Tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan OAV vakillari uçun media tur taşkil etildi
14-iyul kuni Amudaryo tumani hokimligining Axborot xizmati tomonidan tumandagi ommaviy axborot vositalari vakillari uçun media tur taşkil etildi.
Unda tuman hokimi örinbosari Nodirbek Komolov, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Fotima Eşimbetova, “Taraqqiyot közgusi” gazetasi maxsus muxbirlari Robiya Yöldaşeva, Oygul Rajabova hamda fotomuxbir Mahmudjon Şomuradovlar iştirok etişdi.
Media tur doirasida jurnalistlar Manğit şahrining Gulzor mahallasi hududida yangidan barpo etilgan köp qavatli arzonlaştirilgan uy-joylarda yaratilgan şart-şaroitlar haqida batafsil maʼlumot oldilar.
Jurnalistlar yangidan qurilgan uy-joylarning eng muhim afzal tomoni − binolarning muhandislik kommunikatsiya tarmoqlariga ulanib, ijtimoiy va bozor infratuzilma obʼektlariga yaqin hududda joylaşganini eʼtirof etişdi.
Darhaqiqat, yangi massivlarda qurilgan va qurilayotgan avtomobil yöllari, suv, gaz va elektr tarmoqlari, bolalar boğçalari, savdo şaxobçalari, sport maydonçalari aholining qulay şart-şaroitlarda yaşaşi uçun kompleks tizimni hosil qilmoqda.
Media tur qatnaşçilari uy egalarining xonadonlarida bölib, ular bilan ham yaqindan suhbatlaşdilar. Aksariyat qismi yoş oilalardan iborat bölgan xonadon egalari yaratilgan şaroitlardan mamnun ekanligini bildirib ötişdi.
Aytiş kerakki, jami 15,6 mlrd. söm mablağ evaziga 3 ta 5 qavatli, jami 90 ta xonadonli uy-joylarning qurib bitkazilgani va foydalanişga topşirilgani uy-joyga muhtoj oilalrga katta sovğa böldi. Yangidan barpo etilgan mazkur uylarning har biri “Qişloq quriliş invest” masʼuliyati çeklangan jamiyati buyurtmasi asosida 5,5 mlrd. söm mablağ evaziga bunyod etildi.
Undan taşqari, uşbu uylarning 20-yil muddatga arzonlaştirilgan tartibda imtiyozli kredit asosida berilişi yoş oilalarga yaratilgan katta imkoniyatdir.
Tumanning meʼmoriy qiyofasini yaxşilaş, yangi-yangi binolar barpo qiliş va hududlarni obodonlaştiriş işlari zamirida, avvalo, odamlar uçun munosib turmuş şaroitini yaratiş maqsadi mujassamdir.
Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari tuman hokimligi va quriliş korxonasi masʼullariga yangidan bunyod qilingan uy-joylarga oid savollar bilan murojaat qilib, tegişli javoblar oldilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶