Buyuk şoh va şoir
Biz umrguzaronlik qilayotgan bu köhna Turonda şunday buyuk insonlar yaşab ötganki, ularning ijodiy merosi, hayratlanarli xizmatlari başariyat eʼtirofiga, hurmat-ehtiromiga sazovordir. Mana, qariyb olti asrki, buyuk şoir, tarixçi, geograf Zahiriddin Muhammad Bobur xalqimiz ruhiyatining törida yaşab kelmoqda. Bu buyuk isteʼdodli sarkarda halokatga yuz tutgan Temur saltanatini yangi asosda qayta tiklaşga muyassar böldi. Şoirlikda Navoiyga, ruboiynavislikda Umar Hayyomga tenglaştirilgan bu uluğ zot öz avlodlariga "Boburnoma”dek buyuk asar yozib qoldirdi. Uluğ şoirning Vatanga sadoqati, farzand tarbiyasidagi harakatlari, farzandlari bilan munosabatlari biz avlodlar uçun ibrat maktabidir.
Atoqli frantsuz tarixçisi, olim, islom dini haqidagi qator tadqiqotlar muallifi, "Iso payğambar hayoti” asarini yozgan E. Renan: "buyuk temuriy tojdorlar Bobur – Humoyun va Akbar orasidagi oqilona vorisiylik tarixda faqat bir marta sodir bölgan nodir hodisa”, deb baholaydi. Bobur tirikligida tojini öğliga topşirgan yagona hukmdordir. Fidoyi öğli Humoyun esa Hindistonda otasi asos solgan saltanatni turli xil tajovuzlardan omon saqlaydi, nabirasi Akbar esa bu saltanat-u sulolaning dovruğini olamga yoydi.
Bobur ijodi özbek xalqi uçun noyob bir xazina. Bu xazinani öqib-örganiş hamda avlodlarga asrab-avaylab yetkaziş uçun yurtimizda katta işlar amalga oşirilmoqda. 1992-yil Xalqaro Bobur fondi taşkil etildi, "Jahon madaniyati va Bobur” muzeyi oçildi.
Bobur ijodiga nafaqat Özbekistonda, balki butun dunyo miqyosida qiziqiş katta. Anna Flora Stilning "Toj kiygan darveş”, "Ön oltinçi asr bunyodkorlari”, "Şahzoda Bobur”, "Toğ Şahzodasi” kabi ingliz tilida yaratilgan asarlarining barçasi buyuk bobokalonimiz hayoti va ijodi butun dunyo halqlarining maʼnaviyat xazinasini boyitib turganligidan dalolatdir.
Xalqaro Bobur fondi homiyligida ingliz adibasi Margaret Rumer Goden yaratgan "Gulbadan” romani çop etilgani ham fikrimizning yaqqol dalilidir.
Butun ongli hayotini xalqlar döstligini mustahkamlaş, ona Vatanga çeksiz mehr-muhabbat tuyğulari bilan yöğrilgan asarlar yaratişga bağişlagan buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan biz avlodlar har qança faxrlansak-da oz.
(Foto http://www.samusspo.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶