FERMERLIK HARAKATI: YuRT RAVNAQI VA JAMIYaT TARAQQIYoTI YÖLIDA
Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji köp jihatdan qişloq xöjaligi sohasida erişayotgan yutuqlarimiz salmoğiga boğliq. Şu bois ham istiqlol yillarida mamlakatimizda qişloq xöjaligidagi islohotlarni jadallaştiriş va bu sohada tub buriliş yasaşga alohida eʼtibor berib kelinmoqda. Muhimi, bosqiçma-bosqiç amalga oşirilayotgan islohotlarning mukammal qonuniy asosi yaratildi. Xususan, "Dehqon xöjaligi töğrisida”, "Fermer xöjaligi töğrisida”gi qonunlar, yangi tahrirdagi "Yer kodeksi” hamda dehqon fermer xöjaliklarini rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaşga oid öndan ortiq hukumat qarorlari şular jumlasidandir.
Qişloq xöjaligida islohotlar mustahkam huquqiy bazaga asoslangan holda bosqiçma-bosqiç amalga oşirilayotganiga yana bir aniq misol sifatida 2003-yilda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining "2004-2006-yillarda fermer xöjaliklarini rivojlantiriş kontseptsiyasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorini körsatiş mumkin. Mazkur qarordan kelib çiqib, qişloq xöjaligini isloh qiliş borasida aniq yönalişlar böyiça puxta işlab çiqilgan kontseptsiyani hayotga tatbiq etişga kirişildi. Bu jarayondan söng hukumatimizning "2006-yilda qişloq xöjalik kooperativlari (şirkatlari)ni fermer xöjaliklariga aylantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori bilan mamlakatimizda fermerlik harakatiga yanada keng yöl oçib berildi. Yerlar tanlov asosida haqiqiy egalariga, yaʼni yer bilan tillaşadigan, dehqonçilikda suyagi qotgan odamlarga bölib berildi.
Tumanimizda 2002-2004-yillar davomida 19 ta şirkat xöjaliklari tugatilib, ular negizida jami 595 ta fermer xöjaliklari taşkil qilingan bölsa, ana şu jarayondagi tanlovlardan tortib, hozirgi paytgaça fermer xöjaliklarining qişloq xöjaligiga oid qonun talablariga qay darajada rioya qilayotganligi doimiy nazorat qilib borilmoqda.
Fermerlik harakatida ham boşqa tarmoqlardagi kabi islohotlar bosqiçma-bosqiç amalga oşirilib kelinmoqda.
Respublikada fermer xöjaliklari rivojining birinçi bosqiçi - 1992-1998-yillarni qamrab olib, bu davrda fermer xöjaliklari, asosan mehnat resurslari yetarli bölmagan hududlarda, jamoa xöjaliklari rahbarlarining qaroriga asosan, xöjalikning balansida bölgan yer uçastkalarida taşkil etilgan edi.
Bu paytlarda tumanimizda 245 ta fermer xöjaliklari faoliyat körsatib, ularning umumiy yer maydoni 3165 gektarni yoki örtaça bir fermer xöjaligiga töğri keladigan yer uçastkasi örtaça 12,9 gektarni taşkil etar, şu sababli fermer xöjaliklarining faoliyat yuritişi uçun iqtisodiy va huquqiy asoslar yaratişni zamon talab etmoqda edi.
Şuning uçun ham ikkinçi bosqiç - fermer xöjaliklarini rivojlantirişning huquqiy-meʼyoriy asoslarini yaratiş bosqiçi böldi. 1998-yilning 30-aprelida Özbekiston Respublikasining "Yer kodeksi”, "Qişloq xöjalik kooperativi (şirkat xöjaligi) töğrisida”gi, "Fermer xöjaligi töğrisida”gi, "Dehqon xöjaligi töğrisida”gi Qonunlari qabul qilindi va şular asosida qişloq xöjaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oşiriş uçun töla huquqiy asos yaratildi.
Biroq, fermer xöjaliklari faoliyati çuqur tahlil qilinganda, amalga oşirilgan çora-tadbirlarga qaramay hali ham fermer xöjaliklari faoliyatida bir qator yeçimini kutayotgan dolzarb muammolar mavjudligini körsatdi. Xususan, ayrim fermerlar tomonidan yer maydonlaridan samarasiz foydalanilayotganligi, moliyaviy-iqtisodiy ahvolining surunkali nobarqarorligi, xöjaliklarning tarmoq ixtisosligi (paxta va ğallaçilik, boğ va uzumçilik, sabzavot va polizçilik, çorvaçilik va boşqalar) böyiça yer uçastkalari maqbul bölinmaganligi kabi masalalar közga taşlanib qoldi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 6-oktyabrdagi "Fermer xöjaliklari tasarrufidagi yer uçastkalari maydonini maqbullaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoyiş şu kabi masalalarning yeçimini topiş maqsadida qabul qilindi.
Mazkur hujjat ijrosini taʼminlaş yuzasidan amalga oşirilgan maqbullaştiriş jarayonida tumandagi fermer xöjaliklari soni 620 tadan 362 taga yoki 59,8 foizga kamaydi. Bunda fermer xöjaliklarining örtaça yer maydonlari 74,5 gektardan 127,6 gektargaça kengaydi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-oktyabrdagi "Fermer xöjaliklari tasarrufidagi yer uçastkalari maydonlarini yanada maqbullaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoyişi ijrosini taʼminlaş maqsadida birmunça ijobiy işlar amalga oşirildi. Jumladan, yer maydonlari töliq inventarizatsiyadan ötkazilib, fermer xöjaliklarining faoliyatini tanqidiy baholaş asosida ularning yer maydonlarini maqbullaştiriş böyiça keng kölamli, şu bilan birga puxta öylangan işlar amalga oşirildi.
2009-yildagi maqbullaştiriş jarayoni tahlil qilinganda, fermer xöjaliklarining aylanma mablağlari köpaygani, yer, mineral öğit, yonilği-moylaş, texnika va boşqa moddiy resurslardan samarali foydalaniş körsatkiçlari birmunça oşdi.
Asoslangan holda ötkazilgan maqbullaştiriş jarayoni natijalariga köra, 2009-yilda 42 ta (11,6 foiz) fermer xöjaliklari, 2011-yilda 40 ta (12,5 foiz) fermer xöjaligi tugatilib, bugungi kunda fermer xöjaliklarining jami soni 274 tani taşkil qiladi. Şundan 251 tasi (91,6 foiz) paxta va ğallaçilik, 5 tasi (1,8 foiz) boğdorçilik, 12 tasi (4,4 foiz) çorvaçilik hamda 6 tasi (2,2 foiz) parrandaçilik yönalişidagi fermer xöjaliklaridir.
Bugungi kunda örtaça bir fermer xöjaligiga töğri kelgan yer maydoni 170,6 gektarga yetdi. Fermer xöjaliklarining örtaça yer maydonlarini tarmoqlar böyiça olib qaraydigan bölsak, paxtaçilik va ğallaçilikda 118,0 gektardan, boğdorçilikda 4,5 gektardan, çorvaçilikda 53,2 gektardan töğri kelmoqda.
Tumanimizda qişloq xöjaligi sohasini rivojlantiriş, ularning moddiy texnik bazasini mustahkamlaş böyiça qator dasturlar amalga oşirildi. Jumladan, 2002-2014-yillar (12-yil) davomida 28 mlrd 353 mln sömlik 914 ta turli xildagi qişloq xöjaligi texnikalari va agregatlari olib kelindi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 22-oktyabrdagi "Özbekistonda fermerlik faoliyatini taşkil qilişni yanada takomillaştiriş va uni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni bilan fermerlik harakatida fermerlikni qöllab-quvvatlaş böyiça navbatdagi bosqiç boşlab berildi.
Şuningdek, uşbu Farmon bilan fermer xöjaliklariga bir qator imtiyozlar tizimini joriy etiş böyiça qonunlar hamda qonun osti hujjatlariga qöşimça hamda özgartirişlar kiritiş böyiça tegişli topşiriqlar berildi. Şu asosda tumanda 2012-yilda tuman Fermerlar Kengaşi taşkil qilindi. Fermerlik harakatini yanada rivojlantiriş, fermer xöjaliklarining oladigan daromadlarini faqat paxta va ğalladan emas, balki boşqa sohalarni ham rivojlantirib, fermer xöjaliklari köp tarmoqli fermer xöjaliklarga aylantirildi.
Şuningdek, fermer xöjaliklari yer maydonlarining meliorativ xolatini yaxşilaş maqsadida qator davlat dasturlari amalga oşirildi. Jumladan,
2008-2012-yillar davomida 1219 km uzunlikdagi kollektorlarda 8 mlrd 64 mln sömlik rekonstruktsiya va taʼmirlaş işlari amalga oşirilgan bölsa, 2013-2017-yillarda 1630
km uzunlikdagi kollektorlarda 22 mlrd 579 mln sömlik meliorativ tadbirlar amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Şundan, 2014-yilda 273,4
km uzunlikdagi kollektorda 4 mlrd 334,1 mln sömlik işlar
amalga oşirildi.
Tumanda fermer xöjaliklarini taşkil qiliş, qayta taşkil qiliş va tugatiş bilan boğlik masalalarni körib çiqiş uçun tuman hokimligi huzurida işçi guruhi tuzilgan bölib, bu işçi guruh fermer xöjaliklarini taşkil qiliş, qayta taşkil qiliş va tugatiş bilan boğlik masalalarni körib çiqişda "Fermer xöjaliklari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida iş olib borilmoqda.
Qonunda dehqonçilik mahsulotlari yetiştirişga ixtisoslaştirilgan fermer xöjaliklariga ijaraga beriladigan yer uçastkalarining eng kam ölçami paxtaçilik va ğallaçilik uçun kamida 30 gektarni taşkil qiliş belgilangan bölib, bu körsatkiç bizning tumanda örtaça 118 gektarni, 5 ta boğdorçilik fermer xöjaliklarida örtaça 4,5 gektarni, 12 ta çorvaçilik fermer xöjaliklarida örtaça har bir fermer xöjaligiga 53,2 gektarni, 6 ta parrandaçilik fermer xöjaliklarida örtaça 76,4 gektarni taşkil etadi.
Yer uçastkalari berilganda fermer xöjaligi öz zimmasiga qişloq xöjalik ekinlarining hosildorligi yerning kadastr bahosidan kam bölmasligini taʼminlaş majburiyatini oladi. Bu majburiyatlar tuman yer resurslari va davlat kadastri bilan tuzilgan yer ijara şartnomasida mustahkamlab qöyilgan.
Fermer xöjaligini taşkil qiluvçi şaxs tender tanlovidan ğolib deb topilib, tuman hokimi qarori bilan tasdiqlanib, yuridik şaxs maqomini olib, davlat röyxatiga olingan paytdan taşkil etilgan deb hisoblanib, öz nomiga muhrolişga va bankda hisob-kitob varağini oçişga haqli hisoblanadi. Bu "Fermer xöjaligi töğrisida”gi Qonunning 7-moddasida öz ifodasini topgan.
Yangidan taşkil qilinayotgan fermer xöjaliklarni davlat röyxatidan ötkaziş uçun tuman hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subʼektlarini davlat röyxatidan ötkaziş inspektsiyasi iş olib bormoqda.
Fermer xöjaliklarini yuritiş uçun yer uçastkalari oçiq tanlov asosida, ijaraga ellik yilgaça bölgan, lekin öttiz yildan kam bölmagan muddatga beriladi.
Zaxira yerlardan yoki yuridik va jismoniy şaxslarga berilmagan, qişloq xöjaligiga möljallangan yerlardan yer uçastkalari beriş (realizatsiya qiliş) masalalarini körib çiquvçi tuman komissiyasi ötkazgan tanlov yakunlariga köra tuman hokimining qaroriga asosan beriladi.
Lekin davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyat va yengilliklarga qaramay tumandagi ayrim fermerlar tomonidan öz faoliyatini töğri yölga qöyiş örniga qonun talablariga zid ravişda vakolatlarini suisteʼmol qiliş holatlari ham uçrab kelmoqda. Masalan, 2013-yilda Xitoy ovuli hududidan 6 ta, "Oq oltin” ovuli hududidan 3 ta, Qangli ovuli hududidan 2 ta, Nazarxon ovuli hududidan 2 ta, Qipçoq,"Tölqin”, "Çoyköl” ovullarining har birida 1 tadan, Bözyop ovuli hududidan 2 ta, jami 18 ta fermer xöjaliklarida davlatga paxta va ğalla topşiriş böyiça şartnomaviy rejalarini bajarmaganligi sabibli uşbu fermer xöjaliklarining yer maydonlari tuman hokimligi zahira yer fondiga tegişli tartibda qaytarib olindi.
Joriy yilning 6-7-dekabr kunlari ana şunday yerdan samarasiz foydalangan 60 ta fermer xöjaliklarining yerlari tuman zahira yer fondiga qaytarib olinib, mazkur yer uçastkalari tanlovga qöyilgan va ayni kunlarda tanlovda iştirok etiş istagidagi fuqarolardan hujjatlarni qabul qiliş jarayoni ketmoqda. Tumanimiz fuqarolari tanlovda iştirok etib, belgilangan tartibda ğolib bölsalar, fermerlik faoliyati bilan şuğullanib, yurtimiz taraqqiyotiga öz hissasini qöşişlari mumkin.
Eng muhimi, Özbekiston Respublikasining "Fermer xöjaligi töğrisida”gi Qonuni va tegişli hukumat qarorlari talablarining tumanimizda ijrosi qoniqarli deb aytişga haqlimiz. Çunki, mana bir neça yillardan buyon tumanimiz davlatga paxta, buğdoy va pilla topşiriş böyiça şartnomaviy rejalarini, mamlakatimizda birinçilardan bölib ado etib kelmoqda. Bunday şarafga sazovor bölib, tumanimiz dovruğini mamlakat miqyosida tanitayotgan fidoyi fermerlarimizga, jonkuyar dehqonlarga har qança tahsin aytsak arziydi. Öz mehnatlari bilan Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qöşayotgan, joriy qişloq xöjalik yilini ham muvaffaqiyatli yakunlagan tumanimiz fermerlari va soha xodimlarini bu yilgi mehnat zafarlari bilan yana bir marta muborakbod qilib, yurtning farovon kelajagi yölida qilayotgan xayrli işlariga baraka tilaymiz!
Anvar YÖLDOŞEV,
tuman Qişloq va suv xöjaligi bölimi boşliği,
xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶