Afğon uruşi iştirokçisi xonadonida
Ötgan asrning oxirlarida Afğonistonda 20-yildan ortiq vaqt davom etgan özaro içki uruş-nizolarda sobiq ittifoq tarkibida bölgan Özbekistonimizdan ham minlab yoş yigitlar oğir şaroitlarda uruşga kirişgan.
Afğon uruşida iştirok etib, uruş asoratlari azoblarini tortib yaşayotgan amudaryolik yigitlar ham köpçilikni taşkil qiladi. Ular özaro tez-tez uçraşib, bir-biridan xabar olib turişadi, yaxşi kunlarda bir-birini yöqlab, dorilomon kunlarda yaşayotganidan birga quvonişadi.
Yaqinda tumanning Qiliçboy ovulida yaşovçi Hamro Safarboyevning xonadoni ham döstlar diydoridan nurafşon böldi. Sobiq afğonçi jangçilar - Manğit şahrining Olmazor mahallasida istiqomat qiluvçi Ozod Xöjaniyozov, Boğ mahallasida yaşovçi Qadam Erimbetovlar, qiliçboylik Qöziboy Davletov, Ozod Esonov, Özbekiston Veteran, faxriy jangçilar va nogironlari birlaşmasi Qoraqalpoğiston bölimining Amudaryo tumanidagi vakili Bahodir Jumaniyozovlar taşrifidan Hamro Safarboyevning köngli toğday yuksaldi.
Qadrdonlar tökin dasturxon atrofida işlari, oilasi haqida, maşʼum afğon uruşi xotiralari haqida suhbatlaşdilar. Uruşda birga iştirok etgan quroldoşlari, yurtimizga qaytgaç, uruş asoratlari tufaydi bemavrid hayotdan köz yumgan döstlarini esga oldilar. Sobiq askarlar bugungiday osuda, tinç hayotda yaşayotganiga şukronalar aytdilar.
Mehr-oqibat, döst-birodarlik riştalari mustahkam boğlangan qadrdonlar diydori har biriga olam-olam quvonç baxş etdi. Bu bejiz emas. Ularning afğon tuproğida inson aqli bovar qilişi qiyin bölgan qonli janglarda iştirok etişi va eson-omon öz oilasi bağriga qaytişi har birini bugungiday tinç-osoyişta kunlarni qadrlaşga çorlaydi.
Hamro Saparboyev taqdir ana şunday oğir sinovlarga duçor etganlarning biri. Oilada uç öğil, ikki qizni voyaga yetkazganidan özini juda baxtiyor sanaydigan otasi Ortiqboy Safarboyev Toşkentda aviatsiya bilim yurtida taʼlim olayotgan öğli Hamroning Toşkent şahar Hamza tuman Mudofaa bölimidan harbiy xizmatga çaqirilganida uning boşiga bunday kunlar tuşişini tasavvur ham qilmagandi.
Bir guruh özbekistonlik yigitlar Termizda qisqa muddatli harbiy tayyogarlik maşqlarini ötaganlaridan söng 1980-yil 22-oktyabrda Samarqand aeroportidan Qobulga uçgan. Şundagina yigitlar afğon uruşiga jalb etilganligini bilişgan.
Qobul aeroportida samolyotdan tuşişgaç, maydonça çetiga saf tortgan yigitlar turli qismlarga saralab olingan.
Hamro Safarboyev öqçilar bölinmasida xizmat qildi va inson zoti çidaşi qiyin bölgan oğir şaroitlarda uruşda qatnaşdi. Goh yerdan, goh osmondan samolyotlar orqali yoğilayotgan öqlar, bombalardan neça-neça safdoşlari parçalanib ketdi, vafot etdi. Uning tolei kulgani şuki, harbiy xizmat muddatini eson-omon ötab, yurtimizga qaytdi. Kelib, Toşkentda oliygohda öqib, mutaxassislik egalladi, mexanik, yer tuzuvçi muhandis bölib uzoq yillar samarali mehnat qildi.
Hozirgi kunda öz mehnatlari bilan öz oila qörğonini obod etib, umr yöldoşi, farzandlari, kelinlari, nevaralari ardoğida yaşayotgan sobiq afğonçi jangçi uruş asoratlari soğliğiga jiddiy şikast yetkazgan bölsa-da, heç nolimaydi. Qança döstlarining murdasi temir tobutlarda qaytgan, qança döstlarining hatto jonsiz tanasi ham qaytmagan öşa bemaqsad uruşdan soğ-omon ota-onasi oldiga kelganidan, nasibasi yurtimizga qöşilganidan quvonadi, tinmay şukronalar aytadi.
Quroldoş döstlar davrasida ham bunday hayotiy xulosalar tez-tez tilga olinadi. Bir-biriga dalda berişadi, soğliq tilaşadi, soğ-omonlikda diydorlaşganidan xursand bölişadi. Yurtimizda afğon uruşi iştirokçilariga berilayotgan eʼtibor, ğamxörliklardan mamnun bölişadi.
Ular bilan suhbatlaşiş barçamizni ogohlikka, huşyorlikka daʼvat etadi. Tinç, osoyişta Vatanimizni köz qoraçiğiday asraşga çorlaydi. Çunki mustaqillik, tinçlik obod va farovon hayotimiz kafolatidir.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶