Baxtiyor bolalik madhi
Bundan ikki yil oldin endi maktab ostonasidan hatlaydigan bolakay Manğit şahridagi Bolalar sport majmuasida bölib ötgan istiqlol bayrami tantanasida baxtiyor bolalik haqida jöşib qöşiq kuylaganida, qöşiq ohangiga mos qalbidagi tuğyonlarini harakatlari bilan ham ifodalaşga intilganida tomoşagohga yiğilganlarning barçasini hayratga solgan, jajjigina vujudidagi ona yurtga muhabbati, baxtiyor zamonasini sidqidildan kuylaşga intilişi havasini keltirgan edi.
Ilk çiqişi bilan köpçilikning eʼtiborini qozongan bu jajji qöşiqçi hozir 36-umumtaʼlim maktabining 3-sinf öquvçisi, iqtidorli aşulaçi sifatida köpçilikka tanilib ulgurgan Otabek Rahimovdir.
Ikki yildan beri tumanimizda, Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida ötkazilib kelinayotgan ommaviy tadbirlarda kuylagan qöşiqlari barçaga birdek manzur bölib kelayotgan Otabekdagi bu iqtidorli sezib, eʼtibor bergan odam - u tarbiyalangan 4-sonli maktabgaça taʼlim muassasasi xodimi, öz ammasi Nasiba böldi.
U Otabek bilan erinmay şuğullandi, qobiliyatini rivojlantiriş uçun harakat qildi. Boğça musiqa pedagog-tarbiyaçisi kömagida yoşi va ovoz imkoniyatiga mos qöşiqlar örgatdi. Keyinçalik uning ijroçilik mahoratini sezgan tuman Madaniyat va sport işlari bölimi xodimlari u bilan jiddiy şuğullanişdi.
Otabek Rahimov 7 yoşida Qoraqalpoğiston miqyosidagi ommaviy bayram tantanalarida baxtiyor bolalik, ona Vatanga muhabbat tuyğularini tarannum etuvçi ajoyib qöşiqlari bilan köpçilikning eʼtiboriga tuşdi. U mana bir neça yildirki, tumanimizda muhim sanalarga bağişlab ötkaziladigan barça tadbirlarda faol qatnaşadi. Tomoşabinlar uning çiqişlarini guldiros qarsaklar bilan olqişlaşganida köngli toğday yuksaladi. Yangi-yangi qöşiqlar yaratiş iştiyoqi tuğiladi könglida.
Joriy yilning yoz fasli Otabek uçun omadli keldi. U 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabiga öqişga qabul qilindi. 15-avgust kuni Nukus şahrida mustaqilligimizning 23 yilligi va "Soğlom bola yili”ga bağişlab ötkazilgan estrada qöşiqçilari, bolalar qöşiqlari ijroçilari va folklor jamoalari Respublika körik-tanlovida "Bolalik”, "Yoronlar-ey” nomli qöşiqlarini mahorat bilan ijro etib, faxrli uçinçi örinni yengib oldi. Respublikamizning barça tumanlari va Nukus şahridan köplab isteʼdodli qöşiqçilar qatnaşgan mazkur tanlovda Otabekning ijrosini hakamlar hayʼati yuqori baholaşdi, mukammal qöşiqlar yaratiş borasida maslahatlar berişdi.
– Bu xuşxabar oilamizni ulkan quvonçga beladi, - deydi Otabekning dadasi Oybek Ismoilov. – Yoşligimda men ham xalq çolğu asboblarini çalişga qiziqib, musiqa va sanʼat maktabida öqigan edim. Keyinçalik hayotim tadbirkorlik bilan tutaşib ketdi. Öğlimning sanʼatga qiziqqanidan, qöşiqlari elga manzur bölayotganidan judayam quvonaman.
Ota-ona uçun farzandi yutuqlarini körişdan-da ortiq baxt bormi? Yana u tengilar hali köça çanğitib öynab yurgan davrida!
Otabek Rahimov erişgan muvaffaqiyatlarda u bilan sidqidildan şuğullanib, sanʼatning sehrli olamiga yetaklab, kamolot pillapoyalaridan ildam odimlaşiga kömaklaşayotgan tuman Madaniyat va sport işlari bölimi xodimlarining ham munosib hissalari bor. Ayniqsa, Sardorbek Kamolov unga mos şeʼrlar topib, musiqa bastalab berib, ijrosi mukammal bölişi uçun tinimsiz birgalikda maşqlar qilayapti. Otabek ijro etadigan qöşiqlarning köpçiligining musiqasini Sardorbek Kamolov bastalagan.
Yoş bölsa-da el olqişini olayotgan Otabek Rahimovning barkamol sanʼatkor bölib yetişişini tilab qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶