Jayxun ilhomlari
Unutma
Dunyoning işlari doim bir kamdir,
Şodlik-ğamni bitta qölda tutmaysan.
Goho diling vayron, közlaring namdir,
Şodon kuningni ham heç unutmaysan.
Goh taqdir hukmidan zorlanib yurib,
Ne-ne sir-asrordan bölarsan ogoh.
Umr söqmoğida surinsang, turib,
Hayotning maʼnosin anglarsan nogoh.
Omading kelganda ming bor suyunib,
Qadrdon döstlarni aslo unutma.
Ğaflatda qolganda ming bor kuyunib,
Mehr bermadingmi... mehrni kutma!
Saraton
Heç kimsa bilmaydi oldda ne kutar,
Ne ğam, taşviş, kulfat bordir boşida.
Nokaslar taomni yamlamay yutar,
Oçlikdan sulaygan bemor qoşida.
Örozali REYIMOV.
Sinfdoşlar
Bir eşikdan kirib-çiqib şunça yil,
Bir oila farzandidek bölganmiz.
Yordamni, mehrni tutmaymiz dariğ,
Çin dugona, döst-birodar bölganmiz.
Döstona raqobat bordir örtada,
Talaşib, tortişib, bilim olamiz.
Işonaman, bizlar bir kun, albatta,
Vatanga kerakli inson bölamiz.
Qaynoq quçoğida aziz maktabning,
Baxtlimiz, xursandmiz, kulamiz şodon.
Ulğaygaç, ketsak gar bu ostonadan,
Soğinib qömsaymiz har lahza, har on.
Şahlo QUROLOVA, 62-maktab öquvçisi.
Boringizga şukur
Döstlarim, yonimda tayanç böldingiz.
Har yaxşi kunimda, yomon kunimda,
Men sizlarni unutmasman to abad.
Boringizga şukur, qadrdonlarim.
Sizlar bilan janjallaşdim neça bor,
Söngra mehr bilan yana yaraşdim.
Bolalikning zavqin surdik betakror,
Boringizga şukur, qadrdonlarim.
Abrorbek Gulmirzayev,
28-sonli maktab öquvçisi.
Virus
(Koronavirusga xitob)
Körinmas zarralar senda ibtido,
Tinkani quritib qilursan ado.
Vahima qözğatding butun dunyoda,
O, naqadar, dahşat sanalding, virus!
Zaminni titratib, yöl olding, virus!
Ozmidi beş yillik uruş azobi,
Sendan tarqaladi mudhiş tözğoği.
Ölimning şarpasi, qopqon - tuzoği,
O, naqadar, dahşat sanalding, virus!
Zaminni titratib, yöl olding, virus!
Seni yöqotmoqqa şay turar inson,
Sen bilan kuraşar tabib sonma-son.
Sanalding hayotga gardişli nuqson,
O, naqadar, dahşat sanalding, virus!
Zaminni titratib, yöl olding, virus!
Şifokor, olimlar, yöq qilar seni,
Kuraşar tinimsiz, daf qilar seni.
Sendan ozod aylar, jahon xalqini,
O, naqadar, dahşat sanalding, virus!
Zaminni titratib, yöl olding, virus!
Niqoblar taqtirding, nafrat qözğatding,
Insonlar qalbiga jarohat solding.
Sen bu kun toliqding va ortga qaytding.
O, naqadar, dahşat sanalding, virus!
Zaminni titratib, yöl olding, virus!
Olamdan yöqolib ketasan, aniq,
Yonasan, kuyasan, tutaysan, aniq,
Başarni erkiga qöyarsan, aniq,
O, naqadar, dahşat sanalding, virus!
Zaminni titratib, yöl olding, virus!
Xudoybergan JUMAMURODOV.
Opa-singillar
Bahor gullaridek yasangan qizlar,
Soçlariga gulçambar taqqan yulduzlar.
Biri Zebo, biri Sarvi, oşiq bulbullar,
Baxtimizga soğ böling, opa-singillar.
Sizlarsiz hayotning mazmuni, sirli,
Siz borsiz yurarmiz doim ğururli.
Uyimiz, oilamiz, doimo fayzli,
Sizlarsiz baxtimiz, opa-singillar.
Bir qölda beşikdir, bir qölda dunyo,
Saranjom, sarişta, billursiz göyo.
Iboni, hayoni qilib siz, oşno,
Nurli yölimizsiz, opa-singillar.
Qalbim torlarini qilib ziyoda,
Layli misol umringiz bölgay ziyoda.
Şoirlar aytgandek doim hayotda,
Sevilib yaşanglar, opa-singillar.
Murodboy Madiyorov,
51-sonli maktab öqituvçisi.
Döstlarga xat
Keçiringlar döstlarim,
Mendek yomon bolani.
Yurakka zarba berib,
Xafa qildim sizlarni.
Yomon gapirdim Sizga,
Yurakka nayza sançib,
Yurakni jarohatlab,
Yuribman men azobda.
Azoblaydi şu işim,
Eng yomon qilgan işim.
Yuraklarni yaralab,
Tuzatolmay yurganim.
Bu yuraklar tuzalmas.
Bahodir Soliyev,
76-maktab öquvçisi.
Bağri keng dunyom
Bağrikenglik Vatani,
Özbekiston atalur.
Çunki hamma millatga,
Öz bağridan joy berur.
Yaşar unda millatlar,
Tinçlik-farovonlikda.
Özbek degan nomini,
Yoyib butun dunyoga.
Özbek xalqi mehribon,
Bölgan azal-azaldan.
Kelgan mehmon oldiga,
Non qöyadi, albatta.
Vatanlarning şohidir,
Jonajon Özbekiston.
Barça millat omondir,
Bolajon va mehribon.
Şohruh FAYZULLAYeV,
21-maktab öquvçisi.
Kitob
Yaxşi öqiş burçimiz,
Kitob – bizning kuçimiz.
Oçar bilim eşigin,
Kitobdir yöldoşimiz.
Örgatar hikmatlarni,
Maqol-u ertaklarni.
Mağzin çaqib ol, deydi,
Bilim olib qol, deydi.
Şahrizoda Tozaboyeva,
43-maktab öquvçisi.
Ota-onam bölsin soğ
Ota-onam bölsin soğ,
Ikkisi ham mehribon.
Otam göyo davlatim,
Onam esa jannatim.
Ota-onam bölsin soğ,
Umr körsinlar uzoq.
Qildingiz meni katta,
Baxtim köring, albatta.
Jasmina Bekimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶