21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 10:02
Jamiyat 👁 497

MAHALLADAGI HOKIM YoRDAMChISI

MAHALLADAGI HOKIM YoRDAMChISI

Insonning shaxs sifatida shakllanishida, avvalo, ota-onasining jamiyatda tutgan oʻrni, qolaversa, oila muhiti muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham oilani axloqiy-maʼnaviy tarbiya maktabi, ota-onani yetuk tarbiyachi – oilaning metin ustunlari, deyishadi. Agar taʼbir joiz boʻlsa, Muqaddas Beknazarovani kamolga yetkazgan oila muhiti qattiqqoʻl va mehribon ota, zukko, bilimdon, yuksak maʼnaviyatli ona hamkorligida tartib berilgan oʻziga xos tarbiya maktabi edi.

Choykoʻl qishlogʻida oddiy mexanizator Norim ogʻa bilan kimyo-biologiya fani oʻqituvchisi Enajon opaning koʻngil gavhari boʻlib, 1978-yilda dunyoga kelgan Muqaddas 6 yoshga toʻlar-toʻlmay, onasi ishlaydigan 22-maktabning 1-sinfiga oʻqishga borganida u alifbeni hijjalab oʻqishni bilar, son-larni yoddan qoʻshib-ayirish qobiliyatiga ega zukko qizaloq edi. U oʻz tengdoshlaridan oldin, 16 yoshida umumtaʼlim maktabini, 1999-yilda – 20 yoshida NDPIning rus tili va adabiyot fakultetini muvaffaqiyatli tugatdi.

Tabiatan tirishqoq, intiluvchan boʻlgan Muqaddas ilk pedagogik faoliyatini 40-sonli maktabda qoraqalpoq tili fani oʻqituvchisi boʻlib ishlashdan boshladi. Keyinchalik 1999-yildan 2017-yilgacha mazkur maktabda oʻquvchi-yoshlarga rus tili fanidan saboq berdi, bir vaqtning oʻzida, 13-yil davomida maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritdi.

Barcha davrlarda ham bilimdon, tashabbuskor va ishchan kadrlar oʻz salohiyati bilan el-yurt eʼtirofiga sazovor boʻlgan va bunday insonlar hamisha qadrlangan.

M.Beknazarova ham tashabbuskor va ishchan kadr sifatida tuman rahbariyati tomonidan eʼtirof etilib, bir necha yillar davomida fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Amudaryo tuman Kengashi raisining diniy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari, OʻzLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari – tuman hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritdi.

Ayni paytda Farovon mahallasida hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan M.Beknazarova deyarli har kuni xalq orasida, aholi hayotidagi yechimini kutayotgan muammolarni joyida hal etish, murakkab masalalar boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan bamaslahat, hamkorlikda ish yuritish maqsadida doimiy

harakatda.

MFY raisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda hudud aholisi bilan yaqindan tanishib, mahalla aholisini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishga jiddiy kirishgan M.Beknazarova qisqa fursat ichida aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli ishlarni amalga oshirdi. Mahalla hududida yangidan issiqxonalar, tozalangan ichimlik suv shoxobchasi tashkil etilib, Farovon va Yakkatut koʻchalarining 1,7 km. qismiga shagʻal yotqizildi, mahalla hududidagi uzunligi 10 metr boʻlgan koʻprikning himoya qismi homiylik va hashar yoʻli bilan qurib-taʼmirlandi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida "Mahalla bogʻi" tashkil etilib, tashlandiq hudud obodonlashtirildi. Shu yilning oʻzida hokim yordamchisining tashabbusi va koʻmagi bilan texnika va texnologiya asbob-uskunalariga xizmat koʻrsatish, tikuvchilik va boshqa tadbirkorlik yoʻnalishlari tashkil etilib, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” roʻyxatlariga  kiritilgan oilalar aʼzolarining doimiy ish bilan bandligi taʼminlandi.

“Temir daftar” roʻyxatiga kiritilgan fuqaro M.Kamolovga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan yangidan turar joy qurib berildi. “Ayollar daftari”ning 3-toifasida roʻyxatda turuvchi F.Allaberganova va R.Fozilbekovalarning uyi sifatli taʼmirdan chiqarildi. Shuningdek, 13 nafar ishsiz fuqarolarga dehqon xoʻjaligi yuritishlari uchun sharoit yaratilib, 2,5 gektar yer ajratib berilishiga koʻmaklashildi. Tikuvchilik yoʻnalishida oʻz tadbirkorligini boshlash istagida boʻlgan ayol-qizlar oʻqitildi va shaxsan hokim yordamchisining tashabbusi bilan ularga subsidiyalar ajratilib, tikuv mashinalari olib berildi.

Yaqinda mahallada YaTT “Xudoyberganova Gulfiya Gulmirzayevna” oilaviy bolalar bogʻchasini tashkil etdi.

Jami 407 mln. soʻmlik mazkur loyihani amalga oshirishda tadbirkorning 250 mln. soʻmlik oʻz mablagʻiga qoʻshimcha ravishda hokim yordamchisining koʻmagi bilan 157 mln. soʻmlik bank krediti ham yoʻnaltirildi. Mazkur MTT tashkil etilishi bilan mahalladagi 5 nafar ayol-qizning doimiy bandligi taʼminlandi.

Shuningdek, 33 mln. soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻi hisobiga tashkil etilgan “Asaloy” goʻzallik salonida ham 5 nafar ishsiz yoshlarning bandligi taʼminlandi.

Mahallada hokim yordamchisining tashabbusi va koʻmagi bilan homiylarni jalb qilgan holda kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 2022-yil davomida aynan shu maqsadlar uchun 9,5 mln. soʻm mablagʻ ajratilib, 6 ta oilaga zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Muqaddas mahallada hokim yordamchisi sifatida faoliyatini boshlagandan beri oʻtgan qisqa fursat ichida turli muammoli masalalar boʻyicha 200 nafar fuqaroni qabul qilib, ularni puxta oʻrganish orqali ijobiy hal etilishiga koʻmaklashdi.

Mahalla hududi kun sayin farovonlashib, chiroy ochib bormoqda. Bu oʻzgarishlarda mahallada faoliyat olib boruvchi hokim yordamchisining munosib hissasi bor. U har kuni sevimli mahallasi koʻchalaridan oʻtib, ishga otlanarkan, bu hududni oʻzining oilasi, mahalla ahlini esa oila aʼzolari, yoshlarni oʻz farzandlari kabi yaxshi koʻrishini dil-dilidan his etadi. Umr yoʻldoshi Oybek Yoʻldoshev bilan mehr koʻshkida ulgʻaytirayotgan oʻgʻillari Asadbek, Avazbek va Azizbeklarning kelajak orzularini jonajon mahallasi va sevimli xalqining yorugʻ niyatlari bilan mushtarak tasavvur qiladi.

M.Beknazarova uchun xalqqa xizmat qilish, ularning orzu-umidlari roʻyobi uchun intilib yashash – oilasi, mahallasi va demakki, aziz Vatani uchun munosib xizmat qilish, xalq ishonchiga sazovor boʻlish sari ezgu qadamdir. Ishonch esa jamiki ezgu ishlarga qanot, inson uchun eng katta maʼnaviy ragʻbat.

 

Robiya YOʻLDOShEVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026