Ulkan rejalar ostonasida
Mana, 2014-2015 yangi öquv yilining ham ilk saboqlari boşlandi. Bugun farzandlarimizning yaxşi bilim olişlari bilan birga ularni milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalaş, maʼnaviy dunyoqaraşi, bilim va tafakkurini boyitiş, ular qalbida ona Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuyğularini yanada yuksaltiriş uçun biz ustozlarga barça şaroitlar muhayyo.
Yurtimizda taʼlim-tarbiya sohasiga tadbiq etilgan "Taʼlim töğrisida”gi Qonun va "Kadrlar tayyorlaş Milliy dasturi” bois jahon andozalari darajasidagi maktablar barpo etildi, ularning moddiy texnika bazasini mustahkamlaş, zamonaviy öquv laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan taʼminlaş yölga qöyildi. Bu yil bizning maktabimiz öqituvçilari uçun yangi öquv yili qöşaloq bayram böldi. Çunki maktabimizning oçilganiga 30-yil töldi.
Men mana şu maktabga işga kelganimda yoş, tajribasiz bir öqituvçi edim. Köpgina salohiyatli, intiluvçan öqituvçilardan dars ötiş sirlarini örgandim va bugungi kunda özim ham yoş öqituvçilarga bilganimni örgatib kelmoqdaman. Mana şu yillar mobaynida köpgina jonkuyar ustozlar maktabimizning salohiyatini yuksaltiriş yölida özlarining munosib hissalarini qöşdilar. Maktabimizni bitirib ketgan öquvçilarimiz hozirgi kunda mamlakatimizning turli şaharlarida har xil sohalarda faoliyat körsatib kelmoqdalar.
Maktabimizda öquvçilar bilim olişlari uçun barça şaroitlar muhayyo. Keng va yoruğ sinf xonalari, fan xonalari, kompyuter sinfi, elektron doskalar, sport zali, oşxona, tögarak xonalari bor. Mustaqillik tufayli inson qadri hamişa ardoqda bölgan yurtimizda öz kasbini sevgan, mehnat qilgan öqituvçi ustozlar heç qaçon kam bölmaydi. Çunki, soha xodimlari har tomonlama qöllab-quvvatlab, rağbatlantirib borilmoqda.
Men tumanimizdagi barça mehnatkaşlarni, öqituvçilarni, öquvçilarni mustaqillik kuni va yangi öquv yilining boşlanişi bilan tabriklayman.
Mustaqil Özbekistonimizning rivojlanişi yölida hormay-tolmay mehnat qilişini tilab qolaman.
Dilorom YoQUBOVA,
40-sonli maktabning ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶