24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 06:38
Jamiyat 👁 226

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha ochiq muloqot boʻlib oʻtdi

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha ochiq muloqot boʻlib oʻtdi

2022-yil 25-noyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining Axborot xizmati tomonidan Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosida navbatdagi ochiq muloqot oʻtkazildi.

Unda tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Fotima Eshimbetova, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi raisi Baxadir Baltabayev, “Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi raisi oʻrinbosari Bekman Allaberganov, faxriy jurnalist Xonimjon Rajabova hamda mahalla raislari, boʻlim mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Ochiq muloqotni tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Fotima Eshimbetova ochdi va olib bordi.

Muloqot davomida boʻlim tomonidan 2022-yilning mart oyidan shu davrga qadar amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Taʼkidlanganidek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yakka-yu yolgʻiz, oʻzgalar qaramogʻiga muhtoj keksalar holidan doimiy ravishda xabar olinmoqda. Shuningdek, uyi taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan nuroniylarning uylari taʼmirlab berilmoqda. Undan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalarning salomatligini tiklashlari uchun bepul dori-darmonlar, tibbiy xizmatlar tashkil etilmoqda.

Ayniqsa, oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi”da nuroniylarga boʻlgan eʼtibor har qachongidan ham kuchaydi. Tumandagi Madaniyat markazlari hamda “Sahovat” va “Muruvvat” uylarida madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Nuroniylar “Uch avlod uchrashuvlari”, “Salomatlik uchun 5 ming qadam” tadbirlariga jalb qilindi.

Noyabr oyining “Keksalar uchun turizm oyligi” deb eʼlon qilinishi esa nuroniylarga boʻlgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikning yana bir amaliy isboti boʻldi. Oylik boshlanganidan shu kunga qadar 6 ming 540 nafar nuroniylar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. 3 ming 851 nafar nuroniylar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva hamda Respublikamizning soʻlim goʻshalariga, muqaddas qadamjolariga, muzeylarga sayohatga olib borildi. Shuningdek, tumanda oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan 36 nafar keksalarning uylarida hasharlar oʻtkazildi.

Faxriy jurnalist Xonimjon Rajabova keksalarni eʼzozlash, ularga mehr-muruvvat koʻrsatish tushunchasining mazmun-mohiyati oʻzining yoshlik davrlaridagi koʻz-qarashlardan mutlaqo farq qilishini, ushbu tushuncha kundan kunga tobora sayqallanib, mukammallashib borayotganligini aytib oʻtdi.

“Nuroniylar” jamoatchilik Kengashi raisi oʻrinbosari Bekman Allaberganov keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat koʻrsatish muqaddas dinimizda ham oʻz aksini topganligini aytib keksalarga hurmat bajo keltirish savobi ulugʻ amallardan biri ekanligini taʼkidladi.

Ochiq muloqot davomida jurnalistlar Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi faoliyati natijadorligiga doir savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblar oldilar.

Shuning bilan ochiq muloqot oʻz yakuniga yetdi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026