va şu asosda bitiruvçilarning yetuk, bilimdon mutaxassislar bölib yetişiga eʼtibor qaratilmoqda.
Qarorga muvofiq 2020-2021 öquv yilidan boşlab Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi şakliga qabul faqat Içki işlar vazirligi akademik litseylari, harbiy akademik litseylar bitiruvçilari, şuningdek, içki işlar organlari xodimlari tarkibidan amalga oşiriladigan böldi. Demak, kelgusida içki işlar organlarida faoliyat yuritişni istaydiganlar umumiy örta taʼlim maktabining 9-sinfini bitirgaç, avval Içki işlar vazirligi akademik litseyini tugatib, keyin içki işlar vazirligi Akademiyasida taʼlim olişlari mumkin.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining Qoraqalpoq akademik litseyining asosiy maqsadi ham malakali, yuksak professional tayyorgarlikka ega içki işlar xodimlarini va vazirlik Akademiyasiga öqişga kirişni istovçi yoşlarni tayyorlaşdan iborat.
Uşbu muassasada öqiş muddati 2-yil bölib, öqişga kirişni xohlovçilardan arizalar 1-fevraldan 15-aprelga qadar şahar va tumanlar Içki işlar bölimlarida qabul qilinadi.
Bu haqda umumiy örta taʼlim maktablarining 9-sinflari bitiruvçilariga keng tuşunça beriş maqsadida 20-dekabr kuni Amudaryo tumani Madaniyat bölimi tomoşalar zalida tarğibot tadbiri bölib ötdi.
Tadbirga tumanimizda faoliyat yuritayotgan umumiy örta taʼlim maktablarining 9-sinflari öquvçilari iştirok etdilar. Ularga tuman Içki işlar bölimi boşliği örinbosari, mayor Baxtiyor Örozov, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining Qoraqalpoq akademik litseyi direktori, podpolkovnik Uçqun Qodirovlar akademik litseyga qabul qiliş tartibi xususida tuşunçalar berdilar.
Maʼruzalarda akademik litseyga qabul asosan uç bosqiçda olib borilişi – dastlabki tanlovda yakka tartibda suhbat ötkaziş, nomzodlarning induvidual-psixologik xususiyatlarini örganiş, tibbiy komissiya körigidan ötkaziş, dastlabki tanlov böyiça nomzodlarning şaxsiy hujjatlar yiğma jildini va tanlov natijalarini örganiş hamda ularni maxsus – professional tanlovga qöyiş masalasini hal etiş nazarda tutilganligi, ikkinçi bosqiçda umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlaş, keyinçalik esa yakka tartibdagi yakuniy suhbatni baholaş amalga oşirilişi, uçta tanlov ham bir neça xil sinovlarni öz içiga olganligi taʼkidlab ötildi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining akademik litseylari qatori Qoraqalpoq akademik litseyi bitiruvçilari şu sohada işga, Içki işlar Akademiyasiga öqişga kirişda bir qator imtiyozlarga ega bölişi xususida batafsil maʼlumotlar berildi.
Öquvçilar maʼsullarga özlarini qiziqtirgan savollarni berib, batafsil javoblar oldilar.
Tarğibot tadbiri öquvçilarning mazkur sohaga qiziqişlarini yana ham oşirdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶