Oq oltin ovulidagi suv tozalaş inşooti foydalanişga topşirildi
Dunyoning köplab mamlakatlarida toza içimlik suvi taqçilligi dolzarb masala bölib turgan bir vaqtda, mamlakatimizda aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş borasida keng kölamli amaliy işlar qilinmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2023-yillarda Özbekiston Respublikasining ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan Amudaryo tumanida ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini jadal rivojlantiriş, tadbirkorlik subʼektlariga qulay investitsiya muhitini yaratiş, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani qöllab-quvvatlaş, şuningdek, davlat-xususiy şeriklik asosida yangi infratuzilma obʼektlarini barpo etiş, şu asosda aholi bandligini taʼminlaş va ularning turmuş darajasini yanada yaxşilaş böyiça köplab ijobiy işlar amalga oşirilmoqda.
Amudaryo tumanining Oq oltin ovulida joylaşgan suv inşooti hamda 7,9 km uzunlikdagi içimlik suvi tarmoqlari rekonstruktsiya qilinib, foydalanişga topşirilgani ham bu boradagi amaliy qadamlardan biri böldi.
Yaqinda uşbu inşootning foydalanişga topşiriliş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakili Akbarjon Jonuzaqov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi örinbosari Yernazar Ataşov, tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, muassasa va taşkilotlar rahbarlari, ovul aholisi iştirok etişdi. Ovul nuroniylari aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş savobi uluğ amallardan ekanligini aytib, masʼullarga özlarining çuqur minnaddorligini bildirişdi.
Maʼlumot örnida aytiş kerakki, Birlaşgan millatlar taşkilotining hisobotiga köra, bugungi kunda sayyoramizdagi 2 milliard aholi toza içimlik suvidan bevosita foydalaniş imkoniga ega emas. Mutaxassislarning tahlillariga köra, jahonda 2000-yildan 2050-yilgaça bölgan davrda suvga bölgan global talab 55 foizga ösadi. Ayniqsa, Özbekistonning qöşni mamlakatlardan keladigan suv taʼminotiga boğliqligi yuqori darajada, yaʼni isteʼmol qilinadigan suvning 80 foizi taşqaridan keladi. Şuning uçun ham har bir yurtdoşimiz suvni tejaşga alohida eʼtibor qaratişlari lozim.
Oq oltin ovulidagi mazkur suv tozalaş qurilmasi va suv tarmoqlarining rekonstruktsiya qilinişi ovul hududida istiqomat qiluvçi 300 ga yaqin oilaning tozalangan suvga bölgan ehtiyojini qondirişga xizmat qiladi.
Maʼlumot uçun, mazkur suv tozalaş inşooti “Temir beton” masʼuliyati çeklangan jamiyati hamda “Manğit mega hamkor” masʼuliyati çeklangan jamiyati örtasidagi özaro şartnomalar asosida rekonstruktsiya qilindi.
Oq oltin ovulidagi suv tozalaş qurilmasi va suv tarmoqlarining rekonstruktsiya qilinib, foydalanişga topşirilişi ovul aholisi uçun katta tuhfa böldi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶