HOSIL MÖL, XIRMON YuKSAK
Özbek paxtasini jahon bozoriga çiqarişda paxtani qayta işlaş sanoatining örni beqiyos. Şu sababli 2001-yil 11-iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika paxta tozalaş sanoatini monopoliyadan çiqariş va boşqaruvini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni qabul qilinib, Farmon asosida "Özpaxtasanoat” uyuşmasi taşkil etilgan edi.
Paxta tolasi "Özpaxtasanoat” uyuşmasiga qaraşli paxta tozalaş korxonalarida işlab çiqariladigan, eksportga yönaltirilgan mahsulotning muhim turlaridan biri bölib, xalqaro ekspertlar fikriça, sönggi yillarda özbek tolasining paxta bozori talablariga töliq javob beruvçi sifat xususiyatlarining yaxşilanişi sababli unga bölgan qiziqiş yanada oşdi.
Tumanimizda yetiştirilgan paxtani yiğim-terim mavsumida uzluksiz qabul qilib oliş tuman paxta tozalaş korxonasining asosiy vazifasidir. Korxona zimmasiga xom aşyoni saqlaş, uni sifatli qayta işlaş, paxta mahsulotlari işlab çiqariş, paxta terminallari orqali eksportga jönatiş, ğözaning uruğlik fondini tayyorlaş kabi vazifalar yuklatilgan. Şu bilan birga, korxona fermer xöjaliklariga uruğlikni taqsimlaş, yetkazib beriş, xom aşyoni yiğib-teriş va uni keyingi işlov uçun paxta tayyorlaş punktlariga qabul qilişgaça bölgan köplab tadbirlarning amalga oşirilişida kömaklaşadi.
Xalqimizda "Uruğ sifati – hosil barakasi”, degan gap bor. Bu bejiz aytilmagan. Şu bois bölsa kerak, köpni körgan usta dehqon-paxtakorlar bilan suhbatlaşsangiz, hosildorlikning kutilganidek bölişi uruğlik çigitning navdor, sara bölişiga boğliq ekanini taʼkidlaşadi. Darhaqiqat, paxta tolasining uzunligi, pişiqligi, sanoatbopligi va sifati köp jihatdan uruğlikka boğliq. Tumanimizdagi 262 ta fermer xöjaliklari bilan uruğlik çigit yetkazib beriş böyiça tuzilgan şartnomalarga muvofiq, hududlardagi 17 ta şoxobçalar orqali 1538 tonna çigit ekiş mavsumida öz vaqtida yetkazib berildi. Bu yil paxta yetiştiriş uçun ajratilgan asosiy maydonlarga ğözaning "Omad”, "S-4727”, "Sulton", "Porloq", "Buxoro-8” va boşqa qator navlar uruğlari ekildi.
Mavsumdagi muhim yangilik - korxonamizga qaraşli zavodning "Oq oltin” ovuli hududida joylaşgan "Oq oltin” paxta qabul qiliş maskani hududiga köçirilgani böldi. Mavsum oldidan uşbu yangi paxta tozalaş zavodi hududi obodonlaştirilib, uning qoşida savdo va maişiy xizmat körsatiş obʼektlari qurilişi poyoniga yetkazildi. Zavodning yangi maskanga köçib ötişi munosabati bilan "Yulduz” oçiq hissadorlik jamiyati nomi özgartirilib, "Amudaryo paxta tozalaş” aktsiyadorlik jamiyati şaklida qayta röyxatdan ötkazildi.
Eng muhimi, joriy yilgi paxta yiğim-terimi muvsumiga puxta tayyorgarlik körildi. Korxonaning asosiy qabul maskani hamda unga qaraşli joylardagi paxta qabul qiliş maskanlarida mavsumga tayyorgarlik işlari sifatli bajarildi. Xususan, qabul maskanlarida transportyorlar, ğaram maydonçalari, paxta qabul qiluvçi moslamalar, havo sörgiçlar, ğaram buzgiç uskunalar, avtotarozi binosi, suv hovuzi, maskanlar hududini örab turgan devorlar sifatli taʼmirlandi. Mavjud avtotarozilar davlat standarti körigidan ötkazildi. Paxta ğaramlarini yaxşi saqlaş uçun zarur şaroitlar yaratildi.
Joriy yilning 10-sentyabridan boşlab korxonamizga qaraşli 6 ta paxta qabul qiliş maskanlarida "oq oltin” ortilgan karvonlarni qabul qiliş boşlab yuborildi. Şu kungaça qabul qilingan jami hosilning konditsion vazni 33 ming tonnadan ortib ketdi.
Mavsum boşlanganidan beri fermer xöjaliklariga qöl terimiga jami 7 mlrd. sömdan ortiq naqd pul mablağlari tijorat banklari tomonidan terim puli sifatida tarqatildi.
Korxonamizda 400 nafardan ortiq işçilar mehnat qilmoqdalar. Ulardan boş muhandis Baxtiyor Törayev, boş energenik Mahmud Boltayev, boş mexanik Paraxat Örozboyev, tayyorlov bölimi boşliği Bahodir Qodirov, texnik nazorat bölimi boşliği Rajab Törayev kabi öz kasbining jonkuyarlari paxtakorlarimizning peşona teri evaziga yetiştirilgan "oq oltin”ini qabul qiliş, saqlaş va qayta işlaş jarayonida fidoyilik körsatmoqdalar.
Fursatdan foydalanib, mehnat jamoamiz nomidan tumanimiz paxtakorlarini, fermerlarni, qişloq xöjaligi sohasi mutaxassislarini va barça haşarçilarni mehnat zafari – tumanimizda davlatga paxta topşiriş böyiça şartnomaviy rejaning bajarilişi munosabati bilan tabriklagan holda "Hormang, aziz paxtakorlar!” deymiz!
Olimboy XUDOYBERGANOV,
"Amudaryo paxta tozalaş” aktsiyadorlik jamiyati raisi.
M.HABIBULLAYeV
olgan surat.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶