24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 03:48
Jamiyat 👁 265

"VATANPARVAR" TAShKILOTI YoShLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYaLAShGA HISSA QOʻShMOQDA

 "VATANPARVAR" TAShKILOTI YoShLARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYaLAShGA HISSA QOʻShMOQDA

Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Amudaryo tuman Kengashi oʻz faoliyati davomida aholi, ayniqsa, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular orasida sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish hamda kasbga oʻqitish bilan bir qatorda aholining ehtiyojmand qatlamini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida samarali chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Tashkilotning oʻquv sport-texnika klubida yoshlar avtokross, triatlon, yozgi biatlon, aviamodel kabi sportning texnik va amaliy turlariga jalb etilib, shugʻullanishlariga imkoniyat yaratilgan. Ularni faol va vatanparvar etib tarbiyalash bilan birga mohir haydovchi hamda boshqa ommaviy texnik kasblar egasi qilib tayyorlashga ham alohida eʼtibor qaratilib, haydovchilarni umumiy kasbga tayyorlash, vulkanizatorchi, avtoelektrik, akkumulyatorchi, elektrogazpayvandchi, avtomobil dvigatellarini qismlarga ajratish va yigʻish chilangari kasblari boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etilgan. Oʻquv sport-texnika klubida mash-gʻulotlar davomida 12 nafar ustalar amaliy boshqarishni oʻrgatishadi. Mashgʻulotlarda 14 ta yengil,  5 ta yuk avtomobillardan foydalaniladi.

Oʻtgan yili tashkilotning oʻquv sport-texnika klubi tomonidan tuman birinchiligi uchun anʼanaviy “Yozgi biatlon” yengil atletika turi boʻyicha sport musobaqalari tashkil etildi. Unda tumandagi umumtaʼlim maktablaridan ishtirok etgan 5 ta jamoadan va sportchi yoshlar orasidan gʻoliblar saralab olindi. Faxrli oʻrinlarni egallagan sportchilarga “Vatanparvar” tashkilotining sovgʻalari topshirildi. Shuningdek, 2021-yilda “Ralli Moʻynoq” avtomotosport musobaqalarida ishtirok etgan “Vatanparvar” tashkiloti tuman Kengashi oʻquv sport-texnika klubi jamoasi A8 toifasi boʻyicha faxrli 1-oʻrinni egalladi va Prezident sovgʻasi – NEXIA 3 rusumli avtomobilni qoʻlga kiritdilar.

Tashkilotimizning asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini, uning Qurolli Kuchlari, mudofaa qudratini mustahkamlashga koʻmaklashish, keng xalq ommasi, xususan, yoshlarni mehnatsevarlikka va Vatanni himoya qilishga ruhlantirishdir. Biz tashkilot xodimlari oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, ularga mudofaa sohasidagi boshlangʻich tushunchalarni beramiz, harbiy xizmatga tayyorlaymiz. Shu bilan birga, fuqarolarni ommaviy texnik kasblarga sifatli tayyorlab, sportning texnik va amaliy turlarini yanada rivojlantirishga munosib hissa qoʻshamiz.

Shuhrat Kamolov, Mudofaaga koʻmaklashuvchi

"Vatanparvar" tashkiloti tuman OʻSTK boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026