24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 05:18
Jamiyat 👁 430

UMRI AZIZ

UMRI AZIZ

Atrofimizda turfa xulq-atvorli insonlar koʻp: biri xushchaqchaq, biri ogʻir-bosiq yana birlari qiziqqon, jizzaki,.. va keng feʼl. Baʼzan hayot tashvishlaridan charchagan damlarimizda turfa xislatli eldoshlarimiz bilan muomalada qiynalib qolamiz, koʻngillariga yetolmay: “e, ha, bitta gap kam, ikkitasi koʻp, bir yarim gap yoʻq-da”, − deymiz, shunday kezlarda. Aslida esa odamiylikning eng ulugʻ va eng oddiy jihati − muomala madaniyatimiz qashshoqligini tan olgimiz kelmaydi...

Men  har gal oʻzining shirin soʻzi, oʻtkir zehni, yuksak insoniy fazilatlari, bundan ham muhimi, elparvarligi va havasga munosib muomala madaniyati bilan deyarli barcha amudaryoliklarning aziz otaxoniga aylangan Bekman ota Allaberganov bilan suhbatlashganimda insonning shaxs sifatida shakllanishida uning muomala madaniyati oʻta muhim ekanligini his etaman. Chunki otaxon qaysi auditoriyada, qanday insonlar davrasida boʻlishlaridan qatʼiy nazar, oʻz soʻzi, muomalasi, xalqimizga boʻlgan oʻta samimiy mehr-muhabbati bilan suhbatdoshlarining ham, tinglovchilarning ham hurmat va eʼtiborini qozonishiga koʻp bora guvoh boʻlganman.

Xalqimizda asrlar sinovidan oʻtgan purmaʼno hikmat bor: “Mashaqqatlardan choʻchigan insonning hayotida maʼni boʻlmaydi”, deyishadi. Agar taʼbir joiz boʻlsa, Bekman ota Allaberganov hayot mashaqqatlarini koʻp totigan, ana  shu mashaqqatlar aro toblangan, hayot yoʻllaridagi taqdir sinovlarini metin irodasi, sabr-bardoshi bilan yengib, bugungi dorilomon kunlar qadrini boshida tutib yashayotgan el-yurt fidoyisi.

U ota mehriga toʻymay ulgʻaydi. Alloh rahmat qilsin, otasi Polvon ota Allaberganov vafot etganida 8-9 yashar oʻyinqaroq bola edi. Hali 40 yoshga kirmay uch oʻgʻil, uch qizning tarbiyasi va katta roʻzgʻorning tashvishini zimmasiga olgan onasi Oʻgʻil onaga opa-akalari tirgak boʻlishdi. Birovdan oldin, birovdan keyin oila tashvishlarini yelkalab, hayotga intilgan bolalarning eng kenjasi boʻlgan Bekman Allaberganov tugʻishganlari mehridan kuch olib ulgʻaydi. Roʻzgʻor uchun nimaiki zarur boʻlsa, aka-opalari bilan birga mehnat qildi, intildi. Qishloqda u tengi bolalar paxta dalasida, kolxoz fermasida, tomorqada kattalar bilan bab-baravar mehnat qilishar, tongdan shomga qadar adogʻi koʻrinmaydigan mashaqqatli mehnat B.Allaberganovning ham bolaligini va yoshligini oʻgʻirlagan edi.

Bolalik va oʻsmirlik yillari Ikkinchi jahon urushidan keyingi tiklanish yillari mashaqqatlarida kechgan Bekman Allaberganovning metin irodasini  taqdirning bemavrid sinovlari ham sindira olmadi. Biri ellik yoshning nari-berisida, biri  oʻttizga ham kirmay birin-ketin bu hayotni tark etgan besh nafar opa-akalaridan ayrilganida tugʻishganlik qadri, jigarbandlar mehri inson uchun Allohning naqadar ulugʻ hadyasi ekanligini yurak-yuragidan his etdi. Nachora, hayot davom etaveradi, inson esa Allohning irodasi qarshisida ojiz, dilda shukur va imon bilan taqdir sinovlarini yengib yashashga intilaveradi...

– Meni tugʻishgan jigarbandlarim mehri ulgʻaytirdi, – mehr va shukronalik bilan soʻzlaydi otaxon. – Ota-onamdan keyin Oʻrozgul, Shukurjon, Oyjon ismli opalarim, Umar va Usmonjon akalarim meni mehr bilan siyladilar, hayot mashaqqatlarini sabr bilan yengib yashashga oʻrgatdilar.

Oʻzaro mehr-oqibat, insoniy tuygʻulardan kuch olgan Bekman Allaberganov oilada odobli va  mehribon uka, maktabda aʼlochi oʻquvchi boʻldi. 1963-1968-yillarda Toshkent Davlat pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini tamomlab, uzoq yillar 16-sonli va 5-sonli umumtaʼlim maktablarida oʻquvchi-yoshlarga fizika-matematika fanlaridan saboq berdi. Orada bir yil harbiy xizmat burchini oʻtab qaytgan Bekman Allaberganov oʻzining tashabbuskorligi, xalq hayotiga doir muammolar yechimini topishdagi oʻziga xos fikrga egaligi bois, tuman rahbariyatining nazariga tushdi. 1987-1995-yillarda Xalq deputatlari A.Temur nomli ovul Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, bir necha yil tadbirkor sifatida faoliyat yuritgan Bekman Allaberganov 1999-2003-yillar oraligʻida A.Temur nomli ovul mahalla posboni sardori, 2003-2008-yillarda esa mazkur fuqarolar yigʻini raisi vazifalarida sidqidildan mehnat qildi.

Hayotining asosiy  qismini xalqqa xizmat qilishdek xayrli ishga bagʻishlagan otaxon Amir Temur nomli ovul aholisining turmush farovonligini oshirish, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, ularning hayotdan rozi yashashlari uchun zarur  shart-sharoitlar yaratish maqsadida ovul keksalari, ilgʻor fikrli yoshlar bilan hamjihatlikda ish yuritdi. Har bir xonadonga kirib borib, ijtimoiy himoya uchun ajratiladigan mablagʻni maqsadli tarzda, haqiqiy  muhtoj fuqarolarga taqsimlash boʻyicha samarali faoliyat olib bordi. Natijada otaxon raislik qilgan davrda Amir Temur nomli ovul aholisining turmush darajasi ancha yaxshilandi. Koʻchalar tartibga keltirilib, aholi maskanlari va hududdagi qabristonlar obodonlashtirildi. Oilaviy nizolar, ajrashishlar va jinoyatchilik, huquqbuzarlik holatlari keskin kamaydi.

– Xalq yaxshi muomalaga, hurmatga munosib, – deydi otaxon fuqarolar yigʻini raisi boʻlib ishlagan davrini xotirlarkan. – Xalq bilangina hurmat, eʼtibor topamiz. Xalq – bizning ota-onamiz, jigarbandlarimiz, doʻst-u birodarlarimiz. Xalq – bu Vatan! Ana shu Vatan uchun hech ogʻrinmay, mehr-muhabbat bilan xizmat qilishimiz kerak...

Bekman ota suhbatdoshini aslo zeriktirmaydilar. Maqolamiz boshida aytganimiz – har qanday odamga, agar taʼbir joiz boʻlsa, “bir yarimta gapni ham topib” muomalani joyiga qoʻyganlari uchun ham nafaqada boʻlishlariga qaramay har kuni yoʻlda:

– Ota, biron maʼraka bormi? – soʻrashadi farzandlari.

– Televideniyeda koʻrsatuvim bor, operator bolalarim kutib qolishmasin, – deya oshiqib turadilar baʼzan.

Ertasiga, indiniga otaxon yana yoʻlga shayla-nadilar. Bu gal:

– Qilichboyga! – deb qoʻyadilar mamnuniyat bilan. – “Otalar choyxonasi”da hokim va  yoshlar uchrashuvi bor, shunga...

Farzandlari otani tushunadilar, Qilichboy qishlogʻiga tez-tez otlanib turishlaridan, keksalar davrasimi, yoshlarnikimi, otaxonni ohanraboday tortib turadigan Qilichboy zamini unga qanchalik qadrdonligini bilishadi. Chunki  mazkur qishloqdagi fayziyob goʻsha – “Otalar choyxonasi”ning tamal toshini Bekman ota oʻz qoʻllari bilan qoʻygan. Qilichboyliklarning eng shodiyona damlari, bayram tadbirlari-yu bu zaminga tashrif buyurgan nufuzli  mehmonlar bilan uchrashuvlar ham aynan ana shu goʻzal “Otalar choyxonasi”da oʻtkaziladi.

Ishlab, yoʻl yurib charchamaydigan otaxon 2014-2017-yillarda “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi, 2017-2020-yillarda esa Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi vazifalarida ishlagan yillarida amudaryolik nuroniylar, Ikkinchi jahon urushi faxriylari, front ortida fidoyilik koʻrsatgan mehnat fronti faxriylarining deyarli barchasining, hatto dunyodan oʻtib ketgan faxriy jangchi bobolarning oilalariga birma-bir kirib, tumanning har bir qishlogʻini qadam-baqadam kezib chiqqan, amudaryolik fidoyilar haqida hikoya qiluvchi “Ular – dorilomon kunlar  bunyodkori, yurtimiz fayzi, suyanchimiz, maslahatgoʻyimiz” deb nomlangan suratlar albomini tayyorlab, bu fidoyi insonlar oilalariga, farzandlariga xolisona taqdim etib, “Nuroniy” jamgʻarmasi Amudaryo tuman boʻlimi qoshida xalq kutubxonasi faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Jamgʻarmaga raislik qilgan yillarida ikki marta Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan grant tanlovlarida oʻz loyihalari bilan ishtirok etib, tanlov gʻolibi boʻldi va butun tuman miqyosida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. 2016-yilda jamgʻarma qoshida otaxonning shaxsiy tashabbusi bilan tashkil etilgan xalq kutubxonasi esa keksa-yu yoshlarning sevimli maʼnaviyat va maʼrifat maskaniga aylangan.

Hamisha: “Men ham xalqning bir vakiliman, men – Oʻzbekistonman!” deb xalq orasiga intilib turuvchi Bekman ota Allaberganov ayni paytda tuman “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi raisining oʻrinbosari sifatida har kuni oʻzi sevgan xalq bilan birga. Deyarli har haftada Amudaryo televideniyesida efirga uzatilayotgan “Odoblar xazinasi” koʻrsatuvi orqali yuzlab, minglab yurtdoshlarimiz qalbidan oʻzining ohorli soʻzlari, hikmatlarga toʻla pand-nasihatlari, hayotiy hikoyalari bilan munosib joy olgan.

Tinib-tinchimas otaxon tonglarni shukronalik bilan qarshilarkan, har tong aziz Amu eli uchun xayrli bir ish qilish, xalqqa manfaat keltirgulik ezgu bir amal roʻyobi uchun harakat boshlashni rejalashtiradi va albatta, buning uddasidan chiqadi. Xalqimiz juda yaxshi eslashadi: muhtaram Prezidentimizning Qoraqalpogʻistonga  qilgan tashriflaridan birida – Moʻynoq shahrida Prezident bilan uchrashib, suhbatlashgan Bekman ota Allaberganovdan davlatimiz rahbari:

– Otaxon, qanday muammolaringiz bor? – deya soʻraganlarida Bekman ota:

– Mening emas, xalqimizning juda ulkan muammosi bor. Amudaryo ustiga koʻprik qurilishini faqat orzu qilib yashayapmiz. Shu masalada yordam bersangiz, – deya xalq nomidan murojaat qildilar.

Prezident otaxonni katta eʼtibor bilan tingladilar, masʼullarga ushbu masalani oʻrganishni topshirdilar va oradan hech qancha vaqt oʻtmay, Amudaryo ustiga koʻprik qurish boʻyicha ishlar boshlab yuborildi. Koʻprik bilan birga temir yoʻl va avtomobil yoʻllari quriladigan hududga ramziy qoziq qoqish marosimida qoʻliga bolgʻa tutib, oʻzi ham qoziq qoqqan Bekman otaning azbaroyi quvonchidan koʻzlariga sevinch yoshlari qalqiganiga xalq guvoh!

Inson – u kim boʻlishidan qatʼiy nazar, oʻzi hayotligida xalqi tomonidan hurmat va eʼtiborga loyiq koʻrilsa-yu, izlarini bosib ulgʻayayotgan oʻgʻil-qizlari odob-ikrom bobida elga manzur insonlar boʻlishsa, qilgan ezgu amallari qalblarda chuqur eʼtirof etilsa, bunday insonlar umri barcha uchun ibrat va azizdir. Azizlik esa Allohga yaqinlikdir. Binobarin, Muhammad Mustafo (s.a.v) hadislarida uch ezgu amal haqida shunday deyiladi: Birinchisi “sadaqai joriya – koʻprik, masjid qurish, vaqf yerlar sadaqa qilish, ekilgan mevali daraxtlar, ikkinchisi – ilm, uchinchisi – solih farzand”. Bekman ota qayerda, qanday vazifada ishlasalar – oʻsha joyni obod maskanga aylantirdilar. Ustoz  sifatida yuzlab yoshlarga taʼlim-tarbiya berib, mustaqil hayotga yoʻlladilar, shogirdlarining barchasi Vatan obodligi, xalq farovonligi yoʻlida hamisha kamarbastalar.

Otaxon ibratli xonadon sohibi, mohir bogʻbon, namunali tomorqachi, umr yoʻldoshi Donagul momo bilan solih farzandlar tarbiyalagan ardoqli inson. Bugungi  kunda Bekman ota tarbiyat etgan uch oʻgʻil va  ikki qizning barchalari oʻqimishli, elim, yurtim, degan fidoyilar, el havas qilgulik oila sohiblari, otaxonning izlarida kamolga yetayotgan nurli izlari.

– Men – Oʻzbekistonman, men – Vatanman! – deya butun jism-u jahoni bilan jonajon Yurtga, xalqiga intilib turguvchi otaxon – el ardogʻidagi “Ardoqli nuroniy” koʻkrak nishoni sohibi, oʻzining ezgu amallari bilan umri aziz Bekman ota Allaberganov ayni damda 75 yoshga toʻldilar. Ushbu qutlugʻ kunda butun ongli hayotini xalq manfaati yoʻlidagi xayrli ishlarga bagʻishlab yashayotgan, barcha ezgu amallari bilan farzandlari, doʻstlari, eldoshlari faxriga aylangan otaxonni  tabarruk yoshlari bilan samimiy muborakbod etamiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026