NOGIRONLAR JAMIYaTI AMUDARYo TUMAN BÖLINMASI GRANT TANLOVI ĞOLIBI BÖLDI
Özbekiston Respublikasi Nogironlar jamiyati Amudaryo tuman bölinmasi tomonidan imkoniyati çeklangan fuqarolarni ijtimoiy-maʼnaviy qöllab-quvvatlaş, ularning öz imkoniyatlari darajasida kasb-hunar örganişlari, intiluvçan, bilimga çanqoq, nogironligi bölan yoşlarning öz bilimlarini oşiriş, dunyoqaraşlarini kengaytirişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu boradagi işlarni tösiqsiz amalga oşiriş maqsadida Nogironlar jamiyati tuman bölinmasi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat-notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan eʼlon qilinib kelinayotgan tanlovlarda iştirok etib, bir neça marta tanlov ğolibi bölganligi tufayli bölinma aʼzolarining kasb-hunarli bölişlari, ayrim imkoniyati çeklangan yoşlarning oliy taʼlim muassasalariga öqişga kirişlari uçun şaroit yaratildi. Yoşlar kasbga örgatilib, umumtaʼlim fanlari böyiça bilimlarini mustahkamladilar, kompyuter texnologiyalari böyiça könikmalarga ega böldilar.
Ötgan 2021-yilning dekabr oyida Özbekiston nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Özbekiston nodavlat notijorat taşkilotlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan “Yangi Renessans intirokçilari” grant tanlovida “Jismoniy imkoniyati çeklangan ösmirlar va yoşlarni intellektual mehnat faoliyatiga jalb qiliş” yönalişi böyiça öz loyihasi bilan iştirok etgan Özbekiston Respublikasi Nogironlar jamiyati Amudaryo tuman bölinmasi ğoliblikni qölga kiritdi.
Joriy yilning 21-yanvar sanasida Amudaryo muhandislik texnikumi binosida bölinma tanlovda qölga kiritgan mazkur yutuq böyiça taqdimot marosimi bölib ötdi.
Taqdimot marosimida Özbekiston Respublikasi Diniy işlar böyiça Qömitaning Amudaryo tuman böyiça mutaxassisi Muzaffar Şerimbetov, Özbekiston Yoşlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengaşi raisi Sardor Ismoilov, Amudaryo muhandislik texnikumi direktorining örinbosari Şuhrat Matirzayevlar iştirok etişib, Özbekiston Respublikasi Nogironlar jamiyati Amudaryo tuman bölinmasi raisi Nilufar Xolboyevani mamlakat miqyosidagi nufuzli tanlovda muvaffaqiyatli iştirok etib, yuqori natijaga erişgani va ğolib bölganliklari bilan tabrikladilar.
Öz navbatida bölinma raisi Nilufar Xolboyeva tumanimizning turli hududlarida istiqomat qiluvçi imkoniyati çeklangan iqtidorli ösmirlar va yoşlarning öz iqtidorlarini namoyon etişlari uçun ularni intellektual mehnat faoliyatiga jalb etiş borasida loyihada amalga oşiriş közda tutilgan vazifalar hamda loyihani bajarişdan kutilayotgan natijalar haqida batafsil töxtaldi.
Şuningdek, taqdimot marosimida sözga çiqqanlar loyihaning imkoniyati çeklangan ösmirlar va yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşdagi ahamiyati xususida söz yuritdilar.
Aytiş joizki, “Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining qonunida nogironligi bölgan şaxslarning jamoat birlaşmalari uşbu toifadagi şaxslarning huquqlarini taʼminlaş masalalari böyiça işlab çiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga takliflar kiritiş, vakolatli davlat organlari bilan birgalikda sport, maʼrifiy va madaniy-ommaviy tadbirlarni taşkil etiş yöli bilan iştirok etişi körsatib ötilgan.
Özbekiston Respublikasi Nogironlar jamiyati Amudaryo tuman bölinmasi xodimlari ham nogironligi bölgan şaxslarning jamiyatdda faol iştirok etişiga kömaklaşiş orqali ular uçun har tomonlama qulay şaroitlar yaratişga hissa qöşib kelmoqda.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶