21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 01:38
Jamiyat 👁 3,128

OILAGA KIRIŞ SEKTORI: hamjihatlikda hikmat köp

OILAGA KIRIŞ SEKTORI:  hamjihatlikda hikmat köp

Oqsoqol bilan maslahatçi xonadondan çiqişar ekan, yengil nafas olişdi: xayriyat, bu nizo ham yaxşilik bilan tugadi!

Turmuş örtoği vafotidan söng oilali, bolali bölgan uç öğilning boşini bir hovlida biriktirib ötirişga qiynalib ketgan qaynona ayniqsa, "sen uni qilmading, men buni qildim”, deb özaro gap talaşib, kiçkina kelini onasinikiga ketib qolganidan beri nima qilarini bilmay boşi qotib, mahallaga çiqqanida oqsoqol keliningizni olib kelib beramiz, xavotir olmang, deb uyiga qaytargandi. Yaxşi niyatni Yaratganning özi qöllar ekan-da, mana ikkala ovsin "endi opa-singilday bölamiz”, deb ular oldida söz berdilar. Qudalar ham tuşungan odamlar ekan, qizlariga pand-nasihat qilib, oqsoqol bilan maslahatçining oldiga solib yuborişdi.

Qarang-a! Oddiygina bir-birovni tuşunmaslik orqasida, ikki ovsin birovining köngliga birovi qaramagani tufayli bir oila buzilib ketişiga sal qoldi-ya. Ayniqsa, ularga qizning otasining "bolam, enang qaçon imkoni bölib hovli solib bölak çiqarguniça uruş-janjalsiz qaynonang bilan ham, ovsinlaring bilan ham siylaşib yaşa”, degani taʼsir qildi. Ha, yoşlardan xato ötganida (endi yoşlik-da) ota-ona töğri yölni körsatib, pand-nasihat qilib tursa, yölini topib ketişadi.

Ular öz xayollari bilan mahalla fuqarolar yiğini idorasiga yetib kelganlarida örta yaşar, yuzlari taşvişli köringan ayol kutib turgan edi.

– Ikkovingizdan ham maslahat sörab çiqqan edim, - dedi ayol ular bilan hol-ahvol söraşib bölib. U şu mahallaning faoli, ijaraga paxta yer olib, har yili yaxşi hosil yetiştiradigan, tomorqasidagi boğ-poliziga hamma havas qiladigan mehnatkaş ayol edi. Qança taşviş-u mehnatni kördim, demaydigan, öğil-qizi-yu turmuş örtoğini ham işdan böş vaqtida uy, tomorqa yumuşlariga andarmon qilib qöyadigan, işga ham, gapga ham çeçan ayolning bugungi taşvişli körinişi ajablanarli edi.

- Bilasizlar, kiçik qizim kollejning ikkinçi kursida öqiydi. Kollejni bitirib ham öqişni davom ettiraman, deb yurgandi. Ikki haftadan beri devor-darmiyon qöşnim deyarli har kuni şu qizimni sörab çiqayapti. Öqişni biznikida davom ettiraveradi, deydi. Axir qizim hali yoş-da, ularning oliygohda ham öqitamiz, degan vaʼdalariga sal berilib turibdi. Oila bilan öqiş böladimi? Hali bola-ku, bola. Kelinlikning öziga yaraşa masʼuliyatlari borligini anglamayapti. Qolaversa, bungaqonunçiligimiz ham yöl qöymaydi. Biroq buni qöşnimga tuşuntira olmayapman. Bir gapimga ön javob qaytaradi.

Maslahatga köra ayol uyiga ketdi. Oqsoqol idoraga keluvçilar bilan gaplaşib, işlarini bitirib bölgunça maslahatçi mahalla fuqarolar yiğinida faoliyat körsatayotgan "Salomatlik”, "Taʼlim va tarbiya”, "Jinoyatçilik profilaktikasi” sektorlarirahbarlarini çaqirib, murojaat qiluvçi ayolning taşvişlanib aytgan sözlarini yetkazdi, zudlik bilan töyni vaqtinça töxtatiş lozimligini aytdi. Buni bölğusi kuyovga, ota-onasiga qanday tuşuntirişni maslahatlaşib oldilar.

Köpdan quyon qoçib qutulmas, deydilar. Töy orzusida yurgan er-xotin avval ularni xuşlamaygina qarşi olişgan bölsa-da, voyaga yetmagan, hali kollej öquvçisi bölgan qizni kelin qilişning huquqiy oqibatlari, soğliğiga zarari xususidagi gaplarni tinglab, biroz öyga tolişdi. Fursatdan foydalanib oqsoqol:

- Bilaman, ilk farzandingiz bölgani uçun uylantirib kelin körişga, elga dasturxon yozib töy qilişga oşiqayapsizlar. Bu tabiiy. Biroq sizlarning orzu-havasingiz uçun bolalar erta oila qurib, turmuş taşvişlariga çidolmay notinçliklar bölsa, jabrini yana özlaringiz tortasizlar-da, - dedi.

- Haliyamkeç emas, yiqqaningiz sandiğingizdaturaversin. Yigit-qiz voyaga yetsin, oq-qorani tanisin, biror işning boşini tutganidan söng boşlang töyni. Özimiz qamişdan bel boğlab xizmatda turamiz, - davom etdi maslahatçi hazil aralaş.

Xullas, töy qoldiriladigan böldi. Hikoya qilayotganim "Xolimbeg” ovuli tarkibidagi "Ayoqçi” mahallasi raisi Olloyor Qalandarov, maslahatçi Muborak Jumaniyozovalarning oddiy iş kunlaridan lavhalar xolos.

Ha, mahallalarda xonadonlarning tinç-totuv, osoyişta turmuşini taʼminlaşda, aholining bir-biriga mehr-oqibatli bölişi, hamjihatlikda yaşaşiga erişişda, turmuş farovonligini taʼminlaşda aholiga eng yaqin taşkilot – mahallalarning nufuzi tobora ortib bormoqda.

Öz vakolatlari doirasidagi vazifalarni sidqidildan ado etişga harakat qilayotgan Olloyor Qalandarov va Muborak Jumaniyozovalarning saʼy-harakatlari bois, "Ayoqçi” mahallasi tumanimizdagi eng namunali mahallalardan sanaladi.

Yaqinda mahalla fuqarolar yiğinida faoliyat körsatayotgan "Ota-onalar universiteti” fuqarolar yiğinida oilalarni mustahkamlaş va barqarorligini taʼminlaş, farzand tarbiyasi ilmini egallaşda ota-onalarga yordam körsatiş, farzand tarbiyasi borasida huquqiy, maʼnaviy-axloqiy bilimlarini yuksaltiriş borasida amalga oşirayotgan işlari tuman miqyosida ötkazilgan "Fuqarolar yiğinlari huzuridagi "Eng namunali ota-onalar universiteti” körik-tanlovida birinçi öringa loyiq, deb topildi.

Öz hududidagi aholining yoşu qarisini öz yaqiniday yaxşi taniydigan, oilaviy şaroiti, yaşaş tarzidan xabardor yiğin masʼul xodimlari odamlarning eng yaqin maslahatçisiga, kömakçisiga va suyançiğiga aylanişgan. Şu boisdan-da ularning sözlarini heç kim yerda qoldirmaydi, yöl-yöriğidan çiqmaydi.

Yiğin huzurida faoliyat yurituvçi doimiy komissiyalar, jamoatçilik asosida taşkil etilgan sektorlar faoliyati yaxşi yölga qöyilganligi tufayli mahalla köçalari ozoda, obod, oilalarda tinçlik, oğzibirçilik. Kelinlar, qizlar hovli-joylarini biri-biridan toza, orasta tutişadi. Şunday bölsa-da eng yaxşisinitanlab, rağbatlantirib boriş boşqalarda ham intiliş uyğotişini hisobga olib, "Eng orasta xonadon”, "Eng namunali xonadon”, "Eng namunali köça” tanlovlari ötkazib borilmoqda. "Eng namunali köça” tanlovi ğoliblari bu yil "Nilufar”, "Tinçlik” köçalari böldi.

Oqsoqol raislik qiladigan "Oilaga kiriş” sektori aʼzolarining aholi bilan doimiy işlaşayotganligi sababli çetga işga ketişlarning, erta nikohlarning, oilaviy ajrimlarning oldi olinayapti, oilaviy nizolar bartaraf etilayapti.

- Odam baxtini öz oilasida topadi. Oila – farzandlarimiz kamol topadigan, barça insoniy munosabatlar şakllanadigan qutluğ, muqaddas maskan. Buni har kuni, har qança takrorlasak ham kamlik qiladi. Çunki öz oilasini sevgan, qadrlagan odamdan yomonlik çiqmaydi. Niyatimiz - oilalar tinç va baxtiyor bölsin, - deydi maslahatçi, mahalla huzuridagi "Oilaga kiriş” sektori aʼzosi Muborak Jumaniyozova.

Buningdek ezgu maqsadlarga erişişda ovul va mahallalarda jamoatçilik asosida işlaydigan sektorlarning roli ulkan. Ha, hamjihatlikda hikmat köp.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026