SOBIQ AFĞONÇI JANGÇILAR UÇUN TADBIR TAŞKIL ETILDI
1979-yildan 1989-yilgaça afğon zaminida mavjud tuzumga qarşi çiqqan muxolifatning qurollangan tuzilmalariga qarşi keçgan janglarda sobiq ittifoq tarkibidagi respublikalarning harbiy xizmat burçini ötayotgan yigitlari ham safarbar etilgan edi.
Hududda sovet qöşinlarining çeklangan kontingenti tomonidan qöllab-quvvatlangan Afğoniston hukumati bilan dunyoning bir qator yetakçi davlatlarining moliyaviy kömagidan foydalangan afğon mujohidlarining köp sonli tuzilmalari örtasida 10-yildan ortiq davom etgan uruşda sobiq ittifoq respublikalarining ne-ne zabardast öğlonlari halok böldi, omon qaytganlarining ham ayrimlari uruşda olgan jarohatlari tufayli erta olamdan ötdi.
Keyinçalik maqsadsiz uruş deya nom olgan uşbu uruşda baxtiyor yigitlik davrini surib yurgan 358 nafar amudaryolik azamat öğlonlar ham iştirok etişgan. Afsuski, şundan 13 nafarining jonsiz tanasi temir tobutlarda qaytgan. Özbekistonliklarning ham tinç hayotiga rahna solgan maşʼum uruş öçoqlaridan sobiq sovet ittifoqining harbiy qöşinlari olib çiqilganiga şu yilning 15-fevralida 33-yil töldi.
Sana munosabati bilan tumanimizda istiqomat qiluvçi 283 nafar sobiq afğonçi jangçilar uçun tuman hokimligi va “Veteran” jangçi-faxriy va nogironlari birlaşmasi Qoraqalpoğiston bölimining tumandagi vakili hamkorligida 15-fevral kuni tantanali tadbir taşkil etildi.
Sobiq afğonçi jangçilar dastlab Manğit şahrining Olmazor mahallasida joylaşgan Xotira maydoniga yiğildilar, afğon uruşida şahid bölgan, omon qaytib, uruşda olgan jarohatlari tufayli bevaqt olamdan ötgan quroldoşlarining xotirasini esga olib, maydondagi Motamsaro ona haykali poyiga gulçambarlar qöydilar.
Şuningdek, şu hududda joylaşgan muzeyga taşrif buyurib, turli davrlarga oid, har biri mehnatkaş va nekbin xalqimizning ötmişini eslatuvçi eksponatlar bilan tanişdilar.
Sobiq afğonçilar xotira maydonni sayr qiliş barobarida Manğit şahri, hatto çekka ovullar ham tobora körkamlaşib, obodonlaşib borayotgani, bu albatta, yurtimizdagi tinçlik, osoyiştalik mahsuli ekanligini eʼtirof etdilar. Keyingi yillarda sobiq afğon uruşi qatnaşçilari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş borasida keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirilayotganini taʼkidladilar.
Söngra sobiq quroldoşlar Qipçoq şaharçasida joylaşgan “Jayxun” töyxonasida yozilgan tökin dasturxonga taklif etildi.
Ularni tuman hokimi örinbosarlari Raşid Salayev, Mahmud Şermetov, Özbekiston “Veteran” jangçi-faxriy va nogironlari birlaşmasining Qoraqalpoğiston bölimining tumanimizdagi vakili Bahodir Jumaniyozovlar afğon tuproğidan sovet qöşinlari olib çiqilganiga 33-yil tölişi munosabati bilan qizğin qutladilar va esdalik sovğalarini topşirdilar.
Uruş davrida halok bölgan 13 nafar azamatning, uruşdan omon qaytib, janglarda olgan jarohatlari va uruş asoratlari tufayli bevaqt olamdan ötgan baynalmilal jangçilarning xotirasi esga olinib, ular haqiga duo qilindi.
Tadbirda sobiq quroldoşlar tökin dasturxon atrofida diydorlaşib, ötgan kunlarini yodga olişdi, bugungiday hur va dorilomon kunlarga yetganiga şukronalar aytişdi. Tumanimizning taniqli sanʼatkorlari ularni jöşqin qöşiqlari bilan xuşnud etdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶