AYRIM ŞAXSLARGA XORIJGA ÇIQIŞ PASPORT BERGANLIK UÇUN DAVLAT BOJI UNDIRILMAYDI
Prezident tomonidan şu yil 14-mart kuni “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Qonun imzolandi. Qonun bilan ID-kartalari joriy etilayotganligi sababli ayrim qonunçilik hujjatlariga "ID-karta" tuşunçasi kiritildi. Şuningdek, ID-kartalarni, xorijga çiqiş biometrik pasportini yöqotganlik, ularni yaroqsiz holga keltirganlik uçun javobgarlik belgilandi.
Oila kodeksida bolalarning tuğilişini qayd etiş ota-onasining doimiy yaşaş yoki vaqtinça turgan joyidan qatʼiy nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organlarida 1 oy içida amalga oşirilişi belgilandi. Şaxsni tasdiqlovçi hujjatlarga nikoh qayd etilganligi töğrisida belgi qöyilişiga oid norma çiqarib taşlandi.
Yer davlat yoki jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilganda fuqarolarga uning örniga berilayotgan uy-joy avvalgi uy-joyidan qimmatroq bölsa, farq qilgan qiymat fuqarolar tomonidan qaytarib berilmaydi. Ilgari 5-yilda qaytarilişi lozim edi. Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan şaxsga, şuningdek, unga hamrohlik qiluvçi şaxsga xorijiy davlatda ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti ötkazilganda xorijga çiqiş uçun biometrik pasportini berganlik uçun davlat boji undirilmaydi.
ID-karta berganlik uçun BHMning 89 foizi miqdorida boj undiriladi. Xorijga çiqiş uçun biometrik pasportni berganlik uçun ilgari BHMning 1,2 baravari undirilgan bölsa, endilikda BHMning 1 baravari miqdorida undiriş belgilandi.
Abdurahmon Umarov, tuman IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmasi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶