ODAM SAVDOSIGA QARŞI KURAŞIŞ SOHASIDAGI MILLIY QONUNÇILIK VA XALQARO HUQUQIY HUJJATLAR
Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bölgan – ona tilimizga, milliyligimizga mutlaqo yot bölgan “odam savdosi” deb atalmiş transmilliy jinoyatning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş borasida yurtimizda qator huquqiy islohotlar amalga oşirilmoqda.
Mazkur jinoyat qullikka uxşaş şakllarda sodir qilinadi. Bundan taşqari, ekspluatatsiya qiliş, insonni “tovar” sifatida sotiş, inson omillaridan foydalaniş yuli bilan daromad orttiriş bilan boğliqligi sababli uta havfli jinoyatning mazmun-mohiyatini kasb etadi. Şu qatorda bolalar savdosi odam savdosining bir körinişi va bolalar savdosi jinoiy faoliyatning uta xavfli turidir.
Bolalar savdosi faqatgina Uzbekiston Respublikasining muammosi sifatida qaraşimiz notuğri, çunki hozirgi kunda odam savdosi, şu jumladan bolalar savdosi bilan boğliq jinoyatlar kuplab mamlakatlarda tarqalib butun dunyo hamjamiyatini xavotirga solmoqda. Eng açinarlisi, bolalar savdosi bilan boğliq jinoyatçilikning keng tarqalişiga: aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari – işsiz yurgan fuqarolar, turmuş hayotida kup qiyinçilikka uçragan ayollar va ota-onasining eʼtibori va qaramoğidan çetda qolgan voyaga yetmagan şaxslarni uzlarining ğarazli maqsadlarida foydalanayotganligidir.
Maʼlumki, milliy qonunçiligimizda, yaʼni Uzbekiston Respublikasi Oila Kodeksida har bir bola oilada yaşaş va tarbiyalaniş, öz ota-onasini biliş, ularning ğamxörligidan foydalaniş, ular bilan birga yaşaş, bola öz ota-onasi tomonidan tarbiyalanişi, öz manfaatlari taʼminlanişi, har taraflama kamol topişi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinişi huquqlari mustahkamlangan. Şuningdek, bolaning ota-onasi bölmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda va bola ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan boşqa hollarda uning oilada tarbiyalaniş huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan taʼminlangan.
Şu qatorda Özbekiston Respublikasining 2020-yilning 11-iyunida yangi tahrirda qabul qilingan “Odam savdosiga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonunining qabul qilinişi mamlakatimizda odam savdosi jinoyatiga qarşi kuraşişning milliy qonunçilik asoslarini mustahkamlab berdi. Mazkur Qonunning 30-,31- va 32-moddalarida, bolalarni tarbiyalaş borasidagi öz majburiyatlarini bajarişdan böyin tovlayotgan ota-onalarni yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarni, ğayriijtimoiy hayot tarzini keçirayotgan oilalarni va davlat himoyasiga muhtoj bolalarni ularga yordam körsatiş maqsadida aniqlaş, bolalar uylarining va tuğuruq komplekslarining faoliyati monitoringi kabi voyaga yetmaganlar savdosi profilaktikasining öziga xos xususiyatlarini öz içiga olgan.
Şuningdek, 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan Jinoyat Kodeksida ilk bor odam savdosiga qarşi kuraşiş maqsadida bunday harakatlar uçun alohida modda bilan jinoiy javobgarlik belgilandi.
Uzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasida, odam savdosi, yaʼni odamni oliş-sotiş yoxud odamni undan foydalaniş maqsadida yollaş, taşiş, topşiriş, yaşiriş yoki qabul qiliş kabi harakatlar jumlasiga ön sakkiz yoşga tölmaganligi aybdorga ayon bölgan şaxsga nisbatan sodir etilgan bulsa - sakkiz yildan ön ikki yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazosi belgilangan. Şuningdek, xalqaro hamkorlikning ifodasi sifatida, odam savdosiga qarşi kuraşiş va uning oldini oliş çoralari kuriş maqsadida Uzbekiston şu kunga qadar uttizdan ortiq xalqaro huquqiy hujjatga quşildi. Uzbekiston Respublikasi odam savdosiga qarşi kuraş borasida BMT Boş Assambleyasi tomonidan 2000-yil 20-mayda qabul qilingan “Bola huquqlari tuğrisidagi konventsiyaga doir, bolalar savdosi, bolalar fohişabozligi va bolalar pornografiyasiga taaluqli Fakultativ protokol” xalqaro hujjatiga 2008-yil 11-dekabrdagi URQ-188-sonli Qonuni bilan quşildi. Şuningdek, BMT Boş Assambleyasi tomonidan 1950-yil 21martida qabul qilingan “Odam savdosi va fohişalikning uçinçi şaxslar tomonidan işlatilişiga qarşi kuraş tuğrisida”gi Konventsiyaga 2003-yil 12-dekabrda quşilgan.
Hozirda odam savdosiga qarşi kuraşiş va uning oldini oliş global ahamiyatni kasb etmoqda. Xalqaro ekspertlarning maʼlumotlariga kura, dunyo miqyosida har yili 4,5 milliondan ziyod kişi odam savdosi qurboni bulib, açinarlisi ular orasida 1,2 milliondan ziyodi bolalardir. Şu bois barça davlatlarning uzaro hamkorligiga ehtiyoj tuğilib, bu borada davlatlararo doirasida uzaro mustahkam hamkorlik urnatiş ham kuçlarni birlaştiriş taqazo etmoqda. Bu boradagi masala xalqaro milliy qonunçilik normalarida tartibga solinişi şaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilişning samarali vositasi hisoblanadi.
B.Bekmuradov, Beruniy tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶