Maktabgaça taʼlim taşkilotida seminar-trening bölib ötdi
Mamlakatimizda ösib kelayotgan avlodni har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkaziş, taʼlim-tarbiya jarayoniga taʼlimning samarali şakllari va usullarini joriy etiş maktabgaça taʼlim taşkilotlari zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklaydi.
Uzluksiz taʼlimning boş böğini hisoblanmiş maktabgaça taʼlim taşkilotlarining asosiy vazifasi bolani soğlom, har tomonlama rivojlangan va erkin şaxs sifatida şakllantiriş, bolalarning qobiliyatlarini aniqlab, rivojlantiriş, taʼlim olişga bölgan intilişini tarbiyalaşdir.
Bunday ustuvor vazifalarning ijrosini taʼminlaş uçun butun mamlakatimizda bölgani kabi Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan maktabgaça taʼlim taşkilotlari ham malakali pedagog va tibbiyot xodimlari bilan taʼminlangan.
Yaqinda tumanning Tölqin ovulidagi 23-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida “Özbekiston Respublikasining ilk va maktabgaça yoşdagi bolalarni rivojlanişiga qöyiladigan Davlat talablari” va “Ilk qadam” davlat öquv dasturi, “Bolaning rivojlaniş xaritasining yuritiliş qoidalari” mavzusida ötkazilgan seminar-trening ham hududdagi maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyati samaradorligini yanada oşirişga qaratildi.
Seminar-treningda taşkilot xodimlaridan taşqari ovul hududidagi barça maktabgaça taʼlim taşkilotlari rahbarlari va pedagoglari iştirok etdilar.
Tadbirda maktabgaça taʼlim taşkilotlarida taʼlim dasturlarini işlab çiqiş, bolaning rivojlaniş xaritasini yuritiş tartibi haqida, şaxsga yönaltirilgan yondaşuv asosida taʼlim jarayonini rejalaştiriş, taşkilotning oilalar va mahalliy jamoatçilik bilan özaro hamkorligi yuzasidan tuman maktabgaça taʼlim bölimining taʼlim-tarbiya sifatini taʼminlaş va metodik xizmat körsatişni taşkil qiliş şöʼbasi mudiri Nodira Tojimurodova maʼruza qildi. U öz sözida maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyati samaradorligiga erişiş borasida qabul qilinayotgan hukumatimiz, Prezidentimizning qarorlari, bundan közlanayotgan asosiy maqsad uzluksiz taʼlimning ilk bosqiçi hisoblangan maktabgaça taʼlim sifatini oşiriş, bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlaş ekanligiga keng töxtaldi.
Şuningdek, maktabgaça taʼlim taşkilotlarida taʼlim dasturlarini işlab çiqiş, “Ilk qadam” davlat öquv dasturi asosida maşğulotlarni samarali taşkil etiş va bunda har bir tarbiyalanuvçining faol iştirok etişiga erişiş lozimligiga eʼtibor qaratdi, maşğulotlar davomida bolalarga individual yondaşuv ularning qobiliyatlarini yuzaga çiqişiga asos bölişi taʼkidlandi.
Tadbirda 23-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyaçisi “Şaxsga yönaltirilgan yondaşuv asosida taʼlim jarayonini rejalaştiriş” mavzusida tuşunça berdi va şu mavzuda naşr qilingan kitob taqdimotini ötkazdi. Seminar-treningda iştirokçilarining bilimlari va könikmalari ham sinovdan ötkazildi. Şuningdek, “Öyin orqali taʼlim oliş” mavzusida taqdimot ötkazildi. Bunda taʼlim jarayonida bolalarga öyin orqali taʼlim beriş, bolalar bilan ötkaziladigan öyin turlari, ularning maqsadlari va vazifalari keng tuşuntirildi.
Şuningdek, tadbirda maktabgaça taʼlimga doir boşqa qöllanmalar taqdimoti ham ötkazildi. Seminar-treningda iştirokçilar özlarining faoliyatiga doir köpgina bilimlarga ega böldilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶