Daraxtlar va butalarning kesilişiga yöl qöymaslik maqsadida tarğibot tadbirlari ötkazilmoqda
Maʼlumki, 2021-yil 30 dekbr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada kökalamzorlaştiriş işlarini jadallaştiriş, daraxtlar muhofazasini yanada samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilingan edi.
Qarorga muvofiq tuman Ekologiya bölimi tomonidan davlat örmon fondiga kirmaydigan qimmatbaho daraxtlar va butalarning kesilişiga yöl qöymaslik maqsadida tumandagi korxona va taşkilotlar, fermer xöjaliklari va aholi örtasida tarğibot-taşviqot işlari ötkazilmoqda.
26-yanvar kuni Örta qalʼa ovulida yaşovçi aholi örtasida kelgusida daraxtlarning noqonuniy ravişda kesilişiga, qirğovul, kabutar kabi quşlarning ovlanişiga yöl qöymaslik maqsadida tarğibot tadbiri ötkazildi. Tadbirda tuman Ekologiya bölimi boşliği Nurbek Uzakbayev tomonidan atrof-muhitga zarar yetkazmaslik, köçatlar sonini köpaytiriş, noyob turdagi hayvonlarni ovlamaslik böyiça aholiga keng tarzda tuşintirişlar berildi.
Tadbirda tuman inspektorlari tomonidan nazorat reyd tadbirlari muntazam ravişda ötkazilib kelinayotganligi, qonunbuziliş holatlari aniqlangan taqdirda, Özbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddalariga asosan belgilangan tartibda çoralar körilişi ogohlantirildi.
Şundan söng, tuman hokimligining kiçik majlislar zalida tumandagi fermer xöjaliklari rahbarlari iştirokida yiğiliş bölib ötdi. Yiğilişda tuman Ekologiya bölimi boşliği Nurbek Uzaqbayev fermerlarga murojaat qilar ekan, har bir fermer öz hududidagi atrof-muhit tozaligini saqlaşga, fuqarolarning tabiatga zarar yetkazmasliklari uçun javobgar ekanligini taʼkidladi. Hamda tuman fermer xöjaliklari rahbarlaridan bu boradagi kafolot xatlari olindi.
Şuningdek yiğilişda, Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida qirğovullar sonining kamayib ketişi sababli Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi tomonidan qabul qilingan qaror muhokama qilindi. Qarorga asosan, 2022-2023-yillarda Respublika hududida qirğovullarni ovlaş qatʼiyan man etildi.
Yiğilişda qayd etib ötilganidek, Davlat ekologiya qömitasiga 2022-yil 1-dekabrga qadar Ekologik kodeks loyihasini işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiş vazifasi yuklatildi. Kodeksni keng jamoatçilik, ilmiy-tadqiqot institutlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb etgan holda işlab çiqiş belgilangan. Şu sababli qonun loyihasini işlab çiqişda fuqarolarning takliflari, fikr-mulohazalari muhim ahamiyat kasb etişi taʼkidlandi. Şuningdek, qonunçilikka muvofiq endilikda noqonuniy daraxt kesiş holatlarini suratga olib yuborgan fuqarolarga ham bir martalik mukofot puli tölanadi.
Respublika miqyosida Prezidentimiz farmoni asosida “Yaşil maydon” aktsiyalari taşkil etilib, yaşil maydonlar soni köpaytirilgan bir vaqtda, daraxtlarning noqonuniy ravişda kesilişi katta xato hisoblanadi.
Darhaqiqat, tabiatning özi zargarga öxşaydi. Uning bağridan unib çiqqan har bir giyoh, har bir daraxt, örmonlar, hayvonot olami öziga xos bir olamdir. Bu tabiiy boylikka daxl qilinişining oldini oliş, muhofaza qiliş faqat şu soha xodimlarining işi emas, balki barçaning burçidir. Çunki, biz yaşayotgan hudud musaffoligi, ekologik muvozanat barçamizga birday daxldordir.
F.Eşimbetova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶