24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 06:39
Jamiyat 👁 310

KEKSALAR UChUN TURIZM OYLIGI DOIRASIDA KONTsERT DASTURI NAMOYISh ETILDI

KEKSALAR UChUN TURIZM OYLIGI DOIRASIDA KONTsERT DASTURI NAMOYISh ETILDI

Vazirlar Mahkamasining “Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-maydagi qaroriga asosan yurtimizda har yili noyabr oyida “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida turli tadbirlar tashkil etiladi. Oylik doirasida Amudaryo tumanida ham keksalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli ijtimoiy loyihalar amalga oshiriladi, uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkaziladi, yurtimizning diqqatga sazavor joylariga sayohatlar uyushtiriladi.

26-noyabr kuni tuman Madaniyat boʻlimining kontsertlar zalida oylik doirasida “Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda nuroniylarning oʻrni” deb nomlangan katta musiqiy kontsert dasturi boʻlib oʻtdi. Tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamda Madaniyat boʻlimi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirga 250 nafardan ziyod faxriylar, nuroniy otaxon va onaxonlar tashrif buyurishdi.

Tadbir boshlanishida tuman “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari Bekman Allaberganov oylik doirasida oʻtkazilgan tadbirlar haqida maʼlumot berdi hamda yurtimizda keksa avlod vakillariga koʻrsatilayotgan hurmat va eʼtibor, gʻamxoʻrliklar haqida soʻzladi. Keksalarni hurmat qilish, ularga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish jamiyatimizning oʻziga xos yuksak maʼnaviy, madaniy belgisiga aylanganini alohida eʼtirof etdi. Shuningdek, shu kunga qadar tumanimizdagi ovul va mahallalarda yashovchi koʻplab nuroniylar respublikamizning diqqatga sazovor joylari, tarixiy va madaniy maskanlari, ziyoratgohlar boʻylab sayohatda boʻlishganini, turli tadbirlar, maʼnaviy-maʼrifiy kechalar, uchrashuvlar tashkil etilganini gapirib oʻtdi.

Shundan soʻng, tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan katta musiqiy dastur nuroniylar eʼtiboriga havola qilindi. Dastur davomida ustoz sanʼatkorlar ijrosida mumtoz kuy va qoʻshiqlar yangradi. Shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan otaxon va onaxonlar turli yoʻnalishidagi shoʻx navolarga raqs tushib, kayfiyatlarini yanada koʻtarishdi. Keksalarga, ayniqsa, “Uchqun” ashula va raqs ansambli, “Ofarin” folklor-etnografik xalq jamoasi ijrosidagi kuy va qoʻshiqlar juda manzur boʻldi.

Taʼkidlash joizki, “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida tumanimizning olis va chekka hududlarida ham turli tadbirlar oʻtkazilib, keksa otaxon va onaxonlar holidan xabar olingan holda, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatilib, turli sovgʻalar berilmoqda. Nuroniylar tarixiy va ziyoratgoh maskanlarga sayohatlarga, sport va sogʻlomlashtirish mashgʻulotlariga jalb etilmoqda. Bepul tibbiy koʻriklar tashkil etilib, salomatliklari tekshiruvdan oʻtkazilmoqda. Undan tashqari, boy hayotiy tajribaga ega nuroniylar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvlari” tashkil etilib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda yangidan barpo etilayotgan bogʻlarga mevali va manzarali daraxtlar koʻchatlari oʻtqazish marosimlari uyushtirilmoqda.

Oylik doirasida tuman Madaniyat boʻlimida tashkil etilgan katta kontsert davomida nuroniylar miriqib hordiq chiqardilar. Namuna mahallasida yashovchi faol nuroniy Farhod Avezov barcha nuroniylar nomidan bu kabi ehtirom, eʼzoz, elimiz faxriylariga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, yosh avlod kelajagi yoʻlida qilinayotgan olijanob ishlar uchun Prezidentga, qolaversa tumanimiz masʼullariga, tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026