Tariximi - özligimiz
Tarix – ötmiş bilan kelajak örtasidagi insoniyatning maʼnaviy xotirasi. Ana şu maʼnaviy xotira qançalik haqiqiy va musaffo bölsa, har bir avlod öz kelajagi uçun mustahkam tamal toşlarini qöya oladi.
Ming bora afsuslar bölsinki, bizning millatimiz uçun qariyb 130 yillik hayot yolğonlar, tuhmat va böhtonlar girdobiga taşlangan, tillari suğurilib, qanotlari qirqilgan va har bir qadami ölçovli, vujudi yarador loçin umriday azoblar girdobida ötdi. Milliy kamsitilişning eng dahşatli körinişi bizga berilgan sobiq tuzum saboqlarida yanada yaqqolroq körinardi. Men tahsil olgan öquv maskani - Nukus Davlat Universiteti ham T.G.Şevçenko nomi bilan atalardi. Esimda: Universitetning öquv auditoriyalarida 1-bosqiçdan boşlab KPSS tarixi fani ötilardi. Marksizm-leninizm taʼlimotiga asoslangan KPSS tarixini biliş biz talabalardan şu darajada talab etilardiki, uşbu tarixning biron bir nuqta, vergulini unutgan talaba imtihon tugul "zaçet” topşirişi amrimahol edi. Biz talabalar şundoq yurtimizdagi Ellik qalʼa, Gavur yoki Yompiq, Yonboşqalʼa, Çilpiq qörğonlari kabi tarixiy joylar töğrisida heç narsa bilmas edik.
Endi öylab qarasam, biz özbeklar XIX asrning ikkinçi yarmidan to XX asr oxirlariga qadar tarixiy ildizlarimizdan ajralgan, qurib qoliş holatiga kelib qolgan, obi-hayotga taşna, şox-u butoqlari qirqilgan daraxt darajasida toptalgan, eng yomoni, öz tariximizni majburiy tarzda unutişga mahkum etilgan gumrohlar - murvat bilan boşqariladigan robotlarga aylana boşlagan ekanmiz.
Tarixni yöqotiş – fojea, azizlar. Modomiki, tarixiy ildizlarimiz mustahkam bölmas ekan, biz kelajak uçun mustahkam poydevor qura olmaymiz. Mustaqillik bizning mudroq ğururimizni uyğotdi. Muhtaram Yurtboşimiz mustaqillikning ilk kunlaridanoq:
- Tarixsiz kelajak yöq! – dedilar baralla. Yuzlab, minglab ilm-irfon fidoyilari yuragida özbekona ĞURUR, ORIYaT qayta tirildi. Milliy davlatçiligimizning neça ming yillarga borib taqaladigan haqiqiy tarixi tiklandi. Buni qayta yaratildi, deyiş notöğri, qaytadan tiklandi millatimiz tarixi! Va asl haqiqatlar yuzaga çiqqan kundan boşlab ahli jahon Özbekni qaytadan kaşf etdi, hayratlar, havaslar sil-silasida jahonga yuz tutdi Özbek! Nihoyatda boy tariximiz, jamiki sohalarda uluğ ajdodlarimiz erişgan yutuqlar, buyuk kaşfiyotlar közgusida yanada buyuklandi, mustaqillik degan oliy neʼmat bilan yanada sayqal topdi. Endilikda milliy davlatçiligimiz tarixi, maʼnaviy-maʼrifiy hayot tarzimiz aks etib turgan qadriyatlarimiz, urf-odat va anʼanalarimizning tarbiyaviy ahamiyatini butun jahon qiziqib örganmoqda.
Ming bora şukurki, şunday uluğ kunlarga yetdik. Buyuk tariximiz, maʼnaviyatimiz, özligimiz, insonligimiz qadr topdi. Bu baxt millatimizni aslo tark etmasin!
Xuşröy EŞÇANOVA,
mehnat faxriysi, tarixçi.
(Foto - http://samarkandtourism.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶