Bilim insonni uluğlaydi
Kuz fasli kirib kelişi bilan barça öquvçilar va talabalar ilm maskanlariga yöl olişadi. Öqişlarni yakunlab, oliy öquv yurti talabasi bölişni, özimiz xohlagan kasbning yetuk mutaxassisi bölişni har birimiz orzu qilamiz. Inson hayoti davomida ulkan orzular bilan yaşaydi. Biror marraga erişdingizmi, yana yangi orzu istaklar paydo bölaveradi. Inson hayoti şu orzular bilan gözal.
Ustozlarimiz doim "Bilim oliş – igna bilan quduq qaziş bilan barobar” deyişadi. Oliy öquv yurtlarida tahsil olayotgan aka-opalarimizga juda havas qilaman. Litseyimizni tugatib, Davlat test imtihonlaridan muvaffaqiyatli ötgan abituriyentlar oliy öquv yurtida öqişni boşlab ham yuborişdi.
Joriy yilda bizning 3-sonli Amudaryo akademik litseyimiz bitiruvçilarining 42 foizi oliy öquv yurtiga öqişga qabul qilinganligi quvonarli holat, albatta. Bugun oliy öquv yurti talabasi bölişni istagan va bu yölda tinmay mehnat qilayotgan yoşlar safi ortmoqda. Bu esa yoşlarning ilmga çanqoqligidandir.
Öqiş-intiliş faqatgina bizga oliy öquv yurti talabasi böliş baxtini beriş bilan kifoyalanib qolmaydi. Bilim toşga öyilgan naqş. U qança köp bölsa, inson şu qadar kamol topaveradi, uluğlanaveradi.
Buyuk bobomiz Abu Ali Ibn Sinoning "Men şunça öqidim, köp narsalar kördim, ammo ortimga nazar taşlasam, olgan bilimlarim dengizdan tomçi ekan”, degan sözlari har birimizga dasturilamal bölmoği kerak.
Yulduz TURSUNBOYeVA,
Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶