24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 20:34
Jamiyat 👁 191

Askar ulgʻaygan xonadonda

Askar ulgʻaygan xonadonda

Oilada oʻgʻil farzand dunyoga kelsa, eng avvalo ota-onasining koʻngli togʻday yuksaladi. Ayniqsa, ota Vatan oldida yuzi yorugʻ boʻlganidan, oilasida boʻlgʻusi ona Yurt himoyachisi dunyoga kelganidan, shajarasining davomiyligidan shodlanadi. Bolajon xalqimizda oʻnta boʻlsa, oʻrni, qirqta boʻlsa, qiligʻi boshqa, degan ibratli hikmat esa farzandi oʻgʻil yoki qiz boʻlishidan qatʼiy nazar, oilaga, el-yurtga suyanch, ota-onaga mehr-oqibat keltirguvchi har bir farzand azizligiga  ishora.

Mangʻit shahrining Doʻstlik mahallasida yashovchi Manzura Qoʻchqorova bilan Rajabboy Ortiqovlarning baxtiyor oilasida ketma-ket uch nafar qizlari tugʻilganida bu shirin-shakar qizaloqlarni oila ziynati, ota-ona davlati, deb qabul qilishdi, Allohga shukronalar aytishdi. Toʻrtinchi farzandlari oʻgʻil boʻlganida qizlariga mehri yanada ortgan Rajabboy bilan Manzuraxon: “oʻgʻlimiz oilamiz va elimiz koʻrki, koʻnglimiz dostoni boʻlsin”, degan niyatda Dostonbek deb ism qoʻyishdi.

Dostonbek 40-sonli umumtaʼlim maktabida oʻzining intiluvchanligi, epchilligi, rostgoʻyligi hamda atrofidagilarga  mehribonligi bilan ustozlarining mehrini qozondi. Kundalik hayotida qatʼiy intizomga rioya qiladigan Dostonbek doimo qalbida oʻzi tengi yigitlar kabi askar boʻlish istagi bilan yashadi. 2020-yilning kuzida Amudaryo tumani mudofaa ishlari boʻlimida muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar qatorida barcha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, 2021-yilning mart oyida muddatli harbiy xizmat burchini oʻtash uchun joʻnab ketdi. Bir yildirki, Dostonbek Madrahimov Buxoro viloyatidagi harbiy qismlardan birida, tankchilar brigadasida, ona Vatan oldidagi yigitlik burchini ado etmoqda.

Ota-ona uchun farzandining kamolini koʻrishdan ham ulugʻroq baxt yoʻq. Dostonbekning oʻzi xizmat qilayotgan harbiy qismda  intizomliligi, harbiy mashgʻulotlarni  puxta  oʻzlashtirishi, zamonaviy harbiy texnikalarga boʻlgan qiziqishi yuzasidan erishayotgan yutuqlari xususida harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan ota-onasi Manzuraxon va Rajabboy Ortiqovlarga bildirilgan tashakkurnomalardan nafaqat Dostonbekning ota-onasi, balki butun oila aʼzolari mamnun boʻlishdi.

Uzogʻi bilan yana bir yarim, ikki oydan soʻng, oʻz xizmat burchini ado etib, jonajon Mangʻit shahriga qaytadigan Dostonbekning rejalari katta, u albatta, kelajakda OTMga kirib oʻqib, yaxshi mutaxassis  boʻlish va xalqimizga, ona Vatanga munosib farzand boʻlish orzusida.

Manzuraxon va Rajabboy Ortiqovlarning ham biri-biridan aqlli, mehnatsevar farzandlaridan koʻngillari toʻq. Oʻgʻli Dostonbekning  tinchlik zamonida, bundan ham muhimi, barcha shart-sharoitlari rivojlangan davlatlar darajasidagi Milliy Armiya saflarida oʻz yigitlik burchini sharaf bilan ado etayotganidan mamnun. Qolaversa, Dostonbek, garchi oilada yolgʻiz oʻgʻil boʻlsa-da, qalbida katta ixlos bilan harbiy xizmatga otlangani, xizmat burchini ado  etish jarayonida ham jismonan, ham aqlan shakllangani, dunyoqarashi kengayganidan minnatdor.

Biz ijodiy guruhimiz bilan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni – milliy Armiya tashkil topganligining 30 yilligi arafasida Rajabboy aka Ortiqov xonadonida boʻlib, namunali va intizomli askar Dostonbek Madrahimovning onasi Manzura opani, Rajabboy ogʻa va Dostonbekning yaqinlarini qutlugʻ sana bilan muborakbod etdik. Askarning ota-onasiga, yaqinlariga ezgu tilaklarimizni izhor qilib, ularning bayramona quvonchlariga sherik boʻldik. Zero, ona Yurt himoyachilarining ota-onalari ham, Vatan posbonlari ham hamisha aziz va ardoqlidir.

Risolat IBRAGIMOVA, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi jamoatchi muxbiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026