Sizga taʼzim, aziz ustozlar!
Ustozlarim
Orom bermayin yurak, qölimga qoğoz oldim,
Yurak-dil sözlarimni uşbu qoğozga soldim.
Murabbiylar kunida ğoyibdan ilhom kelib
Ustozlarimni eslab, biroz xayolga toldim.
Bugun sizlar tufayli, baralla ovozlarim,
Bayramingiz muborak, murabbiy-ustozlarim!
Qalbingizda ğubor yöq, qadrdonsiz özingiz,
Köngillarga jo böldi har bir aytgan sözingiz.
Faxrlansak arziydi, sizlar bilan ming bora
Tabarrukdir biz uçun sizning bosgan izingiz.
Qölim köksimda doim, hurmatu-eʼzozlarim,
Bayramingiz muborak, murabbiy-ustozlarim!
Ustoz otangdek uluğ, deydilarku bil şuni,
Hamma bilavermaskan, bilgan biladi buni.
Bu dunyo qaytar dunyo, ustozlarga hurmating
Şogirdingdan körasan, bir kunimas, bir kuni.
Aslo könglimda yöqdir, sizga eʼtirozlarim,
Bayramingiz muborak, murabbiy-ustozlarim!
Boşingizga tuşmasin, bu dunyoda qayğu-ğam,
Yuraklarda bölmagay, armon ila dard-alam.
Yaratgandan tilayman, sizga doimo soğlik,
Közlaringiz körmagay bu dunyoda zarra nam.
Barçangizgadir mening istagu-dil rozlarim,
Bayramingiz muborak, murabbiy-ustozlarim!
Şomurod Xöjanov,
Dörman ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶