AMU ELINING MAʼNAVIYaTLI, IBRATLI AYoLI
Ayol. Unga gözallik va nafosat timsoli, deya taʼrif beramiz. Ğam-u taşvişlarini sezdirmay, har qanday davraga yaşnab-yaşarib kirib kelişlaridan dilimizdagi hayrat tilimizga köçadi: “Xuddi bahorga öxşaydi-ya!”
Mehnat, yaratuvçanlik gali kelganida butun vujudidan kuç yoğilib oldinga intilişlaridan havaslanib, közlarimiz yonib ketadi: “bunçalar jasoratli bölmasa u!” Farzandiga bağrini keng oçib evrilganida, elim, yurtim, deb özini fido qilmoqqa şaylanganida uning matonati, maʼnan boy qalbi qoşida taʼzim qilamiz. Dunyolar özgarişi mumkin, farzandlar özgarişi mumkin, lekin u heç qaçon özgarmaydi. Çunki uning jism-u jonida mehr, oqibat, matonat, jasorat, fidoyilik mangu muhrlangan. Mening bugungi qahramonim, agar taʼbir joiz bölsa, ana şunday fazilatlar sohibasi.
Oddiy qişloq ayoli – Tazaxan Qidirniyazova bilan ilk uçraşuvimiz, ilk suhbatimizdanoq, yaşirmayman, könglimdan: “özi oddiygina maktab kutubxonaçisi ekan, öquvçilarni ergaştirib şundan-şunga bir dasta şeʼrni kötarib kelibdi-ya, rahmat-yey”, – degan öy keçgan. Çunki Nazarxon qişloği qayda-yu, Manğit şahri qayerda? Köpçilik Nazarxon qişloğini Amudaryo tumanining “Kamçatkasi” deyişlaridan ham ayonki, qişloq bilan tuman markazi orasidagi masofa kamida 35-40 çaqirim atrofida.
– Bolalar şeʼriyatga qiziqişadi, barçasi kitobxon, yozganlari binoyiday, siz ham bir köring, deb olib kelaverdim, – dedi Tazaxon qölimga bir dasta daftarni tutqazarkan.
Öşanda 2019-yilning qahraton qişi edi. Sovuqni ham pisand qilmay, 3-sonli maktab öquvçilarining ijod namunalarini qöltiqlab, uç-tört nafar nazarxonlik havaskor şoirlarni yetaklab, şunça yöl bosib kelgan Tazaxan közimga çinakam maʼnaviyat fidoyisi, jasoratli ayol bölib köringandi. Vaqt ötib, bu tinib-tinçimas qoraqalpoq qizini qayta-qayta kaşf etdim.
U men öylaganimdan ham kuçliroq, matonatli, fidoyi, oilasi, el-u yurtiga mehr-oqibatli, tabiatan jöşqin xulq-atvor sohibasi, bundan ham muhimi, öz kasbiga, öziga nisbatan talabçan, qatʼiyatli mutaxassis ekanligiga amin böldim.
Tazaxan Qidirniyazova 1982-yilda Nukus şahrida tuğildi. Umumtaʼlim maktabini muvaffaqiyatli tugatgaç, Xöjayli servis texnikumida tahsil oldi. Ilk mehnat faoliyatini 2018-yilda boşlagan Tazaxan eng avvalo maktabda yillar davomida şunçaki, nomigagina kutubxona vazifasini ötab kelayotgan maktab kutubxonasini tartibga keltirişdan boşladi. U avvalo kitoblarni alfavit tartibida bibliografik tizimga oldi. Kutubxona aʼzolarining aʼzolik varaqalarini va kitobxonlar röyxatini şakllantirdi. Kutubxonaga taşrif buyuruvçilar uçun mavjud kitoblar va ularning mualliflari haqidagi qisqaça maʼlumotlar yuzasidan alohida burçak taşkil etdi. Natijada kutubxona aʼzolari safi kun sayin oşib, 1-sinfdan tortib, 11-sinf öquvçilari, hatto maktab yaqinidagi xonadonlarda yaşovçi nazarxonlik kitobxonlar uçun 3-sonli maktab kutubxonasi haqiqiy maʼnaviyat maskaniga aylandi. Kitobxon öquvçilar safi oşgan sari ular orasida şeʼriyatga, ijodga moyilligi bor yoşlarni körgan Tazaxan 2019-yilda öquvçilarning maktabdan taşqari vaqtlarini mazmunli ötkazişlariga kömaklaşiş maqsadida “Yoş qalamkaşlar” tögaragini taşkil etib, havaskor ijodkor öquvçilar bilan şuğullana boşladi. Tögarak aʼzolarining maşqlarini saralab, “Taraqqiyot közgusi”, “Mening oilam”, “Jetkinşek” gazetalari tahririyatlariga olib borgan Tazaxan jurnalist va ustoz şoirlarning eʼtirof va rağbatidan Nazarxonga göyo uçib qaytdi. Uning saʼy-harakatlari bilan 2020-2022-yillarda 3-sonli maktab ijodkor öquvçilaridan Muhabbat Örinbosarova, Navbahor Sarsenboyeva, Şahzoda Jölliboyevalarning şeʼr va hikoyalari Amudaryo tumani, keyinçalik Respublika miqyosidagi gazeta va jurnallarda çop etildi. 2022-yilda Muhabbat Örinbosarova, Navbahor Sarsenboyevalarning ilk kitobi, “Yoş qalamkaşlar” tögaragi aʼzolarining ijod namunalaridan iborat gala töplam naşrga tayyorlab qöyildi.
T.Qidirniyazova nafaqat öz kasbining fidoyisi, balki ijodkor ham. Yoşlarni kitobxonlikka keng jalb etiş, ayniqsa, oilaviy va maktab kutubxonalarini rivojlantirişga qaratilgan ilmiy-amaliy taşabbuslari, nufuzli anjumanlardagi çiqişlari bilan ham tanilgan. “Maktab kutubxonasi – kelajak haqidagi orzularga qanot bağişlovçi tabarruk maskan”, “Bolalar kitobxonligini rivojlantirişda maktab kutubxonasining ahamiyati”, “Maktab kutubxonasi – bolalar ijodiyotining ilhomçisi ”mavzularidagi ilmiy-nazariy maqolalari “Taraqqiyot közgusi”, “Mening oilam” gazetalari, amunews.uz veb-sayti va “Mahoratli pedagog” jurnallarida çop etilib, soha mutaxassislari tomonidan ijobiy eʼtirof etildi.
Öz ustida muntazam işlaş, öqib-izlanişga odatlangan Tazaxan ayni paytda Nizomiy nomidagi Özbekiston Davlat Pedagogika Universitetining sirtqi bölimida kutubxonaşunoslik yönalişida tahsil olmoqda. Umr yöldoşi – içki işlar organi sohasi mehnat faxriysi Xidirboy Turdimuradov bilan 3 qiz 1 öğilni tarbiyalab, maʼnaviyatli insonlar qilib voyaga yetkazayotgan Tazaxanning sevimli rafiqa, mehribon ona, ibratli oila bekasi sifatidagi bajaradigan ayollik vazifalari ham bir dunyo. Farzandlarining öqişi, yuriş-turişi, mahalla-köyda özlarini tutişini doimiy nazorat qiliş, tomorqa, uy-rözğor yumuşlarini risoladagiday bajariş, qöni-qöşnilarning, mahalladoşlarining oilaviy marosimlari, töy-maʼrakalarida qoraqalpoq kelinlariga xos nazokat bilan xizmat qiliş kabi xayrli taşvişlaridan ortib, ijtimoiy-maʼnaviy masalalar bilan şuğullanişga, öz kasbiy faoliyatidan kelib çiqib, turli xil körik-tanlovlar, ilmiy-amaliy anjumanlarda faol iştirok etişga ham ulguradigan tinib-tinçimas bu ayolning sabr-toqati, fidoyiligi haqiqatan ham havasga munosib.
Mamlakatimizda Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan muntazam ravişda ötkazilib, kelinayotgan “XXI asrda bolalar adabiyoti: muammo va vazifalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasida 2022-yilda öz maʼruzalari bilan iştirok etgan Tazaxan Qidirniyazovaning taşabbus va fikrlari, tajribalari konferentsiya taşkilotçilari tomonidan yuksak eʼtirof etilib, uning “Yoş kitobxonlar bilan işlaş menga zavq bağişlaydi” mavzusidagi maqolasi “XXI asrda bolalar kitobxonligi: muammo va yeçimlar” ilmiy-maʼrifiy töplamga kiritildi. Şuningdek, 3-sonli maktab kutubxonasi qoşida taşkil etilgan “Yoş qalamkaşlar” tögaragi aʼzolari 2022-yilda Respublika miqyosida Muhammad Yusuf ijodiga bağişlab ötkazilgan körik-tanlovda faxrli örinni egallaşdi.
Tazaxan uçun 2023-yil tom maʼnoda muvaffaqiyatlar yili böldi. Uning “XXI asrda bolalar kitobxonligi” mavzusidagi ilmiy-nazariy maqolasi “Leader Youth of Uzbekistan” antologiyasiga kiritildi. Joriy yilning oktyabr oyida esa Respublika Bolalar kutubxonasi tomonidan taşkillaştirilgan “XXI asrda bolalar kitobxonligi: muammo va yeçimlar” konferentsiyasidagi muvaffaqiyatli iştiroki va ilmiy maqolalari “Scientific Publication” ilmiy matbuot markazi tomonidan yuksak eʼtirof etilib, xalqaro darajadagi “Lideri SNG” kökrak nişoni bilan taqdirlandi. Şuningdek, u joriy yilning oktyabr oyida yana bir nufuzli anjuman iştirokçisiga aylandi. Maktabgaça va maktab taʼlimi Vazirligi tomonidan taşkillaştirilgan “Maktabdan taşqari taʼlim: muammo va yeçimlar” mavzusidagi Respublika forumidagi faol iştiroki uçun maxsus sertifikat bilan mukofotlandi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Bolalar kutubxonasi tomonidan taşkil etilgan “Kitapqumarliq festivali”ning esa mutlaq ğolibi va 1-darajali diplom hamda festivalning statuetkasi sohibasi böldi.
Yaqinda öz kasbining fidoyisi, izlanuvçan va intiluvçan ayol Tazaxan özining yana bir havasga munosib iqtidori bilan amudaryolik ayollar, butun Amu elining havas va eʼtirofiga sazovor böldi. Nazarxon qişloğining eng faol, yuksak maʼnaviyatli qoraqalpoq qizi, ibratli oila sohibasi Tazaxan Qidirniyozova anʼanaviy “Yil ayoli” körik-tanlovining Amudaryo tumani bosqiçida mutlaq ğoliblikni qölga kiritib, mazkur körik-tanlovning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma oldi.
Biz baʼzan ayolning imkoniyatlarini, agar u davlat idorasida işlaydigan bölsa, oila – iş – farzand tarbiyasi doirasida tuşunib, baholab qöyaqolamiz. Aslida esa... Aslida ayolning imkoniyatlari juda katta, keng qamrovli. Bunga Tazaxan Qidirniyazovaning hayoti yaqqol misol.
– Hamma narsa insonning öziga boğliq, – deydi u kamtarlik bilan. – Muhimi, vaqt bilan hisoblaşmay yaşaş. Vaqt sizni kutib turmaydi. Şuning uçun men kundalik hayotimda özim rejalaştirgan vaqt çegaralaridan ötib, ildamroq harakatda bölişga intilaman.
Nazarimda, bundayin qatʼiyat bilan intiliş uçun Tazaxanday fidoyi, uddaburon, atrofidagilarga mehrli, elim, yurtim, degan jöşqin tabiatli inson bölmoq kerak. Tazaxan şuning uçun ham oldinga intilib yaşaşdan, öz kasbiy faoliyatining qadrini oşirib, xalq qalbiga maʼnaviyat ulaşişdan aslo çarçamaydi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶