21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 12:15
Jamiyat 👁 452

TUMANDA MATBAANI ZAMONAVIYLAŞTIRGAN TADBIRKOR

TUMANDA MATBAANI ZAMONAVIYLAŞTIRGAN TADBIRKOR

Insonning şaxs sifatida şakllanişida oila muhiti juda katta ahamiyatga ega. Bekorga xalqimiz “quş uyasida körganini qiladi”, “öğil – otadan, qiz – onadan rang oladi”, qabilidagi hikmatlarni yaratmagan.
Manğitlik ustoz-murabbiy, Alloh rahmat qilsin, Yöldoş ota Xöjaboyev 7 nafar öğil-qizini atrofiga jamlab, doimo bir gapni uqtirardi:
– Halol mehnat qilgan odamning nasibasi uluğ böladi, bir-birlaringizga mehrli bölib, mehnatdan qoçmanglar, har bir işni maslahat va kengaş bilan boşlang, tadbirli, tejamli bölinglar, – derdilar doim.
Yillar bilan böy talaşib, 7 nafar öğil-qiz ulğaydi, har biri mustaqil oila qörğonini bunyod etişib, tinib-tinçib ketişdi. Farzandlarining qadr-u kamolini körib, köngli xotirjam bölgan Yöldoş  ota bilan Şarifa onaning ortlarida yettita ibratli oila, biri-biridan oqibatli farzandlar, bir mevazor boğ kabi unib-ösayotgan nevara-çevaralar qoldi.
Yöldoş muallim bilan Şarifa ona tuzgan katta xonadonning bir ildizi – tadbirkor va işbilarmon öğil Pölat Xöjaboyev ota-onasining ögit va nasihatlarini tumorday asragan, agar taʼbir joiz bölsa, ota-onasidan rang olib, ahli Manğitga tanilgan tadbirkor şaxs sifatida şakllandi.
Özbek tili va adabiyot fani öqituvçisi bölgan otasi Yöldoş ota va çevarlik hunari bilan elda eʼtibor qozongan onasidan milliy-maʼnaviy tarbiya olgan Pölat Xöjaboyev 1979-yilda 16-sonli maktabni muvaffaqiyatli tugatdi. Tengdoşlari qatori oliy maʼlumotli mutaxassis bölişni orzu qilgan Pölat negadir oliy öquv yurtiga hujjat topşirişga oşiqmadi. Markaziy gazetalardan birida berilgan eʼlonga közi tuşdi-yu, moliya va iqtisod yönalişini tanladi. Şu yiliyoq hujjatlarini Namangan şahridagi örta-maxsus bilim yurtiga, moliya va iqtisod yönalişiga topşirdi. Bilim yurtida havas qilarli darajada yaxşi öqidi, tanlagan sohasi böyiça puxta bilim egalladi. 1982-yilda mazkur bilim  yurtini muvaffaqiyatli tugatgan Pölat Xöjaboyev ilk mehnat faoliyatini öşa paytdagi  Manğit ip yigiruv-töquv fabrikasida hisobçi bölib işlaşdan boşladi.
Ötgan asrning 85-90-yillari köplab malakali mutaxassislar uçun sinov yillari böldi. Çunki sobiq ittifoq tanazzulga yuz tuta boşlagan, avvalgi taʼminot tizimi izdan çiqqan tahlikali yillarda yirik-yirik sanoat korxonalari ham bankrotlik yoqasiga borib qolgan, işsizlik haddan ziyod avj olgan edi. Ana öşa yillarda  kelajakni köraoladigan tadbirkor insonlar tuşkunlikka tuşmadilar, sinovlarga sabr-toqat bilan bardoş berdilar. Ana şunday sabrli, bardoşli insonlardan biri Pölat Xöjaboyev böldi.
Mustaqillikning ilk yillarida Pölatning oldida ikki yöl turardi: biri – özi faoliyat yuritayotgan Manğit ip yigiruv-töquv fabrikasining bozor iqtisodiyoti şaroitiga moslaşişini sabr-toqat bilan kutiş, ikkinçisi – özi öylab yurgan rejasi – xususiy firma taşkil etib, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş. Pölat ikkinçi yölni tanladi, ota-onasi, yaqinlari bilan bamaslahat köptarmoqli “Tolʼe” xususiy firmasini taşkil etdi. Quriliş-taʼmirlaş işlari bilan şuğullanuvçi “Tolʼe” firmasida 2 nafar kişi doimiy iş bilan taʼminlandi. Buyurtma asosida uylarning, idora va taşkilotlarning tomini yopiş, suvoqçilik, böyoqçilik işlari şuningdek, mustahkam va bejirim “Akfa plast” deraza va eşik romlarini yasaş, örnatiş işlarini bajarişga ixtisoslaşgan “Tolʼe” firmasining mijozlari safi oşdi.
Yana bir yangi yönalişda iş boşlaşni rejalaştirib yurgan Pölat Xöjaboyev Manğitdagi 4-sonli bosmaxona kim oşdi savdosiga qöyilayotganini eşitib, uşbu kimoşdi savdosida iştirok etdi va 2006-yilda mazkur bosmaxonani yutib oldi. 2007-yilda 4-bosmaxona negizida “Manğit matbaasi” xususiy korxonasi faoliyatini yölga qöydi va 5 nafar kişi doimiy iş bilan taʼminlandi.
Şuni alohida eʼtirof etiş kerakki, jamiki moddiy-texnika manbalari eskirgan, jiddiy modernizatsiyalaşga muhtoj bosmaxonada, hatto XXI asr boşida ham, tuman gazetasi ibtidoiy usulda bosilar, gazetani zamon talablari darajasida çop qildirişni istagan amudaryolik jurnalistlar öşa paytda Nukus şahridagi bosmaxonaga qatnab, gazetani naşr qildirişardi. Pölat Xöjaboyev bu borada jurnalistlarning muşkulini oson qildi. 2012-yilda imtiyozli kredit evaziga “Manğit matbaasi” xususiy korxonasi tomonidan 2 ta zamonaviy çop qiliş jihozlarini olib kelib örnatdi. Natijada Amudaryo tumanining ijtimoiy-siyosiy “Amudaryo haqiqati” – hozirgi “Taraqqiyot közgusi” gazetasi Manğit şahrining özida çop etilib, davriyligi va nusxasi ham oşdi.
Yöldoş muallimning tadbirkor öğli bu bilan çeklanib qolmadi. Tadbirkorlikning yangi-yangi yönalişlariga qöl urdi. Aslida tadbirkor bilan boşqa bir tadbirkorning hamkorligi katta rejalarning amalga oşişiga turtki böladi. Pölat Xöjaboyev ham manğitlik qandolatçi-yu turli maişiy buyumlar işlab çiqaruvçilar, çorvaçilik va parrandaçilik, poliz va boğdorçilik mahsulotlarini tayyorlovçilar bilan hamkorlik asosida ularning buyurtmalariga köra,  turli xil biçimdagi taxlov-qutilar işlab çiqarişni yölga qöydi va joriy yilning 25-iyun sanasidan buyurtmalar qabul qilişni boşladi. Uşbu yönaliş böyiça 10 nafar yoşning iş bilan bandligi taʼminlandi.
Özining kengfeʼlligi, samimiy va saxovatpeşaligi, har bir işni oğir-vazminlik bilan, yetti ölçab, bir kes, qabilida bajarişi tufayli eldoşlari tomonidan “Boy ota” degan eʼtirofga sazovor bölgan Pölat Xöjaboyevning oilasi ham ibratga, eʼtiborga munosib. Umr yöldoşi Gulnoraxon bilan biri-biridan aqlli, mehr-oqibatli bir öğil, bir qizni, 5 nafar şirin-şakar nevaralarni el-yurt xizmatiga kamarbasta tarbiyalayotgan  Pölat Xöjaboyev, manğitliklar hurmat bilan eʼtirof etganlariday çinakamiga “Boy ota”! Ayni kunlarda 60 yoşga tölgan “Boy ota”ning hayot yöllarini, oila qörğonini bezab turgan mehr-oqibat, özaro hurmat, havasga munosib. Öz jigarlarining “Boy ota” darajasiga yetişganidan mamnun tuğişgan aka-uka, opa-singillari-yu kelinlarining özaro  muomalalari, mehr-oqibatidan obod xonadon ostonasidanoq jigarbandlik riştalari naqadar uluğligiga guvoh bölasiz.
Bu yoğini sörasangiz, “Boy ota”miz qutluğ 60 yoşlarida ham yana bir ezgu işga qöl uribdilar. “Tolʼe” köptarmoqli firmasining yana bir yangi tarmoğini taşkil etayotgan P.Xöjaboyevning rejalari katta. Köz tegmasin, debmi “Boy ota”miz “Tolʼe” firmasining daromadlaridan söz oçmadilar-u, ammo öğli Mahmudjon yangi rejasini yaşirmadi:
– Ayollar, erkaklar va bolalar poyafzalini işlab çiqarişni yölga qöyayotirmiz.
Quvonçini mehmonlar bilan bölişgan Pölat Xöjaboyevning öğli Mahmudjon yangi taşkil etilayotgan poyafzal işlab çiqariş tsexining  imkoniyatlari, kutilayotgan natijalar xususida tölib-toşib sözlaydi.
Toşkent şahridagi maşhur firmalardan biri bilan hamkorlik asosida taşkil etilayotgan mazkur tsex joriy yilning 1-oktyabrida töla quvvat bilan faoliyatini boşlaşi rejalaştirilgan. Tsex işga tuşirilişi  bilan 20 nafar yoşlar doimiy iş bilan taʼminlanadi va bu manğitlik “Boy ota” Pölat Xöjaboyevning öz eldoşlari uçun katta sovğasi böladi.
Tökin dasturxon atrofida jam bölgan jigarbandlari mehr-muhabbatidan obod, halol va fidoyi mehnat mahsulidan fayzli xonadonga, uning işbilarmon va tadbirkor, qalbi mehr nuridan çaroğon sohibi va sohibasiga, havasga, ibratga munosib farzandlar kamoliga havas qildik. Ilohim, köz tegmasin kamolingizga!

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026