YoŞ KITOBXONLAR BILAN IŞLAŞIŞ MENGA ZAVQ BAĞIŞLAYDI
Mamlakatimizda Prezidentimiz taşabbusi bilan kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş böyiça boşlangan işlar izçil davom ettirilmoqda.
Kitob – insonning eng yaqin dösti, maslahatçisi, aql qayroği, bitmas-tuganmas bilim manbaidir. Şu bois, xalqimiz asrlar davomida kitobni nonday aziz, möʼtabar va muqaddas deb hisoblagan. Hozirgi kunda ham farzandlarimiz ota-bobolarimizning şonli anʼanalarini davom ettirib, kitobxonlikni intellektual mulk darajasiga kötariş, kitobxonlik saviyasini yuksaltirişga qaratilgan “Eng kitobxon maktab”, “Eng kitobxon mahalla”, “Eng kitobxon oila” kabi yönalişlardagi tanlovlarning faol iştirokçilariga aylanişgan.
Men öz kasbim taqozosiga köra, yoşlarning kitob tanlaş madaniyati, kitobga va uning ijodkoriga bölgan hurmat va eʼtiboriga alohida ahamiyat beraman. Köpçilik öquvçi-yoşlar kitobxon tengqurlariga taqlid qilib, özlarini haqiqatdan ham zör kitobxonday körsatib kitob tanlaşadi. Vaqt ötib, kitobni kutubxonaga qaytarişganlarida ayrimlarining kitobni oçib ham körmaganiga guvoh bölaman. Çunki “Kitobdan qanday taassurot olding?” “Kitobdagi ğoya senga yoqdimi?” kabi savollarga umuman javob berişaolmaydilar. Ayrim “kitobxon” bolalar esa kitobni öqimagani yetmaganday, sahifalari kir-çir, yirtilgan holatda qaytarişadi.
Lekin kişining dilini oğritadigan bir holat borki, bu haqda gapirmaslik – bolalar, yoşlar tarbiyasiga loqaydlik hisoblanadi. Kitobga mehr qöymagan ayrim yoşlar, ösmirlarga: “bugun internetda nima gap?” degan savolni berib köring-çi! Sayrab ketişadi, töxtata olmaysiz! Dunyoning qaysi hududida nelar röy berdi-yu, şov-şuvga töla sanʼat olamida nima gap? Barini ipidan-ignasigaça gapirib berişadi. Köpçilik ösmir-yoşlarning qimmatli vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlardagi oldi-qoçdi xabarlarni öqişga bağişlayotganlari juda açinarli.
Qalbimizda mamnuniyat hissini uyğotadigan bir toifa ösmir-yoşlarning qölidan kitob tuşmasligi, ularning bu borada yuqoridagi kabi tengdoşlaridan ilmda, odob-u axloqda, fikrat olamida ança ötkir, saviyasi baland, madaniyatli ekanligini anglatadi. Bunday kitobxon ösmir-yoşlar orzulari yölida sobitqadam, şaxsiy fikriga ega, dunyoqaraşi keng insonlar bölib voyaga yetadilar va jamiyatda öz örnini topaoladilar.
Maktabimizda kitobxon yoşlar talaygina. Men ular bilan şuğullanişdan, orzu-intilişlari xususida suhbatlaşişdan aslo çarçamayman. Aksinça, bu kitobxon öquvçi-yoşlar bilan böladigan muloqotlardan olam-olam zavq olaman. Ular orasida öz şaxsiy fikri, öz uslubiga ega havaskor şoir va şoiralar, adabiyotning nasr janrida ijod etayotgan jajji “yozuvçilar” ham bor. Maktabimizning kitobsevar yoşlaridan Şahzoda Jölliboyevaning “Köngil karvoni” ilk şeʼrlar töplami “Taraqqiyot közgusi gazetasi” davlat naşriyotida çop etilib, ommaga tarqatildi. Şuningdek, Muhabbat Örinbosarovaning “Haq niyetler” Navbahor Sarsenboyevaning “Kevil tölğovlari” ilk şeʼrlar va hikoyalar töplamlari ham çop etiş uçun naşriyotga topşirildi. Bundan taşqari, bir guruh öquvçi-yoşlarning ijod namunalaridan iborat şeʼrlar, hikoyalar va ertaklar gala töplamini ham tayyorlab, kitob holida çop qildiriş niyatidamiz.
Men bu ösmir-yoşlarning har bir yutuğini körib, ilmga çanqoqligidan, kitobxonlik saviyasi va madaniyati, dunyoqaraşlari kengligidan quvonib ketaman. Ularning Özbekiston va Qoraqalpoğiston kelajagiga masʼul insonlar bölib kamolga yetişlariga juda-juda işonaman.
Tazaxan Qdirniyazova, 3-sonli maktab kutubxonasi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶