22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 22:45
Jamiyat 👁 308

Tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan press-tur tashkil etildi

Tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan press-tur tashkil etildi

Tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yosh avlod tarbiyasi borasidagi ishlarni oʻrganish maqsadida press-tur tashkil etildi. Unda tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Fotima Eshimbetova, Amudaryo televideniyesi muxbiri Aziza Madrahimova, foto muhbir Mahmudjon Shamurodov, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari ishtirok etishdi.

Press-tur doirasida 43-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga sayohat uyushtirildi. Taʼlim tashkiloti mudirasi Manzura Jumaniyozova tashkilot haqida batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi. Bugungi kunda 194 nafar tarbiyalanuvchi qamrab olingan ushbu tashkilot 1992-yilda oʻz ish faoliyatini boshlagan boʻlib vaqtlar oʻtishi bilan taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan edi. 2015-yilda muassasada joriy taʼmirlash ishlari olib borildi. Hamda bu orqali muassasaning moddiy texnik bazasi ancha yaxshilandi.

2008-yildan buyon mudira sifatida ishlab kelayotgan Manzura Jumaniyozova bolalar bilan ishlash unga alohida zavq bagʻishlashini, bolalarsiz hayotini tasavvur qila olmasligini faxr bilan tilga oldi.

Mehmonlar muassasadagi ahvolni toʻliq oʻrganishdi. Bolalarning tajribali pedagoglardan taʼlim olayotganiga, ular uchun tashkil etilayotgan oʻquv mashqlari yoshiga va dunyoqarashiga toʻla mos kelishiga guvoh boʻlishdi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning shaxsiy gigiyena vositalari bilan toʻliq taʼminlangani va ularning ozodalik qoidalariga rioya qilingan holda saqlanishi tekshirildi. Undan tashqari bolalarning yotoq joylari, tartibi va ozodaligi koʻzdan kechirildi.

Jurnalistlar, tarbiyalanuvchilarning sogʻligi, tibbiy holati doimo nazorat ostida boʻlishi kerakligi, ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkazilgandan keyingina ishlatilishi lozimligi taʼkidlandi. Press-tur davomida oshxona jihozlarining ozodalagi, kundalik ishlatiluvchi buyumlaring yaroqlilik holatlari oʻrganildi. Shuningdek, qatnashchilar bolalar uchun har kuni tushlik paytida tayyorlanuvchi taomlar roʻyhati bilan qiziqishdi. Bolalar uchun tayyorlanayotgan taomlar vitamin va oqsillarga boy ekanligiga, sifatli va toza oziq-ovqat mahsulotlari ishlatilayotganligiga guvoh boʻlishdi.

Press-tur doirasida maktabgacha taʼlim tashkiloti mudirasi Manzura Jumaniyozova jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berdi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, farzandlarimizning oʻsib-unib kamolga yetishida oila, boqcha, maktab jipsligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab ostonasiga qadam qoʻyish uchun endi tayyorgarlik koʻrayotgan bolalarga qanchalik chuqur bilim va yaxshi tarbiya berilsa u maktabda ham davom etadi, rivojlanadi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati tomonidan tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar jurnalistlar va ota-onalarni qiziqtirgan koʻplab savollariga javob olishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026