ULKAN FALABAGA MUNOSIB HISSA
Har yili paxta yiğim-terimiga safarbarlik boşlanganida "Amudaryoga”, deganxitobdan talaba yoşlar sevinib ketişadi. Ular oliygohimizda öqiş jarayonida paxta-yiğim terimida amudaryolik dehqonlarga haşarga kelib, ularning öz farzandlariday kutib olişlaridan, uyining töridan joy berib, ğamxörlik qilişidan köngillari şu el odamlari bilan boğlanib ketgan.
Xalqimizda asrlar oşa yaşab kelayotgan şunday anʼana bor: qiyin-qistovli kunda bir-birovga yordam beradi, taşvişlariga yelkadoş böladi. Uni oddiygina qilib haşar, deb ataymiz.
Butun mamlakatimizda dehqonlarimizning yil - ön ikki oy daladagi zahmatli mehnatlarining samarasi - yetiştirilgan möl paxta hosili yiğim-terimi tobora avj olayotgan şu kunlarda umrboqiy anʼanamiz yuragida Vatan mehri, bilagida kuçi bor barçani paxtazorlarga çorlamoqda. Boisi, paxta dehqonning mehnati mahsuli bölsa-da, uni barvaqt yiğib-terib olib, yuqori navlarga sotişdan barçamiz manfaatdormiz. Negaki, paxta mamlakatimizning asosiy qişloq xöjalik ekini, milliy boyligi.
Bizning Nukus Davlat pedagogika institutimiz talaba yoşlari ham har yili amudaryolik paxtakorlarga yiğim-terimda kömakçi böladilar.
Oliygohimizda tahsil olayotgan 5200 nafar talabalardan 3800 nafari Amudaryo tumanida, 800 nafari esa Şömanay tumanida paxta terimida qatnaşmoqdalar. Tumanda 162 ta otryad tarkibida paxtakorlar bilan yonma-yon er-tadan keçgaça hosil terayotgan talabalarimizning ğayrat-şijoati tahsinga loyiq bölayotir. Ular kuniga örtaça 70-75 kilogrammdan paxta terişib, şu kungaça uygan xirmoni 3400 tonnadan oşib ketdi.
Ayniqsa, pedagogika, boşlanğiç taʼlim, tabiatşunoslik fakultetlari talabalari mavsumda boşqa fakultetlar talabalariga namuna bölişmoqda.
Mana 15-yildirki institutimiz yoşlarining Amudaryo tumanida xuddi özlarining oilasidagidek iliq, mehrli maskanlarda yaşayotganligi, mehnatlari munosib rağbatlantirilib borilayotganligi ularga yanada kuç-ğayrat bağişlamoqda.
Şu oyning 27-sanasida "Oq oltin" ovulidagi "Ollambergan Hoji bobo" fermer xöjaligida har bir fakultetning eng ilğor terimçilaridan iborat 30 nafar talabalar orasida musobaqa taşkil qilindi.
Yiğim-terimning borişini tuman rahbariyati vakillari, fermer xöjaligi raisi, otryad rahbari - hammamiz hayajon bilan kuzatdik. Hammaning könglida şu savol: kim ğolib bölarkan, qança terarkan?
Dalada biri-biridan qolişmaslikka intilib paxta terayotgan
yigit-qizlarni kuzatib, ularning şijoatiga qoyil qoladi odam. Nihoyat, keçqurun
barçaning mehnati mahsuli taroziga tortilganida, pedagogika fakulteti 2-kurs
talabasi Bibimaryam Jiyamurodova 320
kg. paxta terib, musobaqa ğolibi böldi.
Şu kuni 30 nafar talaba tomonidan 6659 kg. paxta terilib, har bir talabaga örtaça 222 kg.dan töğri keldi.
28-sentyabr kuni eng ilğor 8 nafar talabalar orasidagi bellaşuvda esa boşlanğiç taʼlim fakulteti talabasi Qamaroy Habibullayeva 377 kg. paxta terib, peşqadam böldi.
Musobaqada qatnaşganlarning barçasi tuman hokimligi, tuman prokuraturasi va içki işlar bölimi tomonidan yuksak baholandi hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.
Bunday eʼtibor, rağbatdan ruhlangan talabalarimiz bugun yanada özgaça kuç-ğayrat bilan işga kirişdilar.
Xöjalikning musobaqa ötkazilgan 1,8 gektarlik dalasida birinçi terimning özidayoq 37 tsentnerdan hosil yetiştirgan dehqonlariga, ularga rahbarlik qilayotgan fidoyi insonlarga çin qalbimdan taʼzim qilaman.
Paxta terimi! Ehtimol bu paxta dalasiga kirib körmagan odam uçun oğir işday tuyular? Biroq hayot yöli, köngli mamlakatimizning asosiy daromad manbai bölgan paxtaçilik bilan boğlangan odam uçun juda maroqli, zavqli jarayon. Çunki terib olayotgan oppoq paxtangning har misqoli yurtimiz qudratiga qudrat qöşişi könglingni quvonçga töldiradi. Va şu barobarida çanoqlardan toşib çiqib turgan oq momiq dehqonlarimizning yil boşidan beri dalada qişning izğirinida, yozning jazirama oftobi tiğida qiyinçiliklarni pisand etmay, qilgan mehnatlari mahsuli ekanligini his etganing sayin hosilini tezroq, köproq terging kelaveradi.
"Hayt, degan tuyaga mador”, deyişadi. Ha, butun el oğzibirçilikda ezgu niyatlar sari birlaşib intilsa, albatta samarasi quvonarli böladi. Bizning oliygohimiz talabalari ham paxtakorlar, turli kasb egalari, uyuşmagan aholidan tuzilgan guruhlar bilan yonma-yon turib, amudaryoliklarning yuksak paxta xirmoni bunyod etilişiga munosib hissalarini qöşdilar. Şuning uçun ham butun tumanda hamma paxtaçilikda erişilgan ulkan yutuq xabaridan şodumon bölayotgan uşbu damlarda talaba yoşlarimizning, biz öqituvçilarning ham quvonçimiz çeksiz.
Eng muhimi, dalalarda hali ham hosil oppoq bölib çamanday oçilib turibdi. Hatto hosili endi ilk bor terilayotgan dalalar ham bor. Biz kunning iliq kunlaridan foydalanib, qolgan hosilni yiğiştirib olişga ham özlarimizning munosib hissamizni qöşamiz.
Fursatdan foydalanib, yuksak "oq oltin" xirmonini bunyod etgan butun Amudaryoning oq köngil insonlarini, tuman rahbariyatini, barça qişloq xöjaligi sohasi xodimlarini erişilgan ulkan ğalaba bilan tabriklayman! Xirmonlar yanada yuksalaversin!
Tumanda paxta topşiriş yillik rejasining ado etilişi quvonçi hukmron bölayotgan şu lahzalarda barça öqituvçilar va murabbiylarni 1-oktyabr - kasb bayralari bilan ham qutlayman. Yoş avlodga taʼlim-tarbiya beriş, kasb-hunar örgatişdek ezgu işlariga muvaffaqiyatlar tilayman.
Quvondiq QODIROV,
Ajiniyoz nomidagi NDPI prorektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶