21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:24
Iqtisodiyot 👁 11,556

TOMORQA – YuQORI DAROMAD MANBAI

TOMORQA – YuQORI DAROMAD MANBAI

Bugun dunyo boʻylab aholi soni yuqori surʼatlarda oʻsib bormoqda. Bu oʻz navbatida aholining isteʼmol tovarlariga, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabining ham oʻsishiga olib kelmoqda. Bu muammo dunyoning barcha mamlakatlari oldiga aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalasini ustuvor vazifa qilib qoʻymoqda.

Mamlakatimiz iqtisodiyoti, xususan, qishloq xoʻjaligining barcha jabhalarida qoʻlga kiritilayotgan bugungi zalvorli yutuqlar Prezidentimiz Islom Karimovning rahnamoligida mustaqillikning dastlabki yillaridanoq bosqichma-bos­qich amalga oshirib kelinayotgan keng koʻlamli islohotlar mahsulidir.

Lekin, aholi ixtiyoridagi tomorqa yerlari xususida gapirganda, tan olish kerakki, ona zaminning bizga bergan imkoniyatlaridan hamma ham birdek foydalana olmayapti. Baʼzi bir joylarda kattagina maydonni tashkil etuvchi tomor­qalar yil boʻyi boʻsh tursa, yana bir tomorqa egalari yerdan kam hosil olmoqdalar. Ayrim xonadonlarda ekin yerlaridan maqsadsiz foydalanish hollari koʻp uchraydi. Oddiygina misol, qishloq joylarda tandir uchun 2,25 metr kvadrat oʻlchamda joy kifoya qiladi, lekin koʻpchilik xonadonlarda bunga keragidan 2-3 barobar koʻproq joy tashlab ketiladi. Shu yerning oʻzida qancha yer foydalanilmay boʻsh yotadi.

Yaxshi mehnat qilinsa, tomor­qalar va yer uchastkalaridan yanada samaraliroq foydalanib, olinayotgan hosil va daromadlarni 2-3-martagacha oshirish mumkin. Chunki, bizning iqlim sharoitimiz yil davomida dehqonchilik qilish imkonini beradi. Shuning uchun hozirda bu masalaga hukumat darajasida eʼtibor qaratilayapti.

Bugungi kunda tomorqachilikning rivojlanishi odamlarning yaxshi turmush kechirishi, qoʻshimcha daromad olish, oziq-ovqat moʻl-koʻlchi­li­­­­gi­ga erishish, oilalarning moddiy taʼminotini yaxshilash va aholi bandligini taʼminlashda katta ahamiyat kasb etadi. Agar har bir oila oʻz tomorqasidan unumli foydalansa, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan oʻzini-oʻzi toʻla taʼminlaydi. Natijada uni bozordan sotib olishga ketadigan mablagʻni boshqa ehtiyojlariga ishlatish mumkin. Qo­la­versa, oʻz ehtiyojidan ortib qolgan mahsulotni bozorga chiqargan oilaning moddiy ahvoli yanada yaxshilanadi.

Xoʻsh, tomorqadan yuqori hosil olishga qanday erishish mumkin?

Tomorqadan yuqori daromad olish uchun avvalo, oktyabr, noyabr va dekabr oyining birinchi yarmida yerga ishlov berish, shudgor qilish lozim. Chunki, aynan shu davrda barcha turdagi oʻsimliklarda oʻsish va rivojlanish jarayoni yakunlanib, barglari hamda boshqa vegetativ massalari tuproq yuzasida toʻplanadi. Shu bois bu paytda yer agʻdarilib, ishlov berilsa, yuqorida aytilgan organik qoldiqlar tuproqqa aralashib, tuproq strukturasi va unumdorligini oshiradi. Bunday yerlarda dehqonchilik qilinganda hosil moʻl, mahsulot sifatli boʻladi.

Tomorqalar va yer uchastkalari kichik maydonlardan iborat boʻlganligi sababli barcha agrotexnik tadbirlar asosan qoʻl kuchi bilan bajariladi. Buning yaxshi tomoni - ekinlarga sifatli ishlov berish imkoni yuzaga keladi va shunga yarasha olinadigan hosil ham yuqori boʻladi.

 

Tomorqadan yaxshi daromad koʻrish haqida gap ketar ekan, avvalo, sifatli urugʻ tanlash va tayyorlashni yoʻlga qoʻyish lozim. Bu - qiyin ish emas.

Birinchi navbatda, urugʻlik uchun olingan ekin meʼyorida pishib yetilgan boʻlishi

kerak. Shuningdek, urugʻlik maʼlum vaqt mobaynida saqlanib, tinim davrini oʻtkazishi zarurligi ham ilmiy va amaliy jihatdan toʻla asoslangan. Bu jarayon urugʻ sifatini oshiradi.

Bizning sharoitimizdagi yerlar sugʻoriladigan yerlardir. Buning oʻziga xos yaxshi tomoni ­- sugʻoriladigan yerlarda tomorqa egalari yil mobaynida dehqonchilik qilishlari mumkin. Tabiiyki, shunga yarasha ularning oladigan hosili ham, topadigan daromadi ham yuqori boʻladi. Masalan, 15 sotix yer egasi hech boʻlmaganda oʻsha maydonning 7-8 sotixida kuzgi bugʻdoy yetishtirsa, ham donga, ham boqayotgan chorvasi uchun ancha somonga ega boʻladi. Bugʻdoy oʻrniga takroriy ekin sifatida makkajoʻxori, kunjut, tarvuz, tariq, mosh yoki boshqa biror bir sabzavot, poliz ekinlari yetishtirib, ulardan ham moʻl hosil yetishtirishi mumkin.

Koʻpgina maydonlar kuzda ekindan boʻshaydi. Asosiy oʻsim­lik turlari ham ana shu davrgacha parvarishlanib, hosili yigʻishtirib olinadi. Shu bilan yer, agar qishlovchi ekinlar ekilmagan boʻlsa, erta bahorgacha foydalanilmay yotadi. Qishda ham ekin maydonlaridan samarali foydalanib, yaxshigina daromad olish mumkin. Xususan, kuzda hosildan boʻshagan yerlarda sovuqqa chidamli javdar, suli va boshqa oʻsimliklar ekib, chorva mollari uchun yem-xashak yetishtirish barobarida tuproq unumdorligini ham oshirib olishga erishiladi. Shunday qilinsa, keyingi yetishtiriladigan ekinlardan ham kutilganidek hosil olish bilan birga, chorvaning qishlovdan soʻng - ayni servitamin ozuqaga muhtojlik davrida koʻkat massali zarur xashak manbaini shakllantirgan boʻlamiz. Bunday ekinlarni ekish texnologiyasi ham oddiy. Yerning yuzasi yengil yumshatilib yoki urugʻ oldin sepilib, keyin ustidan borona qilinadi. Yogʻingarchilik va tuproq nam­ligi yetarlicha boʻlganda sugʻorish shart emas. Faqat erta bahorda gektariga 50-60 kilogramm sof modda hisobida azotli oʻgʻit berilsa bas.

Albatta, bu misollar tomorqadan foydalanishning oddiy usuli. Muhimi, tomorqa maydonlarida ekinlar qancha koʻp yetishtirilsa, ularning ildizlari va ildiz ajratmalari ham shuncha koʻp toʻplanib, yerning unumdorlik darajasi ham, yer egasining daromadi ham muttasil oshib boradi.

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasiga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Uzumchilik qishloq odamlariga qoʻshimcha daromad keltiradigan soha. Yaxshi parvarishlansa, har tup tokdan 20-30 kilogrammdan hosil yetishtirib olish mumkin. Shuningdek, bu mahsulotni qimmatbaho tovarga aylantirishning usullari koʻp. Masalan, uzumdan sharbat, kompot, murabbo tayyorlash yoki boʻlmasa uni quritib shirin-shakar mayizga aylantirish mumkin. Meva-sabzavotchilik va uzumchilik bilan shugʻullangan xonadon nafaqat daromadini oshirishi, balki oila aʼzolari ratsional ovqatlanishiga erishib, ularning salomatligi mustahkamlanadi. Albatta, bularning barchasiga ozgina hafsala va intilish boʻlsa, bas.

Xulosa oʻrnida  raqamlarga eʼtiboringizni qarat­moq­chiman: mutaxassislarning qayd etishicha, insonning normal ovqatlanishi uchun har bir kishiga oʻrtacha yillik 113 kilogramm sabzavot, 50,4 kilogramm kartoshka, 19,3 kilogramm poliz, 21,3 kilogramm meva va uzum, 40 kilogramm goʻsht, 140 litr sut, 121 dona tuxum, 0,8 kilogramm asal va boshqalar talab qilinar ekan.

Koʻrib turibsizki, bu mahsulotlarning aksariyat qismi tomorqada yetishtiriladi. Demak, har bir oila xonadoni oldidagi tomorqadan unumli foydalansa, avvalo oʻsha oilaning dasturxoni toʻkin, unda oʻsayotgan avlod jismonan sogʻlom boʻladi, oilaning iqtisodiy ahvoli ham yaxshilanib, turmushi farovon boʻladi. Qolaversa, tomorqada mehnat qilish oila aʼzolarining oʻzaro ahilligiga, mehr-oqibatli boʻlishiga, shu orqali oilalar mustahkamligiga zamin yaratadi.

 

R.YOʻLDOShEV,

Amudaryo tumani hokimi, iqtisod fanlari nomzodi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026