SUD RAISI IŞTIROKIDAGI DAVRA SUHBATIDA QONUNÇILIKDAGI ÖZGARIŞLAR TUŞUNTIRILDI
Huquqiy ong va savodxonlikni oşiriş, qonunçilikdagi yangilik va özgarişlar mazmun-mohiyatini tuşuntiriş maqsadida ATB Agrobankning tuman filiali xodimlari iştirokida davra suhbati ötkazildi.
Şu yil 7-aprel kuni ATB Agrobank tuman filiali binosida bölib ötgan mazkur tadbirda Jinoyat işlari böyiça tuman sudi masʼullari, filial boşqaruvçisi K.Aytbayev hamda bank xodimlari iştirok etdilar. Tadbirda sudi raisi J.Örazbayev Özbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi, özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-taroj qiliş jinoyati tavsifini tuşuntirib, tumanimizda bank sohasida bir qança jinoyatlar sodir qilinganligi, buning oqibatida davlat va jamoat manfaatlariga köp miqdorda zarar yetkazilganligini, ayblanuvçilarga nisbatan ozodlikda mahrum qiliş jazolari qöllanilganini aytib ötdi.
Bundan taşqari, ATB Agrobank tuman filiali xodimlariga Prezidentimizning 2021-yil 6-iyuldagi “Korruptsiyaga qarşi murosasiz munosabatda böliş muhitini yaratiş, davlat va jamiyat boşqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytiriş va bunda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni, “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2021-2022-yillarga möljallangan davlat dasturi”i kabilarda körsatilgan çora-tadbirlar ijrosini taʼminlaş, korruptsiyaning davlat va jamiyat taraqqiyoti uçun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi kabilar töğrisida söz yuritildi. Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati haqida tuşunçalar berib ötildi.
Yiğiliş söngida tadbir iştirokçilari özlarini qiziqtirgan boşqa savollarga ham javoblar oldilar.
J.Örazbayev, Jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶