HAYoTIMDA NURLI KUNLAR KÖP
Men joriy yilning köklamida 80 yoşga töldim. Bolaligimdan musiqa çaliş, aşula aytişga könglimda kuçli ixlos borligi sababli sanʼat hayotimning mazmuniga aylangan, desam lof bölmas. Öquvçilik davrimdan musiqa fanidan dars bergan ustozim Usmon aka Ahmedovdan musiqa asboblarini çaliş, aşula aytiş böyiça saboqlar olib, avval maktabimizdagi bayram tadbirlarida sahnaga çiqqan bölsam, maktabni tugatgan yilim Berdaq nomidagi aşula va raqs ansamblining tumanda oçilgan filialiga işga kirib, xalqimizga xizmat qilişni boşlaganman.
Madaniyat, sanʼat sohasida işlab, taniqli sanʼatkorlar bilan hamnafas böldim, köpgina nufuzli sahnalarda qöşiq aytdim. Hayotimda nurli izlar qoldirgan kunlarim köp böldi. Qoraqalpoğistonning maşhur sanʼatkorlari qatorida 1972-yilda Yugoslaviya davlatida bölib, tomoşalar qöydik. “Özbekiston xalq taʼlimi aʼloçisi”, “Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi” unvonlariga sazovor böldim.
Tuman Madaniyat bölimiga rahbarlik qilgan davrlarimda tumanda badiiy havaskorlikni rivojlantirişga juda katta eʼtibor qaratgan edim. Bu boradagi saʼy-harakatlarim natijasida tumandagi ikkita badiiy jamoaga Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qaroriga asosan “Xalq ansambli” maqomi berildi.
Ötgan hayotimni sarhisob qilsam, könglimni nurga töldiradigan buningdek quvonçli voqealar köp. Biroq oilang bağrida, mehnat faoliyatidan taşqari holatingda ham rahbarlar yöqlaşsa, avval qilgan mehnatlaringni eʼtirof etişsa, buning xursandçiligi özgaça bölar ekan. Buni men joriy yilda I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlanganimda çuqur his qildim. Yaqin-da Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vaziri örinbosari, “Nuroniy” jamğarmasi raisi Tursunboy Abdujabborov uyimga kelib, mazkur nişonni köksimga taqib, sovğalar hadya etdi.
Bu mustaqil diyorimizda inson şaʼni, qadr-qimmati eʼzozlanayotganining, inson omiliga eʼtibor kuçayayotganining samarasi, deb öylayman. Bu, albatta, istiqlol şarofati.
Butun tumanimiz aholisini eng uluğ, eng aziz bayramimiz bilan qutlayman.
Gulmirza NURMATOV,
I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶