BIRNIKI MINGGA...
Xursandçiligini köpçilik bilan baham köriş xalqimizning azaliy odatlaridandir. Şu bois töy-tomoşalarda, bayram şodiyonalarida qarindoş-uruğ, döstu birodarlar jamul-jam bölişadi. Agar kimningdir boşiga iş tuşsa ham yana ular ğamiga şerik bölişadi. Kimningdir tobi qoçsa, eng avvalo bundan qöşnilar xabar topadi va bir kosa ovqatmi, nonmi yo şirinlik kötarib körgani keladi, dardmandga yaxşi sözlari bilan dalda berişga harakat qiladi.
Bular bir qaraşda arzimasdek, bunday odatlarsiz ham hayot davom etaveradigandek tuyuladi. Aslida esa... aslida bu urflarimizning mazmuni teran, qadri yuksakligini men bundan ikki yil oldin çuqur anglab yetdim.
Öşa kuni biz bobomizni, bizni jonidan-da ortiq köradigan, oppoqlarim, deb erkalaydigan bobomizni berib qöydik. Judolik oğir narsa ekan. Biroq odamlarning rahmatlik ajoyib odam edi, deya bobom haqidagi xotiralardan gapirib berişi, endi özlaringiz omon bölgaysizlar, deya dalda berişidan könglimiz ança taskin topardi.
Yaqinda dugonalar töplanişib tuman miqyosida ötkazilgan bir tanlovda ğolib bölgan sobiq sinfdoşimizni qutlagani bordik. Bizni körib sinfdoşimizning quvonganidan közlari yonib ketdi. Uning quvonçi bizga ham ötdi. Şunga aytsalar kerakda birniki mingga, mingniki tumanga deb.
Marhabo SOBIROVA,
Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji öquvçisi.
(Foto - http://www.uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶