XOTIRALAR TILGA KIRGANDA
Umr – oqar daryo, deyişadi. Haqiqatan ham, kunlarimiz oqar suv kabi oqib ötaveradi, aslo ortiga qaytmaydi. Kunlar ketidan haftalar, oylar, yillar köz oçib-yumgunça ötib ketadi. Yillar bilan böy talaşib, insonning bolalik, ösmirlik, yoşlik davri şirin xotiralarga joylanadi. Olis yillar xotiralari oğuşiga qaytib yaşaş, ayniqsa, bolalik va ösmirlik davrining unutilmas lahzalarini eslaş insonga olam-olam zavq bağişlaydi.
Amudaryo tumanidagi 24-sonli umumtaʼlim maktabini 2002-yilda tugatgan sobiq sinfdoş döstlarning 20-yildan keyingi uçraşuvi ana şunday hayajonli lahzalarga boy böldi.
1991-yilda maktab ostonasiga ilk qadam qöygan jajji bolajonlar bugun hayotning aççiq-çuçugini totigan, oila qurib, har biri bir neçta farzandlarining maʼnaviy-axloqiy tarbiyasini öz zimmasiga olgan ota-onalar, özlari faoliyat yuritayotgan mehnat jamoalarida hurmat-eʼtiborga munosib hamkasblar, tadbirkor va işbilarmonlar darajasiga erişişgan.
Bolalikning betakror orzulari, ösmirlik va yoşlik quvonçlari, beğubor tuyğulari bilan qayta oşno bölgan 21 nafar sobiq sinfdoş döstlar özlarining jamiki şöxliklari-yu injiqliklarini kötargan va oq-qorani tanitib, mustaqil hayotga yöllagan muqaddas dargoh – maktab ostonasiga qadam qöyarkanlar, göyo özlarini olis yillar xotiralari içida yaşayotganday his etdilar. Biri-biridan zavqli xotiralar oğuşida özlari taʼlim-tarbiya olgan sinfxonalariga kirib, aziz va möʼtabar ustozlari bilan dildan suhbat qurdilar.
Sobiq sinfdoşlarning birinçi öqituvçisi Uman Soğinboyeva har bir öquvçisining öziga xos xulq-atvori, ilm olişga bölgan qiziqişlari va intilişlari haqida tölqinlanib sözladi. Ayniqsa, alifboni örganişdagi bolalarning öziga xos musobaqasi, karra jadvalini birgalikda yodlaganlarini maroq bilan faxrlanib hikoya qildi.
Ustoz va şogirdlarning dildan, samimiy suhbatlari, barçasi ulğayib, hayot haqidagi tasavvurlari, dunyoqaraşlari kengaygan, jamiyatda öz örniga ega şaxslar sifatida şakllanib ulgurgan sobiq sinfdoş döstlarining qadrdonlik tuyğulari bilan keçgan diydorlaşuv tadbiri fayzli dasturxon atrofida yanada jöşqinlik kasb etdi. Sobiq sinfdoş döstlar bir-birlariga samimiy tilaklarini izhor etişdi. Özlari erişayotgan yutuqlar, yangi rejalari xususida tölqinlanib söz yuritişdi. Barçasi birgalaşib, ustozlarini şaraflovçi şeʼrlar aytişdi.
Tadbir davomidagi musiqiy lahzalar barçaga xuş kayfiyat bağişladi. Sobiq sinfdoş döstlar raqsga tuşib, bir-birlariga şeʼriy va musiqiy tabrik yölladilar. Şu bilan birga özlariga oq-qorani tanitib, jöşqin hayot sari yöllagan qadrdon va muqaddas dargoh – maktab uçun öz sovğalarini topşirişdi.
Ota-onasiday mehr berib, orzulariga qanot bağişlagan aziz va möʼtabar ustozlariga guldastalar, hadyalar inʼom etdilar.
Sinfdoş döstlarning 20-yildan keyingi diydorlaşuv marosimi hamişa aziz va biri-biriga qadrdon köngillarni yanada jipslaştirdi, gözal va betakror xotiralar tilga kirib, köngillarga jöşqinlik baxş etdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶