25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 03:49
Maqolalar 👁 268

"Nima deyapti??? Otamni uylantiraman, deydi!!!"

"Nima deyapti??? Otamni uylantiraman, deydi!!!"

          Mahallamizda "baqiroq chol" laqabi bilan mashhur bir otaxon bor edi. "Baqiroq chol" mahallani boshida kimgadir gapirib kelayotsa, ovozi yetti mahallaga eshitilib, bolalarning hammasi qoʻrqqanidan tum-taraqay boʻlib qochishardi. Aslida esa, otaxon samimiy, bolajon inson edilar, rahmatlik.  Aybi shuki, yoshligida qulogʻini kuchli shamollatib qoʻyib, kar boʻlib qolgan. Otaxon bilan baland ovozda gaplashishga odatlanib qolgan oila aʼzolari haligacha ovozlarini meʼyoriga tushirolmay halak. 

   Darhaqiqat, insonning asosiy sezgi organlaridan biri boʻlgan- yeshitish qobiliyati ham ulugʻ neʼmat! Uning qadriga yetish, quloqlarimizning bizga uzoq yillargacha xizmat qilishiga erishish oʻz qoʻlimizda. Axir, hech bir inson kar boʻlib qolishni yoki "nima deyapti?", "Nima deydi?" kabi savollarni takrorlab, odamlarni bezor qilishni yoqtirmaydi. Kun davomida koʻpchilik insonlar bilan muloqotda boʻlamiz. Shunday paytlarda muloqotdoshimizning "Tushunmadim?", "Gapingizni qaytadan takrorlab yuboring..." singari soʻzlari gʻashingizga tegishi aniq. Baʼzi hollarda esa, oʻzimiz kimningdir gapini chala eshitgandek boʻlamiz-u, eshitish qobiliyatimiz susayib ketmadimikin, deya xavotir olamiz.

Xoʻsh, inson quloq kasalliklariga chalinmaslik uchun nima qilishi kerak? Quloqchinlardan foydalanish oqibatlari? Shu va boshqa savollarga maqolamiz davomida javob olasiz. JSST maʼlumotlariga koʻra, eshitish qobiliyatining keskin pasayishi dunyo aholisining 5 foizida kuzatiladi. Quloq kasalliklari juda keng qamrovli roʻyxatdan iborat, shuning uchun mumkin boʻlgan muammo tashxisini shifokorga ishonib topshirish va internetdan yoki professional qoʻllanmalardan foydalanib, mustaqil javob izlamaslik kerak. Quloq kasalliklaridan saqlanish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

Sovuq va yomgʻirli ob-havoda bosh kiyim kiyish va sharf taqish;

Quloq kanalini tozalash uchun gugurt, qalam, skrepka, paxtali tayoqchalar va boshqa buyumlarni ishlatmaslik — bu faqat quloq oltingugurti ishlab chiqarilishini koʻpaytiradi, quloqdagi tiqin mavjud boʻlsa uni yanada ichkariroqqa siljitib yuboradi va tashqi quloqning tabiiy oʻzini-oʻzi tozalash jarayonini murakkablashtiradi. Bundan tashqari, quloq kanali va nogʻora pardasining shikastlanishi xavfi mavjud. Agar lozim boʻlsa, ushbu muammo bilan LOR shifokorga murojaat qilish kerak;

Burun-halqum va tomoqning oʻtkir va surunkali kasalliklarini eʼtiborsiz qoldirmaslik — ular quloqlarga tarqalishi mumkin. Davolanayotganda, birinchi navbatda, anʼanaviy tibbiyotga emas, balki shifokorning tavsiyalariga tayanish kerak;

 

Quloqchin (naushnik)lar haqida.

Quloqchinlarning foydali jihatlarini inkor etib boʻlmaydi. Lekin meʼyoridan oshib ketsa, judayam koʻp zararli oqibatlarga olib keladi. Quloqchinlarning asosiy zarari quloqning eshitish qobiliyati pasayishiga olib kelishidir. Quloqchinlar qulogʻimizda boʻlgan vaqtda kelayotgan tovush toʻlqinlarining masofasi qisqaradi. Bu degani quloqchinsiz biz normal holatda havodagi qarshilik bilan qulogʻimizga yetib kelgunicha, uning kuchi pasayadi. Quloqchin taqqanimizda esa masofa qisqarib, taʼsiri balandroq, kuchliroq boʻladi. Natijada, quloq nogʻora pardasining kuchli tebranishi va toliqishi hisobiga eshitish qobiliyati susayadi. Quloqchinlarni uzoq muddat taqib yurish mumkin emas. Koʻpi bilan 40 daqiqa yoki 1 soatgacha taqib, undan keyin yechib, maʼlum muddatdan soʻng yana taqish mumkin.

Dunyoda hali hech kim eshitish aʼzosi oʻrnini toʻliq bosa oladigan moslamani ishlab chiqara olmagan, shuning uchun har birimizga berilgan inʼomga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish  zarur, -deydi mutaxassislar. Shunday ekan, yuqoridagi koʻrsatmalarga amal qilish avvalo oʻzimiz uchun foydali. Inson salomatligida barcha organlarning oʻz oʻrni bor. Shu qatorda quloqlarning ham oʻrni beqiyos. Befarq boʻlmang! Befarqlik nuqsonga aylanishi hech gap emas. Axir, keksayganda "baqiroq chol" yoki "baqiroq kampir" boʻlib qolishni xohlamaysiz-ku.

Aziza MADRAHIMOVA

Internet materiallari asosida tayyorladi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026