15-SONLI MAKTABDA “MENING KELAJAKDAGI KASBIM” ŞIORI OSTIDA KASBLAR FESTIVALI ÖTKAZILDI
Umumtaʼlim maktablarida bitiruvçilarni qiziqişi va iqtidoriga köra aniq kasb tanlaşlariga kömaklaşiş, yaratilgan şart-şaroitlardan oqilona, unumli foydalanişga undaş orqali yöl körsatiş ularning mustaqil hayotga qadam qöyişlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Kasbni töğri tanlagan tirişqoq, şijoatli yoşlar taʼlimning kelgusi bosqiçida ham ilm sirlarini, kasb-hunarni puxta egallab, öz oldilariga qöygan ezgu maqsadlari sari dadil odimlayveradi.
Şu yil 18-dekabr kuni 15-sonli umumiy örta taʼlim maktabda öquvçilarni kasb-hunarga yönaltiriş maqsadida “Mening kelajakdagi kasbim” şiori ostida kasblar festivali ötkazildi. Festivalda tumandagi boşqa maktablar direktorlari, psixologlari va öquvçilari iştirok etdilar. Şuningdek, turli kasb egalari, yaʼni Qiliçboy qişloğidagi tadbirkorlik bilan şuğullanuvçi kasb egalari, çilangarlik, avtomobillarga xizmat körsatiş ustasi, yonğin xavfsizligi xodimi, harbiylar, hududdagi 7-sonli oilaviy poliklinika xodimlari ham taşrif buyurdilar.
Festivalni 15-sonli maktab direktori Murodjon Boltayev oçib berdi va mamlakatimizda yoşlarning puxta bilim olişi, özlari tanlagan kasb-hunarni egallaşi, iqtidor va salohiyatini tölaqonli yuzaga çiqarişi uçun barça şaroitlar yaratilganini taʼkidlab ötdi. Şu bilan birga mamlakatimizda uzluksiz taʼlim tizimini yuksaltiriş va barkamol avlodni har tomonlama yetuk va barkamol komil inson qilib tarbiyalaş maqsadida taʼlim sohasida köplab islohotlar amalga oşirilayotgani, maktabdagi şaroit, olib borilayotgan işlar haqida söz yuritdi.
Taʼkidlanganidek, yoşlar kelajakda jamiyat rivojida öz hissalarini qöşişi, komil inson bölib yetişişlarida öz xohişi, moyilligi, qobiliyatiga mos kasb-hunar tanlaşlari muhim ahamiyat kasb etadi. Öquvçilarning imkoniyatlar va qiziqişlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanişi çuqur, sohalaştirilgan, tabaqalaştirilgan kasbga yönaltirilgan taʼlim olişini taʼminlaydi.
Zero, öquvçilarni kasb-hunarga yönaltiriş işlari taʼlim-tarbiya bilan uzviy keçadigan, uning barça qirralarini qamrab oladigan uzluksiz jarayondir. Öquvçilarning qiziqişlari, layoqatlari, qobiliyatlari va individual xususiyatlarini rivojlantiriş kasb-hunarga yöl olayotgan har bir ösmir uçun juda muhimdir. Bunday tadbirlar öquvçilarning kasbiy qaror qabul qilişi, ongli ravişda kasb tanlaşiga yönaliş berişi bilan ahamiyatlidir.
Tadbirga taşrif buyurgan turli kasb egalari öz kasblari haqida tuşunçalar berdilar. Tadbirkorlar ularga tadbirkorlik faoliyatini boşlaş, imtiyozli kredit oliş tartibi xususida maʼlumotlar, tavsiyalar berib, yöl-yöriq körsatdilar.
Festival jarayonida maktabdagi “Duradgorlik”, “Biçiş-tikiş”, “Oşpazlik”, “Qandolatçilik”, “Yoş ximiklar”, “Munçoq töqiş”, “Yoş gulçilar” kabi tögaraklar rahbarlari va öquvçilar taşkil etgan körgazmalar barçaga manzur böldi va katta qiziqiş uyğotdi.
Tadbir davomida bitiruvçi öquvçilar oliy taʼlim öquv yurtlarida özlari tanlab olgan taʼlim yönalişi böyiça bilim saviyalarini oşiriş hamda fanni çuqur örganişga qaratilgan maxsus könikmalarini özlarida şakllantiriş imkoniyatiga ega bölişlari haqidagi keng maʼlumotlarga ham ega böldilar.
Festival davomida maktabning boşlanğiç sinf öquvçilari qöğirçoq teatri tomoşalarini ijro etib, tadbirga bayramona kayfiyat baxş etdilar.
Iskandar Iskandarov, 15-sonli maktab direktorining
maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶