22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:28
Fan va taʼlim 👁 299

1-SONLI MAKTABGA AQShNING OʻZBEKISTONDAGI ELChIXONASI XODIMI TAShRIF BUYuRDI

1-SONLI MAKTABGA AQShNING OʻZBEKISTONDAGI ELChIXONASI XODIMI TAShRIF BUYuRDI

Bugungi kunda ilm-fan yutuqlaridan xabardor boʻlish, turli sohalarda qoʻllanilayotgan zamonaviy texnika va uskunalarni oʻzlashtirish, chet ellik mutaxassislarning boy tajribasidan foydalana olish uchun chet tillarni bilish juda muhim. Keyingi yillarda mamlakatimiz taʼlim muassasalarida yoshlarga xorijiy tillarni oʻrgatish masalasiga juddiy eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa dunyodagi yetakchi til hisoblanmish ingliz tilini oʻqitish, oʻquvchi yoshlarning ushbu tilda bemalol muloqot qila olishlariga erishish maqsadida koʻpgina chora-tadbirlar amalga oshirilayotir. Buningdek saʼy-harakatlar samarasida umumiy oʻrta taʼlim maktablarini tugatayotgan yoshlarning xorijiy oliygohlarga oʻqishga kirayotganlari safi tobora ortmoqda.

14-aprel kuni Amudaryo tumanidagi 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabiga oʻquvchilarning ingliz tilini oʻrganish darajasi bilan tanishish, shuningdek, oʻzining ingliz tilini yanada oson va tez oʻrgatish loyihasi bilan tanishtirish maqsadida Amerika Qoʻshma shtatlarining Oʻzbekistondagi elchixonasi xodimi Maurin Runney tashrif buyurdi.

Janob Runney maktabda oʻzining ingliz tilini oson va chuqur oʻrgatish loyihasi afzalliklari haqida maʼruza qildi. Loyiha maqsadi maktab oʻquvchilarining, barcha aholining ingliz tilini chuqur oʻrganib, mazkur tilda bemalol muloqot qila olish, oʻzlarining fikrlarini erkin bayon qila olish koʻnikmasiga ega boʻlishlariga yordam berishdir.

Tadbirda maktabning ingliz tili fani oʻqituvchilari Muhabbat Xudoyberganova, Zivar Otajonova, Qadamboy Allaberganov, Fariza Rajabova, Irodaxon Safarboyeva, Barno Yeshimbetova, Mavluda Usmonovalar professor Maurin Runney janoblari bilan ingliz tilini oʻqitishning istiqbolli metodlari haqida, tilni oʻrganishning ahamiyati va bugungi kunda dunyoning barcha davlatlarida uni oʻrgatishga eʼtibor oshayotgani haqida qizgʻin suhbatlashdilar. Mehmon oʻzining ingliz tilini oʻqitish loyihasidagi oʻziga xosliklar, metodlar haqida batafsil tushuncha berdi va bundan maktab xorijiy til oʻqituvchilari ulkan taassurotlar oldilar.

Tadbirda Fariza Rajabova maktabning 7-B sinfida “Dunyoning diqqatga sazovor joylari” mavzusida namunaviy dars oʻtdi va bu jarayonni diqqat bilan kuzatgan mehmon oʻqituvchi mahoratiga yuqori baho berdi. Dars jarayonida oʻquvchilarning ustozi bilan bemalol ingliz tilida muloqot qilib, oʻz fikrlarini mustaqil bildira olishi mehmonda zoʻr taassurotlar qoldirdi. U oʻqituvchilarning, oʻquvchilarning bergan savollariga batafsil javoblar berdi.

Til bilgan – el biladi, deydi xalqimiz. Mamlakatimizda yoshlarini el biladigan ilmli, iqtidorli, maʼnaviyatli, dunyo yoshlari bilan bemalol bellasha oladigan, salohiyati yuksak qilib voyaga yetkazish, shu qatorda xorijiy tillarni puxta oʻzlashtirishlariga erishish borasida olib borilayotgan izchil harakatlar oʻz samarasini bermoqda. Buni maktablar partalarida oʻtirib, xorijiy tillarda burro-burro soʻzlayotgan oʻquvchilar misolida ham yaqqol koʻrishimiz mumkin.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026