24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 16:47
Jamiyat 👁 134

SEN SUYuKLISAN, MUQADDASSAN, MOʻʼTABAR AYoL!

SEN SUYuKLISAN, MUQADDASSAN, MOʻʼTABAR AYoL!

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda oʻz qobiliyat va imkoniyatlarini roʻyobga chiqarishi uchun sharoit yaratish, qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, qoʻllab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash borasida koʻlamdor  ishlar amalga oshirilmoqda.

Jamiyat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzlarining samarali  mehnatlari bilan oilalarning shakllanishiga, farovonligi oshishiga munosib hissa qoʻshayotgan ayollar “Moʻʼtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanmoqda, barcha jabhalarda fidoyilik qilayotgan ayollarning mehnati munosib baholanmoqda. Shuningdek, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, qoʻllab-quvvatlashga eʼtibor qaratilayotir.

Har yili mamlakatimizda fasllar sarvinozi – koʻklamning ilk kunida  oʻzbek xalqining ardoqli qizi, taniqli shoira Zulfiyaxonim tavalludiga bagʻishlangan tadbirlar 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga ulanib ketadi.

Ayol! Uning taʼrifiga soʻz mulki ojiz. U avvalo farzandlarini mehri ardogʻida avaylab, yurt koriga  yaraydigan qilib voyaga yetkazuvchi fidoyi ona, el-yurtimiz tinchligi-totuvligi uchun, farovonligi uchun kurashuvchi matonatli inson, oilalarni va demakki, koʻngillarni nurafshon etuvchi muqaddas zot! Shu  boisdan ular doimo davlatimiz gʻamxoʻrligida, eʼzozida.

Shu yilning 7-mart kuni tumanimiz faol ayollari uchun tashkillashtirilgan bayram tadbiri ham “Muqaddas ayol” deb nomlandi.

Mangʻit shahridagi “Xon” restoranida boʻlib oʻtgan adabiy-musiqiy  tadbirda tumanimizdagi turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan ayollar, oʻz hayotiy tajribasi asosida yoshlar tarbiyasiga, oilalar mustahkamligiga munosib hissa qoʻshayotgan nuroniy onaxonlar, umidli, iqtidorli qizlar ishtirok  etdilar.

Yigʻilganlarni tuman hokimi S.Yoʻldashev 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qizgʻin tabrikladi va mehnatda oʻrnak koʻrsatayotgan, shuningdek, turli sohalarda ishlab, ayni kunda keksalik nafaqasiga chiqqan 120 nafar faxriylarni qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirladi. Tuman hokimi bugungidek ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ayol-qizlarning roli ulkan boʻlayotganini faxr bilan eʼtirof etdi va ularga uzoq umr, baxt-saodat tiladi.

Tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari G.Sobirova va "Moʻʼtabar ayol" koʻkrak nishoni sohibasi Rohatoy Reyimovalar tabrigidan soʻng, navbat tuman Madaniyat boʻlimiga qarashli muassasalar sanʼatkorlariga berildi.

Tuman hokimligi va Madaniyat boʻlimi hamkorligida tashkillashtirilgan tadbirda faol ayol-qizlar toʻkin dasturxon atrofida diltortar qoʻshiqlar tinglab, raqslar tomosha qilib, hordiq chiqardilar. Ayol muqaddasligini, fidoyiligi, matonati va mehri ummonligini madh etuvchi sheʼrlar, qoʻshiqlar ularga juda manzur boʻldi. “Uchqun” ashula va raqs xalq ansambli xonandalari ijrosidagi “Bahor valsi” qoʻshigʻi  ularning koʻngillariga uygʻonish, jonlanish fasli quvonchini, tarovatini hadya etdi. Bayramga tashrif buyurgan ayol-qizlar ushbu bayramona musiqiy dasturni tomosha qilib,  har bir inson koʻnglida ulugʻ zot – Onalarga yuksak hurmat, ehtirom joy olganligini his qildilar.

“Muqaddas ayol” deb nomlangan musiqiy dastur tomoshasi va oʻzlariga koʻrsatilayotgan hurmat barcha ishtirokchilarga olam-olam quvonch va faxr hadya etdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026