Qipçoq ovulidagi 18-sonli maktabda “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati ijodkorlari bilan uçraşuv ötkazildi
Yoşlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalik mafkuraviy immunitet, mehr-oqibat, bağrikenglik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni qaror toptiriş keng kölamda hamjihatlikda amalga oşiriladigan dolzarb vazifadir. Bunda aholining farzand tarbiyasi böyiça bilimlarini oşiriş, fuqarolarni uzluksiz maʼnaviy tarbiyaning jahon tajribasida sinovdan ötgan usullari va amalga oşiriş yöl-yöriqlari bilan taniştirib borişga ham eʼtibor qaratiş muhim. Boisi, farzand ilk tarbiyani özi dunyoga kelgan oilasida, keyinçalik maktabda va keng jamoatçilikdan oladi. Şu tariqa u ham jisman, ham aqlan ulğaya boradi.
Yoşlarni buzğunçi ğoyalardan asraşga hissa qöşiş, ularning mard, oqil, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yetuk insonlar bölib yetişişiga hissa qöşiş – ommaviy axborot vositalarining ham vazifasidir.
Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari – “Taraqqiyot közgusi” uning ilovasi “Mening oilam” gazetalari, Amudaryo telekanali va amunews.uz veb sayti tahririyatlari ijodiy jamoasi ham öquvçi yoşlarning maʼnaviyatli, odobli, ilmli bölib voyaga yetişlariga munosabati hissa qöşib kelmoqda, kitobxonlikni keng tarğib kelmoqda.
Bulardan taşqari tajribali jurnalistlar, ijodkorlar tumanimiz maktablarida bölişib, öquvçilar bilan suhbatlaşişlar jarayonida badiiy ijodga qiziquvçi öquvçilarni aniqlab, yaqin hamkorlik örnatmoqda va iqtidori yuksalişiga xizmat qilmoqda.
Yaqinda “Taraqqiyot közgusi” gazetasi masʼul kotibasi Ozoda Xudoyberganova, maxsus muxbiri Oygul Rajabovalar Qipçoq ovuli hududidagi 18-maktab öquvçilari bilan ijodiy uçraşuv ötkazişdi. Uçraşuvda maktab öqituvçilari, öquvçilari iştirok etişdi.
Maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbsari Nurulla Xöjametov taşabbusi bilan taşkillaştirilgan tadbirni maktab direktori Surayyo Eşboyeva oçdi va olib bordi.
Uçraşuvda jurnalistlar Oygul Rajabova, Ozoda Xudoyberganovalar bugungi kunda tahririyat xodimlarining maktablardagi taʼlim-tarbiya işiga, öquvçilarining intellektual salohiyatli bölib voyaga yetişlariga kömaklaşiş maqsadida gazetalar, televideniye va veb-sayt orqali şu maqsadda eʼlon qilinayotgan maqolalar, namoyiş etilayotgan körsatuvlar haqida maʼlumotlar berdi. Şuningdek, tahririyatlar qoşida iqtidorli öquvçilarning qobiliyatlarini tarbiyalaş, yuksaltiriş maqsadida “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti faoliyati yölga qöyilganligi, taşkilot 4 mingdan ziyod kitob fondiga ega kutubxona mavjudligi qayd etildi. Yoşlar, aholiga xizmat qilayotgan bu kutubxonaga öqituvçilarni ham, öquvçilarni ham aʼzo bölişga çaqirişdi. Uçraşuvda jurnalistlar yiğilganlarga özlarining ijod namunalaridan öqib berdilar.
Tadbirda maktab ijodiy-madaniy işlar böyiça tarğibotçisi Maxsuda Yöldoşeva, öquvçilar Ruslan Jölliboyeva, Gulruh Safarboyevalar mehmonlarga özlarini qiziqtirgan savollarni berib, batafsil javoblar oldilar. Şuningdek, maktabning ijodkor öquvçilari öqigan şeʼrlari ham barçaga manzur böldi.
Tadbir öquvçilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Zebo XOLBOYeVA, şu maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶