“Matniyoz Oxun” qabristoni obodonlaştirildi
Ötgan davr mobaynida Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan diniy bağrikenglikni taʼminlaş, diniy urf-odatlarni hurmat qiliş, ayniqsa muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni yanada obod qiliş borasida ulkan işlar amalga oşirilmoqda. Şuningdek, uşbu sohadagi işlarni rivojlantiriş va faoliyatni tartibga soluvçi bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan bölib, ular doirasida köplab tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Amudaryo tumanida ham muborak Ramazon oyi hamda “Navröz” umummilliy bayrami oldidan ajdodlarimiz qönim topgan muqaddas qadamjolar va qabristonlar obodonlaştirilmoqda.
Jumladan, Amir Temur ovulida joylaşgan “Matniyoz oxun” qabristoni ham haşar yöli bilan obodonlaştirildi. Obodonlaştiriş işlari bir neça kun davomida uyuşqoqlik bilan ötkazilib uşbu savobli işga tuman obodonlaştiriş boşqarmasi işçilari, mahalla imomlari hamda ovul hududida istiqomat qiluvçi yoş-u qari öz hissalarini qöşişdi.
Aslida obodlikka intiliş, poklik ayniqsa, qabristonlarni ozoda saqlaşga doimo eʼtibor qaratiş xalqimizning ming yillik qadriyatlaridan biridir.
Maʼlumot uçun, qabristonning umumiy yer maydoni 10,7 gektarni taşkil qiladi. Haşar davomida, haşarçilar tomonidan 150 metrlik paxsa devorlar kötarilib, yölaklarga toş yotqizildi. Ziyoratçilar uçun tahoratxonalar taʼmirlanib, pardozlaş işlari olib borildi.
Şuningdek, daraxt va butalar oqlanib, şakl berildi hamda, ortiqça şox-şabbalar, qurib qolgan öt-ölanlar qabriston taşqarisiga çiqarib taşlandi. Har bir qabr atrofi tozalanib, ayrimlari taʼmirlandi.
Şu örinda aytiş joizki, mazkur qabristonga Amir Temur ovulining ziyoli, obröli insonlari va ularning ajdodlari dafn etilgan. Öz davrida ovuldagi maʼnaviyat va maʼrifatga intiluvçan insonlarga töğri yölni körsatgan ziyolilar sulolasi vakili Matniyoz oxun boboning muborak qabrlari ham şu yerda joylaşgan.
Haşar davomida Yusuf Eşon bobo jomeʼ masjidi imom-xatibi Abdurahmon Matsafoyev xalqimiz azal-azaldan bunday xayrli işlarni köpçilik bölib, bamaslahat bajarib kelganligini, ötganlarni yodga olib, ularning ruhlarini şod etiş – savobi uluğ amallardan ekanligini, marhumlarning hoki poklari qönim topgan maskanlarni obod qiliş va ularning haqlariga duolar qiliş insoniy burç ekanligini taʼkidladi.
Bundan taşqari, islom dini taʼlimotlariga köra, atrof-muhitni köklamzorlaştiriş, uning tozaligiga, savobli va ezgu işlarni ado etmoqlikka, ziyoratgoh-u qabristonlarni obod qilişdek xayrli işlarga kamarbasta böliş farz ekanligi, bu kabi hayrli işlar köpçilikka manfaatli bölgani bois, savobi ham mislsizligi haqida ibratli sözlarini sözladi.
Dunyodan ötgan ota-bobolari, yaqinlari xotirasiga hurmat körsatiş har bir insonning zimmasidagi farzandlik, qarindoşlik, qolaversa, insoniylik burçidir. Buni yaxşi angalagan fuqarolar haşar işlarida uyuşqoqlik bilan qatnaşib, ziyoratgohlar obodligiga öz hissalarini qöşdilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶