Yangilanayotgan Konstitutsiya tarğibotiga bağişlangan yiğiliş ötkazildi
Xabaringiz bor, 2023-yil 30-aprel kuni yurtimizda Özbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi töğrisidagi Konstitutsion qonun loyihasi böyiça referendum ötkaziladi.
Albatta, öz oilasi, farzandlari, yurti taqdiriga befarq bölmagan har bir vatandoşimiz unda faol iştirok etişi lozim. Boş qomusimizga kiritilayotgan özgarişlar va ularning mazmun-mohiyatini aholiga keng tarzda tuşuntiriş maqsadida Oliy majlis Qonunçilik palatasi deputatlari, mahalliy Kengaş deputatlari, Adliya vazirligi va uning hududiy bölimlari tomonidan yurtimiz böylab keng turda tarğibot tadbirlari olib borilmoqda.
Mana şunday tarğibot tadbirlaridan biri 25-mart kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida bölib ötdi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Zumrad Bekatova, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari Sanobar Xöjamuratova, Yaxşimurat Axmedovlar iştirok etişdi. Şuningdek yiğilişda xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari raislari, siyosiy partiya rahbarlari, tegişli taşkilot masʼullari va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi.
Yiğilişda Boş qomusimizga kiritilayotgan özgartişlarning mazmun-mohiyati, taʼlim rivojiga doir muhim jihatlar xususida maʼlumotlar berildi. Asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etiş yölida qölga kiritilayotgan barça yutuq va marralarimizning huquqiy poydevori – kelajagimizning işonçli kafolati ekanligi taʼkidlanib, Referendum joriy yilning 30-aprel, yakşanba kuniga belgilanganligi va unda har bir fuqaro faol iştirok etib, konstitutsiyada belgilangan burçini bajarmoği lozimligi alohida qayd etib ötildi.
Aytiş kerakki, Özbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasidagi moddalar soni 128 ta bölgan bölsa, yangi tahrirda moddalar soni 155 tani taşkil etib, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oşirilmoqda. Bir söz bilan aytganda, amaldagi Konstitutsiyamizning 65 foiziga özgartiriş kiritilmoqda.
Yiğiliş davomida deputat Sanobar Xöjamuratova yangilanayotgan konstituttsiyaviy qonun loyihasi matnining 50- va 52-moddalarida maktab va maktabgaça taʼlimni rivojlantiriş böyiça qator huquqiy asoslar mustahkamlab qöyilayotganini aytib ötdi.
Şuningdek, yangilanayotgan Konstitutsiyamizda bolalar mehnati taqiqlanib, avvalgi yillardagidek paxta terimi, çopiği, tozalaş supur-sidir işlari bilan öquvçi va öqituvçilarni majburiy şuğullantiriş mutlaqo taʼqiqlanganini aytib, barçani 30-aprel kuni öz kelajagi va haq-huquqi uçun ovoz berişga çaqirdi.
Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Zumrad Bekatova barça deputatlardan öz saylov okruglarida tarğibot tadbirlarini jadal surʼatlarda olib borişlari lozimligini va bunda albatta ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda işlaş zarurligini qayd etib ötdi. Deputat Zumrad Bekatovaning tarğibot tadbirlari tumandagi barça mahallalarda davom etadi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶