24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 16:46
Jamiyat 👁 338

Amudaryoning moʻʼtabar ayoli

Amudaryoning moʻʼtabar ayoli

Inson borki, baxt sari intiladi, orzu-umidlarining roʻyobi uchun kurashib yashaydi. Tumanimizdagi Jumur ovul mahallasida istiqomat qiluvchi faxriy oʻqituvchi Jumagul opa Koshanova ham ana shunday ezgu niyatlar ogʻushida yashab, oʻzining fidoyiligi, el-yurtga qayishuvchanligi, oilaparvarligi bilan mahalladoshlarining hurmat va ehtiromiga sazovor boʻlgan onaxonlardan.

Jumagul opa Koshanova garchi, oddiy dehqon oilasida tugʻilib-oʻsgan boʻlsa-da, Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi boʻlgan otasi Reym bobo va onasi Aru onalarning mehr-muhabbati taftida, oʻta intizomli oila muhitida  tarbiyalangani uchunmi, ilmga mehr qoʻydi. Oiladagi yetti nafar farzandning uchinchisi boʻlgan Jumagul ham, Reym boboning boshqa barcha farzandlari ham oliy maʼlumotli boʻlishlarida bu xonadondagi milliy-maʼnaviy qadriyatlarning oʻrni muhim ahamiyat kasb etgan boʻlsa ajab emas.

Jumagul Koshanova umumtaʼlim maktabini tugatgach, 1976-1981-yillarda Nizomiy nomidagi TDPIning ona tili va adabiyot fakultetida tahsil oldi. Qozoq millatiga mansub Jumagul Koshanova talabalik yillarida institut faxriga aylangan boʻlsa, oʻqishni tugatib, Amudaryo tumanidagi 48-sonli umumtaʼlim maktabida ilk mehnat faoliyatini boshlagan kunlardanoq “tilga tushdi”. Mehnatsevar, tirishqoq, oʻz mutaxassislik yoʻnalishi boʻyicha chuqur bilimga ega boʻlgan Jumagul Koshanovani 1982-yilda tuman XTB rahbariyati 50-sonli maktabga ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi sifatida ishga yuborishdi. Oradan uch yil oʻtgach, u oʻz pedagogik faoliyatini 45-sonli maktabda davom ettirdi va to pensiyaga chiqquniga qadar, 1985-yildan 2017-yilgacha oʻquvchi-yoshlarga ona tili va adabiyot fanidan saboq berdi.

Mehnatsevarligi, tashabbuskorligi bilan kasbdoshlari orasida katta obroʻ-eʼtibor qozongan J.Koshanova taʼlim-tarbiya sohasida oʻzi mehnat qilayotgan jamoada qiziquvchan oʻquvchilar bilan yakka tartibda ishlash tajribasini yoʻlga qoʻydi. Natijada uning oʻquvchilari orasida oliy taʼlim dargohlariga oʻqishga kiruvchilar safi yil sayin oshib bordi. Shogirdlarining aksariyati ayni paytda malakali oʻqituvchi, shifokor, muhandis sifatida oʻz sohalarining bilimdonlaridir.

Jumagul Koshanovaning taʼlim-tarbiya sohasidagi fidoyi xizmatlari  hukumatimiz va soha vazirligi, tuman hokimligi tomonidan munosib taqdirlandi. 2015-yilda u “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni sohibasi boʻldi. Biri-biridan aqlli, oʻqimishli boʻlgan 4 nafar oʻgʻil-qizning mehribon onasi. Alloh rahmat qilsin, katta qizi Dinora ham ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi edi. Ikkinchi qizi Gulmira 55-sonli maktabda oliy maʼlumotli boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi, oliy maʼlumotli quruvchi-arxitektor oʻgʻli Jamshid “Davr loyiha FA” MChJda bosh muhandis, kenja oʻgʻli Nurlan esa Toshkent Davlat irrigatsiya instituti elektrotexnologiya va elektr jihozlaridan foydalanish kafedrasi doktoranti.

Bugungi kunda umr yoʻldoshi Aliy ogʻa Utegenov bilan ahil-inoqlikda, farzandlar va el-yurt ardogʻida yashayotgan, 10 nafar nevaraning  sevimli buvijonisi boʻlgan Jumagul opa Koshanova Jumur ovul mahallasi faoli sifatida ezgu ishlarga bosh-qosh. Ayniqsa, mahallada  jinoyatchilikning oldini olish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash, uyda oʻtirgan ayol-qizlarning oʻzini-oʻzi band qilishlarini taʼminlash maqsadida zarur maslahat va yoʻl-yoʻriqlar beradi. Ayniqsa, mahalla hududida tomorqa xoʻjaligini rivojlantirish, yosh oilalarni mustahkamlash, oilaviy nizolarning oldini olish, millatlararo totuvlikni mustahkamlash, toʻy-marosimlarni ixcham va tartibli oʻtkazish borasida mahalladoshlariga  eng yaqin maslahatgoʻy. Natijada opaning aralashuvi bilan koʻplab oilalarning ajrashishiga chek qoʻyilib, yarashtirildi. Milliy urf-odat va anʼanalarni qadrlash, mahalla hududini toza va obod goʻshaga aylantirish, har bir koʻcha va xonadonni yashil bogʻ-rogʻga burkash maqsadida amalga oshirilayotgan “Yashil yillik” umummilliy loyihasini targʻib qilishda opa nafaqat tashviqotchi, balki eng faol tashabbuskor ham.

Oʻzining yoshlik davrini, bilim va tajribasini yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga, el-yurt farovonligi yoʻlidagi ezgu ishlarga bagʻishlab, har bir qilgan ezgu amalidan mahalladoshlariga, xalqiga manfaat yetkazib yashayotgan onaxonga mustahkam sogʻlik, uzoq umr, yanada tarovatli hayot tilaymiz.

Bayram arafasida Jumagul Koshanova "Moʻʼtabar ayol" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Uning xonadoni bayram bilan, mukofot bilan tabriklab keluvchi mehmonlarga toʻldi.

Bahor va yashnash-yasharish, nafosat ayyomi – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak boʻlsin, Jumur ovulning fidoyi onaxoni!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026